Bog‘lanishli nutq. Og‘zaki qayta hikoya qilish va yozma bayon. Ma’ruza rejasi - 1. Og‘zaki va yozma qayta hikoyalash qo‘yiladigan talablar.
- 2. To‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash va bayon.
- Tayanch atamalar: gap, gap ustida ishlash,gap bo’laklari, sintaksis, so’z birikmasi, morfologiya, gapning bosh bo‘laklari, og’zaki va yozma nutq, qayta hikoyalash, tanlab hikoyalash, qisqartirib qayta hikoyalash, ijodiy qayta hikoyalash, bayon.
1.Orfografik mashq turlarini ayting. 2. Bayon yozma ishning qanday turi? 3. Nutq o‘stirishda bayonning ahamiyati qanday? 4.Boshlang‘ich sinf ona tili dasturi talablariga ko‘ra bayon qachon o‘tkaziladi? 5.Bayon yozishga o‘quvchilar qaysi metodlarda o‘rgatiladi?
o‘qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng yozma qayta hikoyalash
BAYON
matn ustida ishlash
o‘qilgan matn yuzasidan savollarga javob berish
reja tuzish va reja asosida og‘zaki qayta hikoyalash
O‘qish darslarida bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Bayon matni asta-sekin murakkablashtira boriladi:
avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi matn tanlanadi
unga yana lavhalar, tasvir elementlari kiritila boriladi
qatnashuvchilar soni orttiriladi
muhokama elementlari ham qo‘shiladi
Keyinroq shaxsini o‘zgartirib bayon yozishga o‘tiladi
Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturiga ko‘ra bayon yozish
2-sinfda katta bo‘lmagan (30-40 so‘zli) matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida so‘roqlar asosida bayon yozish
3-sinfda 40-60 so‘zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo‘lib tuzilgan 3-5 ta reja asosida bayon yozish
4-sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida 70-90 so‘zli bayon yozish
Bayon
Bayon shakliga ko‘ra
Og‘zaki bayon
Yozma bayon
O‘tkazilish maqsadiga ko‘ra
Ta’limiy bayon
Tekshiruv bayoni
Bayon janriga ko‘ra
Hikoya bayon
Tasvir elementli bayon
Muhokama elementli bayon
Bayonning ahamiyati:
bolalarda adabiy nutq shakllanadi
nutq madaniyati egallanadi
tilga sezgirligi oshadi
badiiy uslub singdiriladi
savodxonligi oshadi
Og‘zaki va yozma qayta hikoyalashga qo‘yiladigan talablar
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida o‘quvchilar ogohlantiriladi:
2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma-xil ishlar, qayta hikoyalashda zarur bo‘lgan so‘z, nutq oborotlari va gaplarni ajratish va aniqlash.
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali o‘qishni puxtalash.
4. Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga bo‘lish, har bir qismga sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga mo‘ljallangan rejani tuzish. 4. Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga bo‘lish, har bir qismga sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga mo‘ljallangan rejani tuzish. 6. O‘quvchilarning hayotiga bog‘lash (o‘rni bilan), ya’ni o‘qilgan matn mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilarning shaxsiy tajribasida uchraydigan va uchragan analogik holatga e’tibor berish. To‘liq yoki matnga yaqinlashtirib qayta hikoyalash va bayon Qayta hikoya qilish va bayonning bu turi boshqa turlariga nisbatan boshlang‘ich sinflarda ko‘p o‘tkaziladi, chunki bu o‘qilgan matnni butun detallari va bog‘lanishlari bilan bolalar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning mazmuni va tilini o‘zlashtirish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. To‘liq hikoya qilish uchun dastlab aniq syujetli, hikoya uslubida yozilgan matn tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat tasviri, kishilar va boshqa predmetlarning tashqi ko‘rinishi tasviri) va muhokama elementlarini kiritishni o‘rganadilar. Savol va topshiriqlar: - Bayon nima? Uning qanday turlari bor ?
- Bayon uchun 2-sinfda nechta so‘zdan iborat bo‘lgan matn tanlanadi? Darslikda bayon yozish uchun berilgan mashqni tahlil qiling.
- 3-sinfda bayon uchun nechta so‘zdan iborat bo‘lgan matn tanlanadi? Darslikdagi bayon yozish uchun berilgan mashqlarni tahlil qiling.
- 4-sinfda bayon uchun nechta so‘zdan iborat bo‘lgan matn tanlanadi? Darslikdagi bayon yozish uchun berilgan mashqlarni tahlil qiling.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |