Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar idrokining psixologik rivojlanish mazmuni



Download 435,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana14.06.2022
Hajmi435,21 Kb.
#669757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
 
 
 
 
 


17 
1.2. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar nutq faoliyatining о„ziga xos 
xususiyatlari
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi muammosini ilk bor nazariy jihatdan 
R.YE.Levina asoslab bergan. Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi deb, intellekti 
normada 
bо‗lgan nutqning fonetik-fonematik, leksik-grammatik tomondan 
rivojlanmaganligiga aytiladi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda tovushlar talaffuzi 
va ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bо‗ladi, morfemalar sistemasini 
о‗zlashtirish kо‗nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‗at boyligi yosh normasidan ham 
miqdor ham sifat kо‗rsatkichlari bо‗yicha orqada qoladi; bog‗lanishli nutq yetarlicha 
rivojlanmaydi. (V.K.Vorobyeva, B.M.Grinshpun, V.P.Gluxova, R.YE.Levina, 
G.B.Filicheva, G.V.Chirkina).(8) 
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi bolalarda nutqiy potologiyaning tobora 
murakkab shakllari: alaliya, afaziya, shuningdek, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish 
xollarda - qachonki bir paytning о‗zida lug‗at boyligi yetishmasligi, nutqning 
grammatik kо‗rilishi va fonetik-fonematik rivojlanishida nuqsonlar aniqlanganida 
kuzatiladi. Bunday bolalarning nutqiy tajribasi cheklangan, til vositalari 
takomillashmagan bо‗ladi. Nutqiy muloqotga ehtiyoj yetarlicha qondirilmaydi. 
Sо‗zlashuv nutqi, qashshoq, kam sо‗zli ma‘lum vaziyat bilan uzviy bog‗liq va shu 
vaziyatdan tashqarida tushunchalarsiz bо‗lib qoladi. Bog‗lanishli monologik nutq 
mavjud bо‗lmaydi yo katta qiyinchilik bilan rivojlanadi va sifat jihatdan о‗ziga xosligi 
bilan xarakterlanadi. Nuqson tabiatining turlari har xil bо‗lishiga qaramay bunday 
bolalarda nutqiy faoliyat tizimining buzilishini kо‗rsatuvchi bir xil belgilar mavjud 
bо‗ladi. Eng asosiy belgilardan biri nutqni ancha kech shakllanishi hisoblanadi; 
birinchi sо‗zlar 3-4 yoshda, ba‘zan esa, 5 yoshda paydo bо‗ladi. Nutqning 
grammatikasi buzilgan va fonetik tuzilishi aniq emas. Birinchi qarashda unga aytilgan 
gapni tushunish deyarli yaxshi hisoblanganida mazmunli (ekspressiv) nutqning ortda 
qolishi ancha aniq kо‗rsatkich hisoblanadi. Bunday bolalarning nutqi tushunarli emas. 
Nutqiy faollik yetarli emasligi kuzatiladi, yoshi ulg‗ayib borgan sari unga maxsus 


18 
ta‘lim berilmasa, keskin pasayib ketadi. Biroq bolalar о‗z nuqsoniga ancha tanqidiy 
qaraydilar. Nuqsonli nutqiy faoliyat bolalarda sensorli, intellektual va affektiv 
irodaviy sohalari shakllanishiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadi. Diqqat-e‘tiborning yetarli 
darajada mustahkam emasligi, uning boshqarish imkoniyatlari cheklanganligi 
kuzatiladi. Bolalarda ma‘noli, mantiqiy xotirasi nisbatan saqlanib qolgan bо‗lsa ham, 
ularning verbal xotirasi pasaygan eslab qolish maxsuldorligi zararlangan bо‗ladi, ular 
murakkab kо‗rsatmalarni, topshiriqlarning ketma-ketlik tartibini va elementlarini 
esdan chiqarib qо‗yadilar. Juda ham bо‗sh bolalarda esga olish faolligi past bо‗lishi, 
idrok etish faoliyatining rivojlanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan tо‗ldiriladi. 
Nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari о‗rtasidagi bog‗liqliq 
tafakkurning о‗ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Bolalar о‗z yoshiga mos 
fikrlash operatsiyalarini egallab olishni umumiy tо‗la shart-sharoitlarga ega bо‗lib 
turib, ularda sо‗z mantiqiy tafakkur rivojlanishi ortda qoladi va bunday bolalar 
maxsus о‗qitishsiz analiz-sintez, taqqoslash va umumlashtirishni egallashda 
qiyinchilikka duch keladilar. Umumiy jismoniy xolsizlanish va logomotor 
(harakatlanish) vazifalari sust rivojlanishi bilan birga harakatlarining rivojlanishida 
ba‘zi bir ortda qolishlar ham ularga xosdir. Bular harakatni boshqarish yomonligi, 
meyorli harakatlarni bajarishda ishoncheizligi, bajarish tezligi va chaqqonligining 
pasayishi bilan ifoda etiladi. Eng katta qiyinchiliklar sо‗z kо‗rsatmalari bо‗yicha 
harakatlarni bajarishda aniqlanadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar normal 
rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur kо‗rsatkichlarida 
ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni 
qoldirib ketadilar. Masalan: tо‗pni qо‗ldan-qо‗lga yumalatish, uni katta bо‗lmagan 
masofadan uzatish, qо‗lni almashtirib tо‗pni yerga urish, chap va ung oyog‗ida 
sakrash, musiqa eshitib ritmik xarakatlar bajarish. 
Nonutqiy jarayonlarni tо‗g‗ri baxolash nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar atinik 
rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‗rnini tо‗ldirishi 
imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarni shunga 


19 
о‗xshash - nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalardan farq qilishi kerak. Shuni 
nazarda tutish kerakki, nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda odatiy muddatlarda 
kundalik sо‗zlashni nutqini tushunish, atrof-muhitga bо‗lgan hissiy tanlash 
munosabati rivojlanadi. Nutqiy va ruhiy rivojlanish о‗rtasidagi aloqaning yо‗qolishi 
diagnostik belgilardan biri bо‗lib xizmat qilishi mumkin. 
Bu belgi bunday bolalarning ruhiy rivojlanishi odatda nutqiy rivojlanishdan 
kо‗ra ancha о‗tib borishda namoyon bо‗ladi. Ularni ajratib turadigan narsa nutqiy 
kamchiliklarga tanqidiy qarashlaridir. Nutqning boshlang‗ich patologiyasi nutqiy 
intellekti meyordagidek ishlashga halaqit qilib, ma‘lum darajada saqlanib qolgan 
akliy qobiliyatlari shakllanishini orqaga tortadi. Ammo sо‗zlashuv nutqi yuzaga 
kelish va xususan nutqiy qiyinchiliklar yо‗qolib borishi bilan ularning intellektual 
rivojlanishi normaga yaqinlashadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmaganlikni nutqiy 
rivojlanishini orqada qolishi kabi kо‗rinishlardan farq qilish uchun analizni chuqur 
о‗rgatib chiqish va bolaning nutqiy kо‗nikmalarini tahlil qilib chiqish kerak bо‗ladi. 
Anamnezda kо‗p hollarda markaziy nerv sistemasida katta buzilishlar haqidagi 
ma‘lumotlar berilmaydi, bu esa motorli vazifalarda, ruhiy ta‘mirlanishlarida va 
umuman xulqida katta saqlanish ta‘minlaydi. Faqatgina yengil tug‗ma jarohati 
mavjudligi, bolaning ilk davridagi davomli somatik kasalliklar mavjud bо‗ladi: 
noqulay nutqiy muhit ta‘siri tarbiyadagi xatoliklar, muloqotning yetishmasligi va 
nutqiy rivojlanishi normal borishni sekinlashtiruvchi omillar qatoriga kiritishi 
mumkin. Bunday xollarda, eng avval, nutqiy kamchilikni qaytarish dinamikasi о‗ziga 
diqqatini qaratadi. 
Nutqiy rivojlanishi ortda qolgan bolalarda nutqiy xatolar nutqi tо‗liq 
rivojlanmagan bolalarga nisbatan tasodifiy hisoblanadi. Bunday bolalarda nutqiy 
kо‗nikmalar hajmi normasi ortda qoladi, ularga о‗zidan kichik bо‗lgan bolalarga xos 
xatoliklarga yо‗l qо‗yish odatdir. Yosh normativlardan ma‘lum darajadagi 
cheklanishlarga (xususan, tovushlar doirasidan) qaramay, bolalar nutqi uning 
kommunikativ vazifalarni ta‘minlaydi, ba‘zi xollarda esa aytarli tо‗la xulqning 


20 
boshqaruvchisi hisoblanadi. Ularda о‗z-о‗zidan (spontan) rivojlanishga intilish, ishlab 
chiqilgan nutqiy kо‗nikmalardan erkin munosabatlarda foydalanish ancha aniq ifoda 
etiladi, bu esa nutqiy kamchiliklarni maktabga chiqqunga qadar tо‗ldirib turish 
imkonini beradi. 
R.YE.Levina о‗zining tadqiqot ishlarida alohida nutqiy kamchiliklarning 
kо‗rinishini ifodalash va til vositalari xolatini hamda kommunikativ jarayonlarini aks 
ettiruvchi bir qator kо‗rsatmalar bо‗yicha bolaning anomal rivojlanish xolatini 
tasavvur etishdan ilgari surilishiga imkon beruvchi materiallarni ishlab chiqdi. 
Anomal nutqiy rivojlanishni bosqichma-bosqich dinamik tuzilishni о‗rganish asosida 
past darajadagi rivojlanishdan yanada yuqoriga о‗tishni belgilovchi о‗ziga xos 
qonuniyatlar ham ochib berildi. Har bir daraja о‗sha bog‗liq nutq komponentlarini 
shakllanishni orqaga tortuvchi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon 
bо‗lishi ma‘lum nisbatlari bilan xarakterlanadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga о‗tish 
yangi til imkoniyatlarini paydo bо‗lishi, nutqiy faollikning oshishi, nutqning 
sabablilik asoslarini о‗zgarishi va unga predmet-ma‘noli mazmunini о‗sishi 
tо‗ldiruvchi imkoniyatlarini shakllanishi bilan aniqlanadi. Bolaning individual siljishi 
tempi birlamchi nuqsonning birligi va uning kо‗rinishi bilan belgilanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va rangi bilan 
tanishtirish hamda ularda bu xossalarni tо‗g‗ri idrok qilish kо‗nikmalarini 
rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik tо‗g‗ri xal 
qilinsa, bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va xatto 
ahloqiy tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bо‗ladi. YA‘ni bola umuman 
samarali rivojlanib boradi. 
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligini R.YE.Levina uch daraja bilan belgilaydi: 
nutqiy aloqa vositalarning umuman yо‗q bо‗lishidan to fonetik-fonematik va leksik-
grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bо‗lgan mukammal nutq 
buzilishigacha. 


21 
Nutq tо‗liq rivojlanmaganlikning 1-darajasi nutqning bо‗lmasligi bilan 
xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir.4-6 yoshdagi bunday bolalarning 
lug‗at boyligi kambag‗al, noaniq bо‗ladi.Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar 
kompleksi bilan chegaralangan bо‗ladi.Narsa va hodisalarning farq qilmagan holda 
ifodalash, sо‗zlarning kо‗p ma‘noga ega bо‗lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: ―tu 
tu‖ mashina paravoz, samolyot, qayiq; ―taq‖- yiqildi, tushirib yubordi,sindirdi,buzdi. 
Bu bolalarning passiv lug‗ati aktiv lug‗atiga nisbatan ancha boyroq lekin nutqni 
tushunish pasaygan bо‗ladi, ular kо‗p sо‗zlarning ma‘nosini tushunmaydilar. 
Tovushlar talaffuzida turg‗unlik bо‗lmaydi, tovushlar bir biri bilan almashtiriladi, 
fonematik о‗quv buzilgan bо‗ladi. Nutq tо‗liq rivojlanmaganligining bu darajasiga 
ega bо‗lgan bolalar uchun tovushlar analizi bо‗yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz 
bо‗ladi. 
Nutq tо‗liq rivojlanmaganlikning 2-darajasi dastlabki keng qо‗llaniladigan 
odatdagi bо‗lishi bilan harakterlanadi.Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, 
ma‘lum lug‗at boyligiga ega bо‗ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar 
nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qо‗pol darajada 
rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bо‗ladi. Ular ikki-uch sо‗zdan iborat gaplardan 
foydalanadilar. Lug‗at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bо‗ladi. 
Umumlashtiruvchi sо‗zlarni bilmaslik kuzatiladi. Harakat, belgisini bildiruvchi 
sо‗zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini va boshqa 
belgilarni bilmaydilar. Kelishik formalarini chalkashtiradilar, fe‘l sonini ot soniga 
moslashtira olmaydilar. 
Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi. 
Shunday kamchilikka ega bо‗lgan bolalar bо‗g‗inlar о‗rnini almashtiradilar, undoshlar 
ketma- ket keladigan tovushni qisqartiradilar. 
Nutq tо‗liq rivojlanmaganligining 3-darajasi nutqda leksik grammatik va 
fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa 
ega bо‗lgan holda kishilar bilan aloqa bog‗lay oladilar, lekin buni ota-ona ishtirokida, 


22 
ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin 
holda aloqada bо‗lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata 
olmaslik, tovushlar guruhini artikulyatsiya jihatdan osonroq bо‗lgan tovushlarga 
almashtirish ba‘zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun 
xarakterlidir. Lug‗at xam orqada qolgan bо‗ladi, lug‗at boyligi analizida leksik 
holatlarning о‗ziga xosligi kо‗rinadi. Tekshirishda gaplarda, sо‗zlarni oxirgacha 
gapirmaslik kabi turg‗un grammatik xatolar kuzatiladi. Kо‗pchilik hollarda ular 
qо‗shimcha qо‗shilish bilan sо‗z ma‘nosining о‗zgarshini tushunib etmaydilar. 

Download 435,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish