2. Bolalarning predmetlarning xususiyatlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga oid mashg’ulotlar
Predmetlarni ko’zdan kechirish mashg’ulotlari (birinchi marta mazkur mashg’ulotlar ye.I.Tixeeva tomonidan ishlab chiqilgan). Ushbu mashg’ulotlarning asosiy maqsadli qismlar, detallar va narsalarning vazifasini ajratib ko’rsatish, ulrning sifat va xususiyatlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ko’zdan kechirish mashg’ulotlari metodikasining asosini bolalarning qismlarni ajratib ko’rsatish, ularning vazifasi va foydalanishga yo’naltirilgan faol harakatlarini yo’lga qo’yish tashkil etadi. Jadal faoliyat narsalar haqidagi bilimlarni bolalar uchun ahamiyatli qiladi va so’zni narsa qismi, uning detallariga aniq qiyoslashni ta’minlaydi.
Bunday mashg’ulotlar uch, to’rt va besh yoshli bolalar bilan o’tkaziladi. Ushbu mashg’ulotlardagi narsalar to’plami turlicha bo’lishi mumkin, biroq narsa: bolaning atrof-olamda yo’l topa olishi uchun, uning faoliyati uchun ahamiyatli bo’lishi; bola harakat qilishi lozim bo’lgan qismlarga ega bo’lishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishning borishiga qarab bunday turdagi mashg’ulotlar harakat faolligini qisqartirish va ko’rish taxtshlchisiga tayanishni kuchaytirish hisobiga qiyinlashtirib boriladi, bu esa mashg’ulotlar ishtirokchilarining sonini butun boshli bir guruhgacha oshirish imkonini beradi.
Bolalar lug’atini rivojlantiruvchi mashg’ulotlarning boshqa bir turi narsalar sifati bilan tanishtirish mashg’ulotlaridir.
Mazkur mashg’ulotlarni o’tkazishda pedagog quyidagi qoidalarni hisobga olishi lozim:
Lug’at ishlari narsalarning sifat va xususiyatlarini ajratishga tayanadi, shuning uchun tarbiyachi ularni sinchiklab sensor tekshiruvidan o’tkazishni tashkil qilishni bilishi lozim. Bolalarda tekshiruv usullari ushbu mashg’ulotlarda o’qitish jarayonida shakllanadi.
Tekshiruv usullarini shakllantirish tarbiyachining tekshiruv harakatlaridan foydalanishga nisbatan ajratib olinayotgan sifatga mos bo’lgan aniq ko’rsatmalarini talab qiladi (masalan, bosib ko’r — qattiqligini ajratish uchun, silab ko’r - yumshoqlikni ajratib olish uchun va h.k.)
Har bir sifat va xususiyatni ajratib olish, uni yo’ldosh xususiyatlaridan xalos qilishga uni qarama-qarshi xususiyat bilan taqqoslash orqali nisbatan samarali
erishiladi. Masalan: qattiq-yumshoq, og’ir-engil, shaffof- noshaffof. Bu qattiqlikni sifat sifatida yo’ldosh temperatura sezgilaridan nisbatan aniq ajratib olish, qabul
qilinayotgan narsa yuzasining silliqligini yoki g’adir- budurligini his qilish imkonini beradi.
Narsaning sifat va xususiyatlari bolalar tomonidan anglanishi hamda o’zlashtirilishi uchun ularni ahamiyatli qilish lozim, ya’ni ularni mahsuldor-mazmunli faoliyatga qo’shish zarur, buning muvaffaqiyati mazkur sifatlarni hisobga olishga bog’liq bo’ladi. Bu natijaga erishish boladan izlanayotgan sifat yoki xususiyatni ajratib olish va uni hisobga olishni talab qiladi.
Mashg’ulotlarda lug’at ishlari vazifasini muvaffaqiyatli hal etish ko’rgazmali materialni tanlashga bog’liq bo’ladi. Shunday narsalarni tanlash zarurki, toki unda
ajratib olinayotgan sifatlari yorqin tasvirlansin, chalg’ituvchi sifatlari esa (yorqin ranglarga bo’yash, harakatlanuvchi qismlarining mavjudligi, o’yin borasida qiziqarliligi va boshq.) iloji boricha kamroq bo’lsin.
Bunday turdagi mashg’ulotlar maktabgacha yoshdagi bolaning bilish mantig’i talab qiladigan muayyan tuzilmaga ega bo’ladi:
I-qism — U yoki bu faoliyatga oid vaziyatda narsa sifatini ajratib olish.
II-qism — Bolalarga tekshirish harakatlarini o’rgatysh, har bir bola tomonidan zarur sifatlarni ajratib olish. Uning asosida mazkur sifatni belglovchi yangi so’z kiritiladi.
III-qism — Bolalarga turli-tuman narsalar sifatini ajratish va yangi so’zlardan foydalanishni mashq qildirish.
Bolalar olgan bilim va ko’nikmalar keyingi mashg’ulotlar hamda kundalik hayotda mustahkamlanadi.
Ushbu turdagi mashg’ulotlarni murakkablashtirish ajratilayotgan sifat va xususiyatlar to’plamini oshirish yo’lida olib boriladi. Eng turlicha to’plam bolalarga turli xil materiallarni tanishtirishda ro’y beradi. Bunday mazmundagi mashg’ulotlarga nisbatan metodik talablar shundayligicha qoladi, biroq ularning murakkabligi shundaki, bunda sifatga u yoki bu xususiyatlar belgilari sifatida qaraladi.
Narsalarni taqqoslashga oid mashg’ulotlar bolalar lug’atini narsalar, ularning sifatlari va xususiyatlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish asosida shakllantirish mashg’ulotlari tizimida yakunlovchi hisoblanadi.
Bunday mashg’ulotlar narsalarning qismlari, detallarini ko’rish, ularning sifat va xususiyatlarini ajrata olish borasida shakllantirilgan qobiliyatga tayanganlari tufayli ular katta guruhda va maktabga tayyorlov guruhlarda o’tkaziladi.
Lug’at ishining vazifalarini hal etish borasida ushbu mashg’ulotlarning maqsadi narsalar ajratishni tavsiflash uchun nisbatan aniq so’zlarni tanlash qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg’ulotlar muvaffaqiyati, ularning samaradorligi quyidagi shart-sharoitlarga bog’liq:
Taqqoslash uchun narsalarn tanlash. Ular yetarli miqdorda taqqoslanayotgan belgilarga ega bo’lmog’i lozim: farqlilik va umumiylik belgilari (rang, shakl, miqdor,
qismlar, detallar, materialning vazifasi va h.k.);
Taqqoslashning rejaliligi. Tarbiyachi bolalarni narsalarni umuman taqqoslashdan (vazifasi, rangi, shakli, miqdoriga qarab) asta-sekin dastlab farqlariga qarab, so’ngra esa o’xshashligiga qarab qismlarga ajratish va taqqoslashga yo’naltiradi. Taqqoslash umumlashtirish bilan nihoyasiga yetadi, bunda har bir narsaning farqlovchi belgilari ajratiladi. Narslarni tanlash. Bunday mashg’ulotlarda tarbiyachining taqqoslashlarni izchil qurish; bolalarning o’zlari payqamaydigan o’ziga xos xususiyatlarini ko’rish, javobni iloji boricha aniq shakllantirish va zarur so’zlarni tanlashda bolalarga yordam beruvchi savol va ko’rsatmalari ta’limning asosiy usullari hisoblanadilar.
• Tarbiyachi va bolalarning nutqiy faolligini taqqoslash. Bu yerda bolalar ham iloji boricha ko’proq nutqiy faollik ko’rsatishlari zarur. Tarbiyachi o’zining oz so’zli aniq savollari, ko’rsatmalari bilan ularning aqliy va nutqiy faolligini uyg’otadi.
Shunday qilib, narsalar va materiallarning qismlari, sifatlari va xususiyatlari bilan tanishtirishga doir mashg’ulotlar bolalar nutqiga o’zida turli nutq qismlarini: otlar (narsalar va ularning qismlari nomlari), fe’llar (narsalar bilan harakatlar nomlari, narsalardan foydalanish, qidiruvchilik harakatlari), sifatlarni (sifatlar nomlari) jamlagan so’zlarning ancha keng va xilma-xil zahirasini kiritish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |