Qayta hikoya qilishga o„rgatish usullari
Ma‘lumki, qayta hikoya qilish monolog nutqni shakllantirishda eng birinchi bosqich
hisoblanadi. Shuning uchun har bir bola qayta hikoya qilishni yaxshi egallab olishi shart.
Buning uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilar:
1. Tarbiyachining bola bilan birga qayta hikoya qilishi. Tarbiyachi bu usuldan qayta
hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida, ayniqsa, hikoya qilib bera olmaydigan
bolalar bilan ishlashda keng foydalanishi kerak. Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi
bolalarga sezdirmagan holda gavdasini to ‗g‗rilashi, imo-ishora, ko‗z qarashi bilan dalda
bcrishi mumkin, mashg‗ulotning oxirida esa, albatta, bolani maqtash kerak: „Yasha, endi
boshqa bolalarga hikoya qilish yengil bo‘ladi. Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya
qilgin―.
Do'stlaringiz bilan baham: |