Nutqni rivojlantirish metodikasi kursini o’qitish
|
Nazariy, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv va ilmiy-nazariy konferensiyalar bilan birgalikda qo’shib olib borishni ko’zda tutadi.
|
|
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish
|
Bu murakkab psixologik jarayon bo’lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas, balki bu bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va muloqotga extiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir.
|
|
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni nutqiy rivojlantirish sohasidagi ishlarning maqsadi
|
Bolalarga nutqiy muloqotning muxim shakli – og’zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashni, to’liq ko’rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o’rganishni o’rgatishdan iborat.
|
|
Bola nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar
|
Bu nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash; lug’atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; nutqning grammatik to’g’riligini takomillashtirish; og’zaki (dialogik) nutqqa o’rgatish; ravon nutqni rivojlantirish; badiiy so’zga qiziqishni tarbiyalash; savod o’rganishga tayyorlash.
|
|
Go’daklik yoshi (0-1)
|
Muloqotning ikki shakli xos: emotsional-erkin (vaziyatli-shaxsli); emotsional-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli.
|
|
|