Nutq tovushlarining o`zgarishlari va ularning imloga ta`sirstrreplA



Download 35,7 Kb.
bet3/4
Sana24.04.2022
Hajmi35,7 Kb.
#579139
1   2   3   4
Bog'liq
Nutq tovushlarining o`zgarishlari va ularning imloga ta`siri

Metateza (yoki inversiya) hodisasi tovushlar yoki bo‘ғinlarning so‘z tarkibida o‘zaro o‘rin almashishi bilan izohlanadi. Ba`zan so‘zda yonma-yon kelgan tovushlarning o‘zaro o‘rin almashinuvi inversiya deb, aksincha, bir-biridan uzoq bo‘lgan tovushlarning o‘zaro almashinuvi metateza deb yuritiladi. Bu hodisa ko‘proq oғzaki nutqda uchraydi: mramor (marmar), tuproq (turpoq), yomғir (yoғmir), tuxfa (tufxa), supra (surpa) kabi.
Diereza (yoki tushurib qoldirmoq) hodisasi undosh tovush-larni talaffuzdan tushurib qoldirish bilan izohlanadi: (Toshkent shevasida) go‘sht (go‘sh), rest (ros), surtmoq (surmoq), tandir (tanir) kabi. Agar bir xil yoki o‘xshash bo‘ғinlardan biri tushirib qoldirilsa, gaplologiya deyiladi. Masalan, morfofonologiya so‘zi o‘rnida morfonologiyasariғ yoғ o‘rnida saryoғ kabi.
So‘zga tovushni qo‘shib aytish epenteza deyiladi: nonko‘r (nonga ko‘r), ishqiboz kabi.
So‘zning boshlanғich qismiga tovushlarni qo‘shib aytilsa, proteza deyiladi. Turkiy tillarda, xususan o‘zbek tilida (oғzaki nutqda) rus tilidan kirgan so‘z boshida kelgan undosh tovushlar birikmasi oldidan (i), (u) unlilarini qo‘shib aytish protezaga misoldir: stantsiya (istansa, istansiya), stol (ustol), stul (ustul), spravka (ispravka) kabi.
CHet tilidan kirgan so‘zlardagi tovushlarni ona tilidagi tovushlar bilan almashtirib talaffuz qilish substitutsiya deyiladi. Odatda, ona tilida bo‘lmagan chet tilidagi tovushni ko‘proq almashtiriladi. Biroq chet tilidagi tovushga o‘xshashroq tovush ona tilida boiishiga qaramay, uni almashtirish hollari ko‘p uchraydi. CHunki har bir til o‘zining alohida tovush sistemasiga ega va undagi tovushlar boshqa tilda qaytarilishi mumkin emas. Bunday tovushlar substitutsiyasi hodisasi atoqli otlarda juda ko‘p uchraydi: nemischa: Vebster - Uebster, Isaak - Isaak, lotincha: Teodor - Feodor (Fyodr), inglizcha: Tomas - Tomas kabilar.
YUqoridagi tovushlar almashuvi ikki yoki undan ortiq tiUarda uchraydi. Bir tildagi so‘zlarning har xil formalarida ham tovushlar almashuvi ro‘y beradi. Bunday tovushlar almashuvi alternatsiya deb ham yuritiladi. Almashinuvchi tovushlarni esa, alternantlar deyiladi. Tovushlar almashinuvining turli morfe-malardagi xususiyatlarini morfonologiya o‘rganadi.
Tovushlarning almashinuvi ikki xil bo‘ladi: fonetik (pozitsion) va ta-rixiy. Fonetik almashuv deb tilning hozirgi talaffuz normasiga asosan ro‘y beravchi alternatsiyaga aytiladi. Bunday almashuv tovushlarning o‘rniga boғliq bo‘lib, ma`lum holatda uchraydi.
1.CHet tilidan o‘tgan so‘zlarning bunday berilishi transliteratsiya deyiladi. Bu haqda keyinroq to‘xtaladi. Masalan: sez - seskanmoq, uyqu - uyғonmoq, sariq - sarғaymoq, bilak - bilagi kabi. Tovushlar almashuvi slavyan tillarida, ayniqsa rus tilida juda ko‘p uchraydi. Masalan, rus tilidagi ot - prefiksi sakkiz xil talaffuz qilinadi: otpusk (otpusk), otzov (odzuf), otxod (atxot). otgadat’ (adgadat), ottesnit’ (attisnit), otsepit’ (atsepit), ottepel’ (olttepel), otdelit’ (atdelit). Ularning har biri fonetik holatiga boғliq: yumshoq undosh (f), (d) undoshlaridan oldin keladi: affrikatlar (s) dan oldin, (o) urғuli holatda, (a) urғusiz holatda va hokazo [Bulanin L. L. Fonetika sovremennogo russkogo yazika. M., 1970, s. 129].
Ingliz tilida ham yuqoridagiga o‘xshash tovushlar almashuvi kuzatiladi. Masalan, otlardagi ko‘plik qo‘shimchasi -s otning birlik shaklida u tamomlangan undosh yoki unli tovushning artikulyatsion-akustik xususiyatiga ko‘ra har xil talaffuz etiladi: jarangsiz undoshdan keyin /s/, sirғaluvchi undoshlardan keyin /-iz/ va jarangli tovushga tugagan so‘zlarda /z/ talaffuz etiladi maps /mepiz/ - "xaritalar", box /bokiz/ - "qutilar", beds /bedz/ "krovatlar" kabi. Bu tovush almashinuvlarida assimila-tsiya muhim ahamiyatga ega.
Ba`zi tovushlar almashinuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqla-nishi mumkin. SHu sababli ularni tarixiy tovush almashinuvlari deyiladi. O‘zbek tilidagi ba`zi affikslar tarixiy jihatdan har xil bo‘lgan: -gil, -ғil, -qil, -kil, -gali, -ғali, -kali, -qali shaklida yozilgan va shunday talaffuz etilgan g-k-q tovushlari almashinuvi ana shunday tarixiy jihatdan shakllangan alternatsiyaga kiradi.
Rus tilidagi k-ch tovush almashinuvi (masalan, ruka-ruchka so‘zlarida) undoshlardan keyin kelgan til oldi unlisining ta`siri-da bo‘lgan. Aslida sifatlarning suffiksi -`n bo‘lgan. Ruch- fonetik holatiga boғliq bo‘lmay qolgan va k-ch almashinuvi pozitsion boғliqlikdan chiqib, tarixiy bo‘lib qolgan. SHu sababli uni hozirgi rus adabiy tili talaffuz normasi yordamida tushuntirish mumkin emas [Bulanin L. L. Fonetika sovremennogo russkogo yazika. M., 1970, s. 132-133].
Tovushlar almashuvi natijasida so‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik shakllari va boshqalarni farqlash mumkin. Tovushlar almashuvi faqat adabiy tilga xos bo‘lmay, balki shevalarda juda ko‘p uchraydi. Xususan, a/ e, i /e tovushlar almashuvi turkiy tillari shevalarida otlarning ko‘plik affikslarida uchraydi. O‘zbek tili va uning shevalarida bunday tovush almashuvi quyidagicha bo‘ladi: adabiy tilda: otlar - itlar; o‘zbek shevalarida: atlar - iytlar / iytlar, atlar - itlar /itler, etler; qozoq tilida: attar - iytter.
Fonetik va tarixiy almashuvlari o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning har ikkisi ham morfologik funksiyani bajarishida ko‘rinadi. Biroq fonetik tovush almashuvi tilning hozirgi talaffuz normasi bilan bogiiq bo‘lsa, tarixiy tovush almashuvi bunday xususiyatga ega emas.


Download 35,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish