Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
15-mavzu: Nutq o'stirish mashg„ulotlarida metod va vositalardan
foydalanish
Reja:
1. Nutq o'stirish mashg„ulotlarida metod va vositalari
2. Nutq o'stirish mashg„ulotlarida metod va vositalardan foydalanish
Tayanch tushunchalar va iboralar:nutq o‘stirish, leksik buzlishlar, uslubiy bo‘yoqdor
so‘zlar,
hikoya tuzish, ravon nutq, axborot, monotong, savol,
undov ovozlar, pauza, darak gap.
Bolalar nutqida nutqiy nafas olishning shakllanmaganligi, bolalarning nutqiy nafas
chiqarishni so‗zlanayotgan jumlaning uzunligiga mos ravishda taqsimlay olmaganliklari tufayli
pauzalar kuzatildi.
Leksik buzilishlar shundan iborat bo‗ldiki, bolalar kerakli so‗zlar o‗rniga ushbu vaziyatga
mos kelmaydigan boshqa so‗zlarni qo‗lladilar.
Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iborat bo‗ldiki, bolalar gapda so‗zlarni
noto‗g‗ri joylashtirdilar (inversiya).
Axborot tusiga ko‗ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardan iborat
bo‗ldi. Hikoya tuzishda bolalar nutqi bir xil ohangda jarangladi (monoton), savol yoki undov
ovoz bilan ta‘kidlanmaydi,
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ona (o‗zbek) tilidagi ravon nutqini tadqiq qilish
natijalari og‗zaki matnni so‗zlab berishda jumlalar hajmi 4-10 ta gap doirasida, yoki 13-45 ta
so‗zdan iborat bo‗lishini aniqlash imkonini berdi. Eng ko‗p jumlalar hajmi ertakni aytib berish,
suratga qarab hikoya tuzish hissasiga to‗g‗ri keladi. Bolalarning hikoyalari leksik jihatdan juda
sayoz bo‗lib, ularda sifat, fe‘lning sifatdosh va ravishdosh shakllari mavjud emas. Hikoyalar
faqat sanab berish bilan cheklanildi, ularda obrazli so‗zlar va ifodalar mavjud emas, o‗z
fikrlarini bayon etishda ketma-ketlikka rioya qilinmaydi. Bolalarning nutqi ifodali emas.
Bolalar hikoyalarida so‗zlar soni 11-26 tani, gaplar soni esa 2-6 tani tashkil qildi. Bolalar
asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalanishdi. 29 nafar bolada ortiqcha so‗zlardan (keyin,
yana, emas va boshq.) foydalanish, shuningdek takrorlashlar kuzatildi; 9 nafar bolada fonetik
nuqsonlar (noto‗g‗ri talaffuz,
tushunarsizlik, so‗zlarning oxirini yutib yuborish) qayd etildi.
13 nafar bola ertakni o‗zi aytib bera oldi, 15 nafar bola esa pedagog yordamida aytib
berishdi, 10 nafar bola esa ertaklarni bilmasliklarini bahona qilib, uni aytib berishdan bosh
tortishdi. Bolalar amalda nutqda ifoda vositalaridan foydalanmadilar. Ravon bayon qilish faqat
11 nafar bolada kuzatildi, 27 nafar bolada esa bunday holat umuman kuzatilmadi.
Hikoya qilish chog‗ida bolalar tomonidan qo‗llanilgan so‗zlar 13-45 tani, gaplar esa 4-10
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
tani tashkil qildi.
Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalandilar.
«Bo‗g‗irsoq» ertagini (qisqacha mazmunini) bor-yo‗g‗i 5 nafar bola aytib berdi,
«SHolg‗om» ertagini 6 nafar bola, «Ona echki» ertagini esa 2 ta bola aytib berdi.
Shaxsiy tajriba haqida 7 nafar bola mustaqil ravishda hikoya qilib berishdi, 21 nafar bola
esa pedagog yordamida (yo‗naltiruvchi savollar bilan) hikoya qilishdi. Sevimli o‗yinchoq
haqida 11 nafar bola, dam olish kuni haqida 13 nafar bola, hayvonlar haqida 9 nafar bola
hikoya qilishdi, 5 nafar bola dam olish kunini qanday o‗tkazganliklarini eslay olmasliklarini
bahona qilib, hikoya qilib berishdan bosh tortdilar.
Yuqorida bayon qilinganlar bolani har tomonlama rivojlantirish omili sifatida ona tiliga
o‗qitishning umumiy muammolarini tadqiq etish zarurligidan dalolat bermoqda.
Nutqning barcha jihatlarini rivojlantirish bolaning turli janrlarda – ertaklar, hikoyalar tuzish,
she‘r to‗qishda namoyon bo‗ladigan mustaqil so‗z ijodkorligi rivojlanishiga katta ta‘sir
ko‗rsatadi.
Sinektika-alternativ fikrlash asosida muammoni guruhlarda hal etish, ijodkorona
o‘ylash modeli bo‘lib, turlicha hodisa va predmetlarni o‘zaro bog‘liklikda o‘rganish
hisoblaandi. Uning vositasi analog yoki metafota bo‘lib, bu model kichik guruhlarda biror
muammoga yechim topishda kreativ javoblar topishning takomillashtirilishiga imkon beradi.
Bunda yangi ma‘lumotga ega bo‘linadi, yangi yechim toppish uchun motivatsiya hosil qilinadi,
muammoning turli sabablari kashf qilinadi. Bu usul uning foydalanuvchilariga miyada mavjud
―qolip‖lardan chiqishga va mavhum tushunchalarni ham anglashga yordam beradi.
Sinektika talabalarning ijodkorligi faollashtiruvchi instruktiv model, u
talabalarga eski fikrlarni
yangicha yo‘l bilan bog‘lashga turtki beradi. Garchi ba‘zi talabalar boshqalariga nisbatan
ijodkorroq bo‘lsalar ham, sinektika modeli har bir talabada ―creative thinker‖ - ―ijodkor
o‘ylovchi, ijodiy fikrlovchi‖ ni uyg‘ota oladi. Bu model metoforik usul bilan izohlaydi. Bu
model, ―It‘s one big brainstorming party!‖ (miyada kata zakovat hujumi kechasi) izohi orqali
ifodalanadi va bu kichik guruhlarda yoki yakka holda talabalarning ijodkorona va quvnoqlik
bilan yangi bilimlar olishga yordam beradi
Modelning afzalliklari:
- chuqur o‘ylash;
- eski narsalardan yangisini
hosil qilish;
- diologlar.
Modelning amalga oshirilishi:
Do'stlaringiz bilan baham: