Nutq o‘stirish mеtodikasi



Download 44,35 Kb.
bet1/14
Sana30.12.2021
Hajmi44,35 Kb.
#94245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-topshiriq ona tili


Nutq o‘stirish mеtodikasi
Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq – kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni qis-qayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.

Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffakiyatli ta’lim olish qurolidir.

Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, tilni xar tomonlama (talaffo‘zi, lug‘ati, sintaktik kurilishini, boglanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar uqituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffo‘zi, lug‘ati, sintaktik kurilishi va boglanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va priyomlarni qullash tushuniladi.



Nutq faoliyati uchun, Shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:

1.Kishi nutqining yo‘zaga chiqishi uchun tala b bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og’zaki yoki yozma bayon xoxishi va zaruriyatni yo‘zaga keltiradigan vaziyat yaratish xisoblanadi.

2.Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material kanchalik to‘liq, boy, kimmatli bulsa, uning bayoni shunchalik mazmunli buladi.

3.Fikr tinglovchi tushunadigan sqz, sqz birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli buladi. Shuning uchun nutqni muvaffakiyatli o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan kurollantirish qisoblanadi.

Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud.

Bular:

1. Adabiytilnormalarinio‘zlashtirish.

2. Jamiyatimizningxarbira’zosiuchunzarurbulganmuqimnutqmalakalarini, ya’nio‘qishvayozishmalakalarinio‘zlashtirish.

3. O‘quvchilarnutqmadaniyatinitaktsmillashtirish.



Nutqo‘stirishdauchyo‘nalishaniqajratiladi: 1) so‘zustidaishlash; 2) so‘zbirikmasiva gap ustidaishlash; 3) boglanishlinutqustidaishlash.

So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog’lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikaga asoslanadi.

Nutq o‘stirishda izchillik turt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi.

Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bnlai eshittirib bayon qilishdan oldi u zqakda uylab oladilar. Bu ichrt nutq xisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagai, «o‘ylangan» (fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq, tovushlar yordamidf eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir.

Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi.

Fikrni ifodalash usuliga kura nutq og’zaki va yozma buladi.

Og’zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida buladi.

O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi.

1.O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin.

2.Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.

3.Nutq aniq bo‘lsin.

4.Nutq til vositalariga bry bo‘lsin.

5.Nutq tushunarli bo‘lsin.

6.Nutq ifodali bo‘lsin.

7.Nutq to‘g’ri bo‘lsin.



Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina, kolmay, uni shakllantirysh kuroli xamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish shprti esa fikrni boyitshv qisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nupqni muvaffakiyatli o‘stirish mumkin. Shuning o‘quvchilar nutqini o‘stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiliy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.

Tafakkur til materiali yordamida nutriy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffakiyatli usadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bulgan so‘zda muhim aloka materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashkoy nutqda fikrlash imkoniga ega buladi.

Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bu bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bulmaydi».

Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lukat sostavini, grammatik kurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni O‘stirish uchun shart-sharoit xozirlaydi. Bilimlar, faktlar, xar xil axborotlar tafakkurning xam, nutqning xam materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat kiladi. Nutqdan o‘quvchining fikriy rivojining asosiy ulchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchining barcha predmetlardan materialni o‘zlashtirishi va umumiy akdiy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga karatiladi.

Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bulmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yo‘zaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning usishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.

O‘quvchilar nutqini o‘stirishning mashgulotning boshqa turlari bilan bog‘liqligi. O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o’quv predmetlaridan utkaziladigan mashgulotlar bilan xam o‘zviy ravishda boglanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar xayoti haqida bilim oladilar; ular ko‘zatishni, uylashni va ko‘rganlari, eshittanlari, o‘qiganlari xasida turri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni turri tuzishnio‘rgatadi.

O‘qish darsi va u bilan bog’liq holda olib boriladigan ko‘zatish, ekskursiya o‘quvchilarga tabiat xodisalari, kishilar xayoti va mexnati haqida, axlok qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud.

Grammatika va turri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar aloxida tovush, burin, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildirgan ko‘pgina so‘zlarni, Shuningdek, tovush, xarf, burin, asos, so‘z, so‘z yasoichi, forma yasovchi, qupshmcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, boglovchi, gap, gap bulagi, bosh bulak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar.

Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi.

Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va terminlar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar.

O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtda ko‘rgan predmetlarini o‘qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurni ustiradi.

Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya, ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashkari mashgulotlar xam o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga imkon beradi.

O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashkari mashrulotlarda faqat orfoepik talaffo‘z va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, Shuningdek, xar doim o‘quvchi daftariga barcha xujjatlarga xusnixat va imlo koi dala riga rioya qilgan holda yozishi zarur.


Download 44,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish