Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi


Buyumlar bilan tanishtirish



Download 167,17 Kb.
bet21/36
Sana08.02.2022
Hajmi167,17 Kb.
#437943
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
нутк

Buyumlar bilan tanishtirish
Kichik guruhda. Maishiy buyumlar (ko'zgu, taroq, sovun, tish va kiyim cho'tkalar) haqida tushuncha beriladi. Uy -ro‘zg‘or buyum lari (palos, gilam, shkaf, karavot, xontaxta, stol); oshxona idishlari (kosa, tovoq, qoshiq, likopcha, lagan, choynak, piyola, chelak, patnis va boshqalar) nomlarini bilib olish, farqlashga; oyoq kiyimlar (ctik, kavush, shippak), bosh kiyimlar (do‘ppi, qalpoq, ro‘mol, telpak) nomlarini, vazifalarini bilib olishga o’rgatiladi.
O'rta guruhda. Tevarak-atrofdagi buyumlar va ularning xilma- xil sifatlari (shakli, rangi) bilan tanishtirish. Uy -ro‘zg‘or buyumlarining (gilam, palos, ko‘rpa, to‘shak, ko ‘rpacha, yostiq, choyshab) shakli va rangi, vazifasiga e ’tiborni jalb qilish. Narsalarning qiziqarli tomonini ko‘rishga o‘rgatish (deraza romi, uning oynasi, darchasi, zulfi va deraza tokchasi). Buyumlarni umumlashtirish, bir tur doirasida farqlash (choy idishlar: choynak,piyola, patnis, likopcha; oshxona buyumlari: cho‘mich, kapgir, qozon, kosa, pichoq, tova, lagan, tovoq, tog‘ora, jo lva). Bir turdagi buyumlarning xilma-xilligini (turli rang, bichim, olchovdagi har xil gazlamalardan tikilgan ko‘ylaklar) bilib olish, har xil turdagi buyumlarni juftlash va guruhlash vositasida buyumlarning belgilari (vazifasi, tuzilishi va shu kabilar)ga ko‘ra guruhlash ko‘nikmalarini takomiIlashtirish. Kiyimlar: ustki kiyimlar, bosh kiyimlar, ichki kiyimlar, poyabzal turlari, musiqa asboblarini (surnay, dutor, nog‘ora va b.) farqlashga o‘rgatish.
Katta guruhda. Buyumlarning muhini belgilari to‘g‘risidagi malumotlar bilan bolalar bilimini boyitish. Buyumlarni shu belgilari asosida guruhlarga ajratish. Buyumlarni qanday materiallardan (matodan, qattiq, yumshoq, suyuq) ishlanganligi to‘g‘risida tushuncha berish va ularni bir-biridan farqtay bilishga o‘rgatish. Buyum larning vazifalari to*g"risidagi bilimlarini kengaytirish.
Ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish
Kichik guruhda. Buyuk siymolar va bayramlar haqida m a’Iumot berish. Navoiy rasmi bilan tanishtirish. Tarbiyachi Navoiyning rasmda aks etgan siymosi haqida tushunarli, sodda jumlalarda, ayni paytda m ehr va iftixor bilan bolalarga tasviriy hikoya aytib berish orqali unga nisbatan muhabbat, hurmat hissini uyg‘otadi. Boialarda Navro‘z, Mehrjon(hosil bayrami), hayit va boshqa milliy bayramlarimiz haqida ilk tasawur hosil qilish. Tarbiyachi bu bayramiarda hamma chiroyli kiyimlar kiyishi, o’yin-kulgi, xursandchilik bo’lishini va shu bilan birga, eng muhimi, kichiklar kattalarni (ota-onalari, buvi-yu bobolarini) borib kolrishlari, har xii sovg‘alar olib borishlari, ularning duosini olishlari haqida tushuncha beradi.
O'rta guruhda. Bolalarga o ‘zbek xalqining buyuk sivmolari (Navoiy, Bobur va b.) haqida qisqacha so‘zlab berish. Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyga nisbatan hurmat va muhabbat hissini tarbiyalash. Navoiyning bolaligi va nuroniy siymosi aks etgan suratlar bilan tanishtirish. Oila a'zolari: otasi, onasi, tog'alari haqida ma’lumot berish. Alisherning bolaligi haqidagi qiziqarli voqealardan hikoya qilish. Navoiy haqidagi afsona va rivoyatlardan o ‘qish va suratlarini ko'zdan kechirish. Bolalarni o‘zbek xalqining milliy bayramlari bilan tanishtirish. Navro‘z — xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri ekanligi, uni kattalar ham. bolalar ham birday quvonch bilan nishonlashlari, qiziq-qiziq o ‘yinlar, sayillar uyushtirilishi, sumalak, halim. Ko’k somsa, chuchvaralar pishirilishi haqida so'zlab berish.
Hosil bayrami — Mehrjon. Bayramning nomlanishi haqida qisqacha so‘zlab berish. Bu bayram har yili kuz faslida o ‘tkazi- lishi, unda dala mehnatkashlarining mehnat natijalari nanioyish qilinishi, har xil kokrgazmalar, meva va sabzavotlar savdosini tashkil etish, dilrabo qo‘shiq-raqslar, bobodehqonning fidoyi mehnatini ulug‘lovchi she’rlar barala yangrab, o’yin-kulgi, xursandchilik avjiga chiqishi, bu to'kin-sochinlik bayrami ekanligi haqida tasavvur hosil qilish. Bayramda qovun va uzum sayli o'tkazilishi haqida so’zlab berish.
Katta guruhda. Buyuk siymolar, allomalar hayoti va tariximiz, buyuk sharq madaniyati bilan tanishtirishni davom ettirish. Navoiyning buyuk niutafakkir, davlat arbobi bo'lganligi haqida ma'lumot berish. Uning odob-axloqqa, tarbiyaga oid, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish. Navoiyning dunyo xalqlari taniydigan buyuk shoir ekanligi, uning o'zbek adabiy tiliga asos solganligi haqida hikoya qilib berish. Oradan 600 yil o ‘tgan boklsa ham, uning asarlari o ‘z qad- rini yo‘qotmaganligi, shu kungacha dunyodagi kokplab tillarga tarjima qilinganligini aytish. Navoiyning xalqparvar inson boiganligi, xa!q uchun kerakli inshootlar qurdirganligi, xalq ham uni juda sevib, hurmat qilganligi haqida gapirib berish. Alisher Navoiy nomini abadiylashtirish maqsadida 0‘zbekistondagi shahar, muzey, teatr, kutubxona, istirohat bog‘i va ko'chalar Navoiy nomi bilan atalishi haqida ma’lumot berish. Buyuk insonlar: Al-Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Bobur, Kamoliddin Behzod haqida ma’lumot berish. An’anaviy bayramlar. Navro‘z bayrami bahor faslida o‘tkaziladi. U hijriy hisob bo'yicha 21- maitga to’g‘ri keladi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. IIgari musulmon xalqlari “Navro’z” bayramini keng nishonlaganliklari, kcyinchalik bu bayramni nishonlash taqiqlangani haqida qisqacha so'zlash. 0‘zbekiston mustaqil davlat deb e’ion qilingach, bu bayram qayta tiklanganligi va endilikda Navro’z milliy bayramlarimizdan biri deb sanalishi haqida ma’lumot berish. Qadimiy milliy-mavsumiy bayram sayillari bilan bolalarni tanishtirish orqali ularda qadriyatlarimizga nisbatan muhabbatni shakllantirish. Shakl va mazmuni jihatidan xilma-xil bo’lgan sayillarni niuntazam ravishda tashkil qilib turish. Masalan: katta sayil (boychechak, ona yer saxovati, gilos, olma) va qushlar hamda gullar bayrami va boshqalar. Bulardan tashqari, bolalarga milliv marosimlar: to‘y, ma'rakalar va boshqalar to‘g‘risida tushuncha berish. Bu usullar bolalar lug‘atini bovitishga, tarbiyachi nutqidan kerakli so‘zlarni ajratib olishga, shuningdek, o ‘z nutqlarida egallagan so‘zlarini ishlata olishga yordarn beradi. Shuning uchun bir uslubiyotning o‘zida bir vaqtda bir necha uslubdan foydalaniladi, am m o shulardan bittasi asosiy usul hisoblanadi. Quyida biz lug‘at ishining bir necha usullarini ko'rib chiqamiz:

  1. Yangi yoki qiyin so‘zni aytib bcrish. Bu usul bolalar lug‘atini boyitishning faol usullaridan hisoblanadi. Belgilangan so‘zni tarbiyachi shunday talaffuz etishi kerakki, bolalar uni o'ziari bilmagan holda idrok etsinlar (aytsinlar). Tarbiyachi aytilayotgan yangi yoki qiyin so‘zni nutq oqimidagi boshqa so'zlarga nisbatan sekinroq sur’atda talaffuz qiladi. Ammo so‘zni bo‘g‘inlab aytish mutlaqo yaramaydi. So‘zni bo‘g‘inga ajratib aytish — adabiy talaffuz me’yorini buzadi, u og‘zaki nutq uchun xarakterli emas. So’zni sekin talaffuz etish kerak, ammo orfoepik tomondan to‘g‘ri bolishi lozim.

  2. Obyektni ko ‘rsatish. So‘zni aytish ko‘pincha obyektni ko‘rsatish bilan bog'lanadi. („Qaranglar, javonning ichida tokchalari bor'\ deydi tarbiyachi, javon eshigini ochayotib va uni ko'rsatib.)

  3. So‘zni tanish so'z yoki tanish sinonim bilan almashlirish va qarama-qarshi ma'noli so‘z, tanish antonim bilan taqqoslash. Masalan, akvarium — shisha yashik. unda baliqlar vashaydi, ular bizga shisha orqali yaxshi ko‘rinadi.

  4. Yangi yoki qiyin so'zni gapda ishlatish. Masalan: (ramvay so‘zini o'zlashtirishda tarbiyachi shunday deydi: „Yo'lovchilar tramvayning orqa cshigidan chiqishadi“ va hokazo.

  5. So‘zni takrorlash. Aytilgan yangi yoki qiyin so‘zni bolalar xotirasida mustahkamlash uchun tarbiyachi mashg'ulot davoniida bir necha marta hamma bolalar bilan jo'r bolib takrorlaydi. Bunday takrorlash bolalarning nutq faolligini oshiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Biroq bunday usuldan bolalarga tovush talaffuzi qiyin bo'lgan so‘zlarni takrorlatishda foydalanilsa yaxshi natija beradi (trolleybus, motoroller, termometr va boshqalar). Tarbiyachi tomonidan takrorlash uchun naniuna sifatida aytilgan so‘z aniq boMishi va taxminan quyidagicha tushuntirish bilan boshqarilishi kerak: „Hozir hammamiz birgalikda bu so‘zni aytishni o ‘rganamiz. Bu so‘zni men bilan birga o ‘rtacha ovozda ayting“. Tarbiyachi ayrim bolalar sokzni qanday talaffuz eta- yotganügini diqqat bilan tinglaydi, kerak bois namunani takrorlashi mumkin. Namunani takrorlashda tarbiyachi bolalarga: „Diqqat bilan tinglang, bu so‘zni yana takrorlayman“, deb aytishi kerak.

  6. Savol berish. Bu usuldan bola lug‘atini faollashtirish maqsadida foydalaniladi. Doim to‘g‘ridan to‘g‘ri savollar berishdan foydalanilmasdan, balki javob qaytarishga yordam beruvchi savollar berish harn mumkin. Masalan: Koptok o kng tomondami yoki chap tomondami?

  7. So’zning kelib chiqishini tushuntirish. Ba'zi hollarda bolalarning so‘zga bolgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida uning keiib chiqishini (etimologiyasini) tushuntirish ham katta ahamiyatga ega, Bu usuldan kokproq katta guruhlarda sokz ma'no- sini chuqur tushunib olish, sokzga qiziqishni tarbiyalash maqsadida foydalaniladi. Masalan: Bolalar, nima uchun yuk avtomo- bili yuk tashuvchi deyiladi?

  8. Murakkab so’zlarni hosil qilish. Bu usul maktabga tayyorlov guruhida qo‘llaniladi. Bolalar bilan murakkab so‘zlarni (yangi so’zni) hosil qilish ustida mashq qilinadi. Bolalarga bir, ikki so‘zdan yangi so’z hosil qilish taklif etiladi. Masalan, gul — guldon; suv — suvchi; och, qizil — och qizil; to‘q, sariq — och sariq; uzun, quloq — uzunquloq va boshqalar.

  9. Ta’limiy o ‘yin (didaktik o ‘yin). Bu usuldan ko‘proq mashg'ulot davomida foydalaniladi. Tarbiyachi qisqa muddat ichida (1—3 daqiqa) bolalar bilan sokz tanlash bo‘yicha mashq o‘tkazadi. Masalan: „Kim ko’proq ko'radi va aytadi?“ , „Kim dumaloq shakldagi buyumiarni ko‘proq aytadi?“ Bu usuldan topishmoqlarni topish, buyumiarni taqqoslashda (xotirasi bo’yicha va ko‘rib turgani bo'yicha) katta guruhlarda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

11-Mavzu: Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
Reja;

  1. Bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatishning mazmuni va mohiyati

  2. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish

  3. Bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish


Download 167,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish