Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondoshish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondoshish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimat variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolar chop ettirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |