Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
12-mavzu. Nutq o`stirshmashg„ulotlarini tashkil etish shakllari
Reja:
1.Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bola nutqini o„stirish va rivojlantirish
masalalari
2.Bolalarda nutq rivojlanishini rag„batlantiruvchi yoki unga to„sqinlik
qiluvchi kuchlarni aniqlash
Tayanch tushuncha va iboralar: nutq rivojlantirish,muloqot, otnogenezis,
bola nutqi, nutq o‘stirish, nutqni rivojlantirish, nutqni tushunishni
takomillashtirish, pedagog, psixolog.
Ilk bolalik chog‗iga taalluqli bo‗lgan nutq o‗sishi va rivojlanishi bosqichlari
turli sohalar olimlarini, jumladan pedagog-psixologlar, lingvistlarni, eng avvalo,
bu nutq rivojlanishidagi o‗ziga xos davr bo‗lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning
o‗ziga xosligi shundaki, u nutqni o‗stirish va rivojlantirish uchun senzitiv
hisoblanadi: bu davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo‗ladi va
takomillashadi; u shunchalik jadal sur‘atlarda rivojlanadiki, nutqning keyingi
butun
ontogenezi
jarayonida
ushbu
holat
boshqa
kuzatilmaydi.
K.D.Ushinskiyning ta‘kidlashicha, «…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson
va tez o‗rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o‗qigan taqdirda
ham uning yarmini o‗zlashtira olmaydi».
Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‗rganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova,
N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa ko‗plab taniqli olimlar,
pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‗shishgan.
Ilk yoshda nutqni o‗stirish va rivojlantirish ikki yo‗nalish bo‗yicha ro‗y
beradi:
1 – nutqni tushunishni takomillashtirish;
2 – bola nutqining faolligini shakllantirish.
Bolalar nutqini psixologiya-pedagogika nuqtai nazaridan tadqiq etishni
F.A.Soxin va O.S.Ushakovalar tasnifiga ko‗ra, uchta yo‗nalishga ajratish
mumkin:
- tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik
darajalarini shakllantirish;
- funksional – kommunikativ funksiyada tilni egallash ko‗nikmalarini
shakllantirish;
- kognitiv – til va nutq hodisalarini eng oddiy usulda anglashni
shakllantirish.
Ilmiy tadqiqotlar va yo‗nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar
nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy
adabiyotda o‗rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
V.I.Loginova,
YU.S.Lyaxovskaya,
V.V.Gerbova,
E.M.Strunina
va
boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‗zlashtirib olishlarining
o‗ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‗atni o‗zlashtirishlarida ikki jihat
ajratib ko‗rsatilgan: atrofdagi olam lug‗atini (so‗z boyligini) anglash bilan
birgalikda rivojlantirish; lug‗atni til birligi sifatida o‗zlashtirish. Ular predmetli
aloqalar va munosabatlar mantig‗ida ham, til mantig‗i borasida ham so‗z ustida
ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda
nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin,
M.I.Popova, A.V.Zaharova, V.I.YAdeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona
tilining so‗z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar
nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat
odatdagi grammatik xatoliklarni o‗rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda
grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e‘tiborni qaratish zarurligini
isbotlash imkonini berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‗zlashtirilishi bo‗yicha
o‗tkazilgan
tadqiqotlarda
(G.M.Lyamina,
E.I.Radina,
G.A.Tumakova,
A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o‗rganish predmeti sifatida
xizmat qildi.
Logopediyaning bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish bilan bog‗liq
masalalar doirasini ishlab chiquvchi profilaktik yo‗nalishi keng tarqalgan.
Bolalar nutqini rivojlantirishga oid yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan yondashuvlar
maktabgacha yoshdagi bolalarning tilni tizim sifatida, ya‘ni tovush tomoni, lug‗at
tarkibi va grammatik tuzilishni birgalikda o‗zlashtirishlarini o‗rganish sohasiga
taalluqlidir.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni
ta‘minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‗z
ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon
nutq bola til boyligini qanchalik o‗zlashtirganligining ko‗rsatkichi hisoblanadi, u
bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari E.I.Tixeeva,
E.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og‗zaki nutq va
hikoya qilishni o‗zlashtirishining o‗ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik
nutqning o‗zaro bog‗liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni
o‗qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab
chiqilgan bo‗lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash,
adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va
jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Monologik nutqni o‗stirish va rivojlantirish nazariyasi va metodikasining
yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini
o‗zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi
nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari o‗rganiladi va uning
negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‗rgatish metodikasi yaratiladi.
F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni
shakllantirishninig turli jihatlari bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni
baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‗ra yanada aniqroq
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‗ydi. Ravonlikning asosiy
ko‗rsatkichi sifatida so‗zlar, gaplar va fikrlarning qismlari o‗rtasida zarur aloqa
vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to‗g‗ri tuzish
qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish
O‗zbekiston Respublikasida o‗tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha
ta‘lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga
rus tilini o‗qitish zarurligi masalasini ko‗tarib chiqdi. U tomonidan o‗tkazilgan
sinov tadqiqotlari (1958-60 yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‗zbek
bolalariga ruscha og‗zaki nutqni o‗rgatish metodikasining asosiy mazmuni
belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida
E.M.Razbaeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‗qilgan asarlar
asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‗yicha tadqiqot o‗tkazildi.
S.O.G‗ozieva tomonidan (E.M.Razbaevaning ilmiy rahbarligi ostida)
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‗zbek xalq og‗zaki ijodidan (xalq
ertaklari, o‗yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda
bo‗lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979 yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga
ona tili va o‗zga tilni (rus, o‗zbek) o‗qitish muammosi O‗zbekiston olimlari,
metodistlari, psixologlarining tadqiqot ob‘ekti hisoblanadi (F.R.Qodirova,
R.M.Qodirova,
G.X.Jumasheva,
D.Abdurahimova,
L.R.Mirjalilova,
N.SH.Nurmuhammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan
holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta‘siri bilan o‗zaro
bog‗liqlikda ko‗rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‗rinlidir, zero fandagi
zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‗zlashtirish va ijtimoiy o‗zaro hamkorlik – o‗zaro
bog‗liq jarayonlardir, nutqni o‗stirish va rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq
u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‗zli shaklda
umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‗zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning
ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha
yutuqlariga yo‗l ochadi. Umuman shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar
(qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning
rivojlanishi bilan bog‗liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning
alohida o‗rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi
shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‗yadi. Nutqning
rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala, ushbu holat shiddat
bilan, sakrash tarzida ro‗y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‗batlantiruvchi yoki unga to‗sqinlik qiluvchi
kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‗zlagan holda pedagogik
ta‘sir ko‗rsatishni tashkil etish kalitidir.
Olimlar bolalarni o‗qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy
rivojlanish darajasini ta‘minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
beradigan darajada optimal tashkil etish yo‗llarini topish borasida faol ish olib
bormoqdalar. Nutqni o‗qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish
quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‗ich
pozitsiyalarga ega:
- ta‘lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa
zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni o‗rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‗g‗ri
kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning
individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bo‗lishi kerak,
xususan: ona tilini o‗zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‗shilishi, o‗quv
sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- o‗qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‗zaro hamkorligining
xususiyati ushbu bola uchun etakchi bo‗lgan muloqot shakli bilan belgilanishi
lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha
komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‗naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini
hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
-nutqni o‗qitish bolalarning tilni o‗rganish bo‗yicha mustaqil faoliyatiga
asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‗liq bo‗lishi kerak.
Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni o‗qitish
muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik holatlardan kelib chiqqan holda
olib borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik,
pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni o‗stirish va rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida
markaziy o‗rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‗zlashtirishining murakkab,
ko‗p omilli jarayonidir;
-nutqni o‗stirish va rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni
nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni o‗stirish va rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu
jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‗ziga
xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‗ziga xosliklarini ko‗ra olishi va
bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta‘sir ko‗rsatishning
eng samarali yo‗llarini tanlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |