Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Ta’lim tili 
Bolalar soni 
Nutqni egallash darajasi 
YUqori 
O‗rta 
Past 
1. Rus tili 
38 
7 (18,42%) 
19 49,91%) 
12 (31,67%) 
2. O‗zbek tili 
38 

20 (52,6%) 
18 (47,43%) 
 
Rus tilida «R», «L» tovushlaridagi fonetik buzilishlar (noto‗g‗ri talaffuz) 3 nafar bolada 
kuzatildi. Leksik buzilishlar shundan iborat bo‗ldiki, bunda bolalar bir so‗z o‗rniga boshqasini 
qo‗lladilar,  masalan,  pustil  strelu  o‗rniga  strelnul;  vstretil  o‗rniga  vstretilsya;  jila  babka  s 
dedom o‗rniga jila baba s detkoy. 
Grammatika  sohasidagi  kamchiliklar  shundan  iboratki,  bunda  bolalar  so‗zlarni  rodda 
noto‗g‗ri moslashtirdilar (vstretilsya kolobok lisu), gap bo‗laklari ham noto‗g‗ri joylashtirilgan 
(inversiya):  -  A doktora  tam ne bыlo, a volk tolko bыl; I navstrechu emu vstretilsya zayas va 
boshq.  
Maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalarning  nutqini  tadqiq  etish  natijalarini  sifat  jihatdan 
tahlil  etish  shuni  ko‗rsatdiki,  eng  ko‗p  fikr  bildirishlar  hajmi  sevimli  ertaklarni  aytib  berish 
hissasiga,  eng  kami  esa,  o‗z  shaxsiy  tajribasidan  kelib  chiqib,  hikoya  tuzish  hissasiga  to‗g‗ri 
keldi.  
Fikr bildirish  hajmi  va nutqning tezkorligi  nafaqat  bolaning faol  lug‗at  zahirasini, balki 
uning «o‗ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish 
hajmi  uning  ob‘ekt  bilan  tanishlik  darajasidan  dalolat  bermoqda.  Bolalarning  biron-bir  narsa, 
hodisa haqidagi  bilimlari  qanchalik  chuqur va xilma-xil bo‗lsa, ularning  fikr bildirishlari ham 
shunchalik keng bo‗ladi.   
Bolalarning  nutqida  oddiy  gaplar  ko‗pchilikni  tashkil  qiladi.  Ba‘zan  ESA,  VA  kabi 
bog‗lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba‘zan esa ularsiz bog‗langan qo‗shma gaplar ham uchrab 
turadi. Bildirish xususiyatiga ko‗ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq 
bir  xil  ohangda  jaranglaydi,  ko‗pincha  so‗zlar  o‗rtasidagi  sintaktik  bog‗liqlik,  ya‘ni:  gapdagi 
so‗zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yo‗l qo‗yiladi. 
Hikoya qilib berishda so‗z birikmalarini tuzishda xatoliklarga yo‗l qo‗yilishi kuzatildi 
- eganing kesim bilan noto‗g‗ri bog‗lanishi: prishyol lisa;
 
-  aniqlovchining  aniqlanuvchi  so‗z  bilan  noto‗g‗ri  bog‗lanishi:  vstretilsya  medved, 
vstretilsya lisa; 
- kelishikda va kelishik-gap boshqaruvidagi xatoliklar: mы s mishkoy xodili na zoopark. 
Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‗rsatdiki, ularning nutqida aniq ma‘noli otlar ustunlik 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
qiladi.  Nutqni  otlar  bilan  boyitish  quyidagi  sharoitlar  ta‘sirida  ro‗y  beradi:  bola  o‗zi  uchun 
qandaydir  ahamiyatga  ega  bo‗lgan  narsalarninggina  nomlarini  o‗zlashtirib  olmoqda;  unga 
tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
SHuni ta‘kidlash lozimki, bolalar nutqida sifatdosh va ravishdosh uchramaydi. Ularning 
nutqida  qiyosiy  daraja  mavjud  emas.  Maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalarning  ravon  nutqini 
tadqiq etish natijalari quyidagilarni ko‗rsatdi: 
- 18 nafar bola ertakni mustaqil aytib bera oldi; 20 nafar bola esa kattalar yordamida aytib berdi. 
Ertakni  aytib  berishda  bironta  ham  bola  o‗z  nutqida  nutqning  ifoda  vositalaridan 
foydalanmadi. Nutqning bir maromdaligi faqat 15 nafar bolada kuzatildi, 23 nafar bolada esa, u 
mavjud bo‗lmadi. 
Ertakni aytib berishda bolalar tomonidan qo‗llanilayotgan so‗zlar soni 19 dan 65 tagacha 
etdi; gaplar soni esa 5-14 ni tashkil qildi. Bolalar nutqda asosan, oddiy, ikki tarkibli gaplardan 
foydalanishdi. 
Suratga  qarab  mustaqil  ravishda  hikoya  tuzishni 11  nafar  bola  eplay  oldi,  15  nafar  bola 
esa uni kattalar yordamida (yo‗naltiruvchi savollar bilan) tuzishdi, 12 nafar bola esa faqat sinov 
o‗tkazuvchining savollariga javob berishdi, xolos. 
Hikoya qilib berishda 17 nafar bolada mantiqiy ketma-ketlik qayd etildi, 21 nafar bolada 
esa u mavjud bo‗lmadi.  Suratga qarab hikoya qilishda so‗zlarning soni 6-46 tani, gaplar soni 
esa 3-9 tani tashkil etdi. 
«Alvon gul» ertagini (qisqacha mazmunini) 2 nafar bola, «SHolg‗om» ertagini 14 nafar 
bola,  «qurbaqa malika»  ertagini (qisqacha mazmunini) 2 nafar bola,  «Bo‗g‗irsoq» ertagini 15 
nafar  bola,  «g‗ozlar-oqqushlar»  ertagini  (qisqacha  mazmunini)  4  nafar  bola,  «Etti  echkicha» 
ertagini (qisqacha mazmunini) 1 nafar bola aytib berdi. 
SHaxsiy  tajriba  haqida  10  nafar  bola  mustaqil  ravishda,  28  nafar  bola  esa  kattalar 
yordamida hikoya qilib berishdi; sevimli o‗yinchog‗i haqida 17 ta bola, dam olish kuni haqida 
15  ta  bola,  hayvonlar  haqida  2  ta  bola  hikoya  qilib  berishdi;  5  nafar  bola  esa  sevimli 
o‗yinchog‗i va dam olish kuni haqida bitta hikoya tuzishdi. Bolalar hikoyalaridagi so‗zlar soni 
11-54 tani, gaplar soni esa 4-12 tani tashkil qildi. Bolalar asosan, oddiy, ikki tarkibli gaplardan 
foydalandilar.  Bolalarning  ravon  nutqidagi  kamchiliklar  quyidagilardan  iborat  edi:  ortiqcha 
so‗zlarni qo‗llash 27 nafar bolada kuzatildi. SHu o‗rinda qayd etish lozimki, o‗zbek millatiga 
mansub  bolalar  ruscha  nutqda  ortiqcha  so‗zlarni  o‗zbek  tilida  qo‗lladilar  (yana,  emas  va 
boshq.)O‗zbek  tilidagi  nutq  madaniyatini  tadqiq  etish  natijalari  shundan  dalolat  bermoqdaki, 
o‗rganilayotgan  bolalarning  artikulyasiya  apparatlarida  biron-bir  organik  kamchiliklar  qayd 
etilmagan (qisqa qizilo‗ngach, dislaliya – tinglash qobiliyati normal bo‗lgani holda tovushlarni 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
talaffuz  qilishning  buzilishi  va  boshq.).  3  nafar  bolada  yashirin  rinolaliya  (ovoz  tembri  va 
tovush  talaffuz  qilishning  buzilishi)  –  ya‘ni,  poliplar  tufayli  burundan  havo  o‗tmasligi 
aniqlangan; 4 nafar bolada disfoniya – haddan tashqari baland ovozda gapirish (qo‗shiq aytish, 
o‗yin  paytida  qichqirish)  natijasidagi  zo‗riqish  sababli  ovozning  zaiflashib,  xirillab  qolishi 
kuzatildi. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish