So’z va iboralar ustida ishlashda topishmoqlardan foydalanish
O’qituvchi darslar davomida o’quvchilarda tabiatda qanday suvlar, bulutlar bo’lishi haqida tasavvur hosil qilib boradi. So’z turkumlarini o’rganish jarayonida suv, bulut, umuman tabiat hodilari haqida topishmoqlar aytadi, o’quvchilar javobini topadi. O’quvchilardan javobini topishingizda topishmoq matnidagi qaysi so’zlarga e’tibor berdingiz? Bu so’zlarga so’roq berib, qaysi so’z turkumiga kirishini aniqlash topshrig‘i beriladi. Topishmoq bulut va yomg‘ir haqida. Bu topshiriqni bajarib bo’lgishgach: “Suv, yomg‘ir, bulut haqida gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringiz nima haqida? Ular nimasi bilan o’xshash va nimasi bilan farq kilyapti? Siz tuzgan gaplaringizda suv, yomg‘ir, bulutning qaysi xususiyatlarini aytdingiz?” topshirig‘i beriladi. O’quvchilar qo’yidagicha gaplar tuzadilar:
Yozda anhorning muzdek suvida cho’milamiz. Kuzda aniqlarda tiniq suv oqadi. Bahorda tog‘lardan loyqa suvlar tushadi. Biz paxtazorga jildirab oqayotgan suvni tomosha qildik. Onam yomg‘ir suvini isitib kir yuvadi. Qora bulut osmonda ko’ringanda yomg‘ir yog‘adi. Qishda osmonda pag‘a-pag‘a qora bulutlar bo’ladi. Yozda osmonda oppoq bulutlar so’zib yuradi. Bahorda yomg‘ir ko’p yog‘sa, o’tlar ko’karadi. Yomg‘ir ko’p yog‘sa, cho’llarda o’t ko’payadi, qo’y-qo’zilar maza qilib yeydi.
O’quvchilar suv,bulut,yomg‘irning xususiyatlarini bildirgan quyidagi so’zlarni aytadilar: tiniq, loyqa, muzdek, qora, oppoq, pag‘a-pag‘a.
Endi 185-mashqning matnini o’qing. Siz nima o’qidingiz? Topishmoq nima haqida ekan? Topishmoqda yomg‘ir va bulutning qaysi xususiyatlari tilga olingan?
O’quvchilar yomg‘ir va bulutning xususiyatlarini bildirgan “oyog‘i yo’q, pastga chopadi, bog‘lar, sahrolar, hayot topadi, xafa bo’lib to’kar yosh, chiqmasa quyosh” kabi so’zlarni aytadilar, ularning turkumlarini aniqlaydilar.Tabiat hodisalariga doir topishmoqlar ayttiriladi.
So’ng o’qituvchi quyidagi topishmoqlarni aytadi va ular (suv, yomg‘ir, shudring, qor, tuman, buloq, do’l, qirov, qorparcha, ayoz) javoblarini topadilarva ularning xususiyatlarini bilib oladilar.
Men borjoydagulunar,
Mensizgulzorcho’lbo’lar. (Suv)
Bolg‘asiyo’q, boltasiyo’q,
Daraxtlarniurar tuk-tuk. (Do’l)
Qaynaydikecha-kunduz,
Qo’lingteksa, go’yomuz. (Buloq)
Uchibyuraryo’qhidi,
Tutungao’xsharxuddi.
Quyoshchiqqanizamon,
Undanqolmaydinishon. (Tuman)
Otasiqor, onasiyomg‘ir,
Ishlatsangiz, chiqaradinur,
Ko’kartirib har birgiyohni,
Yashnatadi u hammayoqni. (Suv)
O’z-o’ziniquvibkelar,
O’t-toshlarniyuvibkelar,
Yetibborgach, dalalarga
Jon kiritargul-lolalarga. (Suv)
Qishchog‘ikapalaklar
Uchibyurarosmonda,
Qiziqyo’qolibqolar
Asfaltgaqo’nganchog‘da. (Qorparcha)
Ko’kda supra ochildi,
Uni yergasochildi. (Qor)
Ayoz bobo novvotsotdi,
Olganedim, qo’limqotdi. (Muz)
Qo’lsiz, qalamsiz, bo’yoqsizrasmchizar. ( Ayoz)
O’quvchilargaqirov, shudring, yomg‘irni ta’riflab berishlari aytiladi.Shu tariqa suvning yomg‘ir, qor, shudring, qirov, do’l, muz, sumalak (bo’g‘otlarda osilib turadigan) holatlari borligini bilib oladilar, tabiat haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.
Bir darsda o’quvchilar suv, yomg‘ir, qor, shudring, qirov, do’l, muz so’zlari orasidagi bog‘lanishni bilib oladilar hamda ularning lug‘atiga “gul unar, gulzor cho’l bo’lar, daraxtlarni urar tuk-tuk, qaynaydi, go’yo muz, qolmaydi nishon, otasi qor, onasi yomg‘ir, ishlatsangiz, chiqaradi nur, ko’kartirib, giyohni, yashnatadi, o’z-o’zini quvib kelar, o’t-toshlarni yuvib kelar, jon kiritar gul-lolalarga” so’z va birikmalari kiradi. Bu so’zlarning nimani bildirishini va qaysi so’roqlarga javob bo’lishini bilib oladilar.
Blits-o‘yin
Do'stlaringiz bilan baham: |