Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma
mavzu: Katta pedagog va mudiraning maktabgacha yoshdagi bolalarda
nutqni rivojlantirish borasidagi kasbiy mahoratini takomillashtirish
maqsadida tarbiyachilar bilan olib boradigan ishlari shakllari
Reja:
Katta pedagog va mudiraning maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish borasidagi kasbiy mahoratini takomillashtirish
Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan talablar
fikrlash,davlat
Tayanch tushuncha va iboralar: mashg’ulot, «Ilk qadam», DTS,
talablari, kasbiy faoliyat, boshqrish, mudira, bilim,ko’nikma, malaka.
Pedagog va mudiraning maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish borasidagi kasbiy mahoratini takomillashtirish maqsadida tarbiyachilar bilan amalga oshiradi. Ular pedagogik jarayonda markaziy o’rinni egallaydi. Shuning uchun mudira o’z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalami yaxshi egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak. Shu bilan bir qatorda mutaxassislik bo’yicha meyoriy xujjatlami jumladan «Ta’Iim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni, «Ilk qadam» tayanch dasturini, Davlat ta’Iim standartlarini, Maktabgacha ta’limga qo'yilgan Davlat talablari va boshqalarni puxta egallagan bo’lishi lozimdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada tayyorlanadi. Ayniqsa bolani oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida maktab ta’limiga tayyorlashda hamkorlikda ish olib boorish muhim jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni tashkil etishda mudiraning o’rni juda kattadir. Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish mudiralarni amaliy faoliyatga tayyorlash bilan birga ularda yuksak kasbiy faoliyat malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu fan asosiy ixtisoslik fan bo‘lganligi sababli Respublikadagi MTMIarga yuksak salohiyatga ega bo'lgan mutaxassislarni yetkazib beradi.
Mashg’ulot tarbiyachi tomonidan bolalarga kerakli bilim va malakalarni umumiy holda xabardor kilish demakdir. mashg’ulotlar kun davomida utkazilib boriladi. Kuning birinchi kismiga muljallangan mashg’ulotlar ancha samara beradi.
Mashg’ulot jarayonida bolalarda mustakil fikrlash kunikma va malakalari xosil kilinadi, tarbiyachining suzini tinglash, urtoklari bilan gaplashmaslik har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat kilish tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga urganib boriladi. Har bir yosh guruxlarda necha marta mashg’ulot utkazish bolalar bogchasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab boriladi.
Mashg’ulotning turlari haqida gapiradigan bulsak, mashg’ulotning turlari kuyidagichadir:
Bolalarni bilimlarini sinovchi mashg’ulotlar - ushbu mashg’ulotlarni utkazishdan maqsad, tarbiyachi dasturda belgilangan bilim va malakalarini egallash darajasini bilib oladi va keying! ishlari davomida ishlarni inobatga oladi.
Kompleks mashuglotlar - bu mashg’ulot bolalar bogchasi tajribasida keng tarkalgan bulib, bunday mashg’ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |