Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi


Nutqning tovush madaniyati tushunchasi



Download 167,17 Kb.
bet22/36
Sana08.02.2022
Hajmi167,17 Kb.
#437943
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
нутк

Nutqning tovush madaniyati tushunchasi
Nutq madaniyati - bu to’g’ri so’zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko’zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
Bola so’zlashni o’rganmokda. Lekin buning uchun u avval ushbu tilga xos bo’lgan barcha fonem&tarni aytishni; tovushlarni va so’zda muayyan pozitsiyada turgan tovushlar birikmasini an’anaga muvofiq holda, ya’ni orfoepiya qoidalari bo’yicha talaffuz qilishni; intonatsiyani yaratuvchi prosodemalarni modellashtirishni o’zlashtirib olishi lozim.
Bolalarga ona tilida nutqni o’rgatish tajribasidan ma’lumki, alohida tovushlar artikulyatsiyasini o’zlashtirish bola uchun eng qiyin vazifa hisoblanadi. O.I.Soloveva nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarnint asosiy yo’nalishlarini belgilar ekan, «pedagog oldida bolalarga so’zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, so’zlarni rus tilining orfoepiya qoidalariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diksiya) o’rgatish, ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi1.
Ba’zan tarbiyachining bolalarda to’g’ri nutqni shakllantirish borasidagi faoliyati tovush talaffuzi kamchiliklarini bartaraf etuvchi logoped mehnati bilan taqqoslanadi. Biroq nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash faqatgina tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni shakllantirishdan iborat emas. Tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni shakllantirish nutqsagi tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning bir qismidir. Tarbiyachi bolalarga to’g’ri nutqiy nafas olish, ona tilidagi barcha tovushlarni talaffuz qilish, so’zlarni aniq aytish, tovushdan foydalanishni o’rgatadi, bolalarni shoshmasdan ifodali qilib so’zlashga odatlantiradi.
Ayni paytda nutqdagi tovushni shakllantirish jarayonida tarbiyachi ayrim logopedik usullardan foydalanishi, ya’ni xuddi logoped kabi nutq kamchiliklarining oldini olishga qaratilgan ishlar bilan shug’ullanishi mumkin.
Tovush artikulyatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bo’lib, u ko’pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha cho’ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof so’zlay boshlaydi. «Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib - ya’ni, bolalarga o’qish va yozish o’rgatish boshlanadigan davrga kelib uning barcha tovushlar artikulyatsiyasini to’liq o’zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo’yadi.
Bolalarga to’g’ri talaffuzni o’zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida o’sayotgan bo’lsa juda oson hal etilishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulyatsiya bazasi to’g’ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi so’zlarlarni eshitsa bu jarayon juda qiyin kechishi (aniqrog’i -hech narsani o’zlashtira olmasligi) mumkin.
Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o’z-o’zidan, prosodemalar, ularning artikulyatsiya organlarini modullashtirishdagi ishtiroki masalasi juda kam o’rganilgan.
Tajribalar shundan dalolat bermokdaki, bolalar barcha prosodemalarni hech bir qiyinchiliksiz o’zlashtirib oladilar, ayniqsa ularga ovoz ohangi modulyatsiyasini o’zlashtirish juda oson kechadi, ko’pchilik bolalar prosodemalarni deyarli mashqsiz o’zlashtirib oladilar. Biroq, o’rgatuvchilar (ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilar) o’zlari ona tili intonatsiyasini a’lo ravishda egallaganlari bois buni payqamaydilar. Agarda bola ayrim prosodemalarni «mustaqil ravishda» o’zlashtira olmasa, kattalar, odatda nutqdagi bu kamchilikka tezda e’tibor bermaydilar, bu borada bolaga yordam bermaydilar va u shu kamchilik bilan maktabga boradi. U yerda esa intonatsiyadagi nuqsonni bartaraf etish nutq tovushlari artikulyatsiyasidagi nuqsonlarni bartaraf etishga qaraganda yanada qiyin kechadi.
Bolalar intonatsiyaning ayrim elementlarini (prosodemalar) gapning yaxlit intonatsiyasidan ajratib olishni o’rganadilar va buni alohida emas, balki gapning o’zida bajaradilar. Bolalar gapning o’zini (tugallangan fikrni) intonatsiyasiga qarab tushunishni o’rganadilar. Ular ikki tugallangan intonatsiyani, ya’ni: bayon va so’roq intonatsiyalarini o’zlashtiradilar.
Tugallangan intonatsiyalar bilan bir vaqtda bolalarga mantiqiy urg’ular (gapni dolzarb o’qish) ko’rsatiladi va ular yoyiq gapning mazmuniy kesimlarida tugallanmagan intonatsiyani bajarishni mashq qiladilar. Ma’lumki bunday intonatsiyalar oltita (A.N.Gvozdev): sanash intonatsiyasi («I k sarevne nalivnoe, molodoe, zolotoe prya^mo yabloko letit»), qarama-qarshi qo’yish intonatsiyasi («V tretiy raz zakinul on nevod, - prishel nevod s odnoy rnbkoyu, s neprostoyu rnbkoyu -zolotoyu»), chaqiriq intonatsiyasi («Chego tebe nadobno, star-che?», «Svet moy zerkalse, skaji, da vsyu pravdu rasskaji..»), ogoxlantirish intonatsiyasi yoki ikki nuqga intonatsiyasi («Otvechaet zolotaya rnbka: «Ne pechalsya, stupay sebe s bogom!», «Udivilsya starik, ispugalsya: rnbachil tridsat let i tri goda i ne slmxival, chtob rnba govorila»), kirish intonatsiyasi («Vot prishel on k sinemu moryu (pomutilos sinee more), stal on klikat zolotuyu rnbku...»), alohida ajralish intonatsiyasi («No sarevna molodaya, tixomolkom rassvetaya, mejdu tem rosla, rosla, podnyalas - rassvela, chernobrova, nravu srotkogo takogo»).
YUqorida bayon qilinganlar tilning fonetik va fonologik vositalari ravon nutqsa bir vaqgning o’zida qo’llaniladi. Bolaning ravon nutqi uslubi, uning his-hayajonliligi uning nutq tovushlarini qanday talaffuz etishiga (artikulyatsiyalarni g’ayrat bilan va aniq aytish yoki sekin va tushunarsiz aytish) va mavjud prosodemalardan qaysi birini tanlashiga (past-jarangdor, tez-sekin, ovoz tembri bilan ijobiy yoki salbiy hissiyotlarni tasvirlash) bog’liqsir.
L.V.Sherba rus tilida ikkita asosiy talaffuz uslublarining mavjudligiga e’tiborni qaratgan.
To’liqlik (yoki kshpobiy) uslubi omma oldida nutq so’zlashda - ma’ruzalar o’qish, yig’ilishda so’zga chiqish, radio va televidenieda diktor bo’lib ishlashda, shuningdek o’quvchi, talabalar uchun va o’zini yaxshi anglashlarini xoxlagan hamda tinglovchilarga uni tushunishlarini osonlashtirishga intilayotgan har bir shaxs uchun majburiydir. To’liq uslubli nutqqa aniq talaffuz, o’rtacha sur’at xos bo’lib, ovoz kuchi xona hajmi va ovoz tembriga mos bo’ladi. Nutqda kishining o’z qadrini yaxshi bilishi, ya’ni uni tinglayotganlarga nisbatan hurmat va e’tibori yaqqol ifodalanadi.
Notpo’liq, (yoki so’zlashuv) uslub maishiy muloqotda qo’llaniladi. Bunda so’zlardagi tovushlarni birmuncha past va sust aytish, va tez aytish yoki, aksincha, iboralarni sekin aytish va shivirlash mumkin; so’zlashuv nutqiga ohangiy (his-hayajonli) ishlov berish ko’rinishlari turlicha bo’ladi: barcha his-tuyg’ular so’zlashuv nutqining jaranglashida to’liq aks etadi.
Etarli darajada madaniy nutqqa ega bo’lgan har bir inson har doim ham vaziyatdan kelib chiqqan holda ikkala nutq uslublarini maxsus tayyorgarliksiz qo’llay olishi mumkin. Maxsus tayyorlangan nutq notiqlik nutqi (publitsistik chiqishlarda) yoki badiiy o’qish (aktyorlik faoliyatida) deb ataladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bir vaqgning o’zida nutqning boshqa qismlarini ham, ya’ni lug’at, bog’lovchi, grammatik jihatdan to’g’ri nutqni rivojlantirgan holda amalga oshiriladi.

Download 167,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish