Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/48
Sana02.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#311552
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
fununu-l-baloga asarida badiiy sanatlar (1)

AL-MURABBA‟

  san‘ati.  Murabba‘  so‗zining  asl  ma‘nosi  geometrik  shakl 

kvadratga  to‗g‗ri  keladi.  Zamonaviy  she‘rshunoslikda  murabba‘  deganda  4 

misradan iborat she‘r tushuniladi. ―Murabba‘ (arabcha ―to‗rtlik‖ degani) har bandi 

                                                           

17

 O‘sha asar, 120-bet. 



18

 O‘sha asar, 120-bet. 

19

 O‘sha asar, 120-bet. 




 

 

 



16 

 

to‗rt misradan tashkil topgan sheriy shaklning nomi sanaladi‖



20

.  Bu  badiiy  san‘at 

emas, balki she‘r turlaridan biridir. Ammo mumtoz poetikada murabba‘  mustaqil 

badiiy  tasvir  vositasi  hisoblangan.  Xususan,  Atoulloh  Husayniy  risolasida 

murabba‘ga shunday ta‘rif beriladi: ―Murabba andin iboratturkim, to‗rt misra yoki 

to‗rt  bayt  aytilur,  yozilganda  ham  bo‗yiga,  ham  eniga  o‗qisa  bo‗lur‖

21

.  Ta‘rifdan 



anglashiladiki,  murabba‘  muvashshahga  biroz  o‗xshash  yoki  uning  bir  turidek. 

Adabiyotshunos A. Rustamov Shamsiddin Qays Roziyning ―Al-mo‗‘jam‖ asaridan 

shunga  yaqin  dalil  keltiradi:  ―Shams-i  Qays  murabba‘  va  aning  o‗xshashlarin 

muvashshahqa kiritiptur va deptur: (uldurkim) katak shaklig‗a andoq solurlarkim, 

ani  ham  bo‗yig‗a,  ham  enig‗a  o‗qusa  bo‗lur.  Ani  muzalla‘  derlar‖

22

.  Murabba‘ 



―Funun  ul-balog‗a‖  da  ham  alohida  lafziy  san‘at  sifatida  berilgan.  Muallif  izohi: 

―Al-murabba‘  aningtek  bo‗lurkim,  ham  uzuni  birla  o‗qurlar,  ham  pinhoniy  birla 

o‗qurlar. Misoli Unsuriy aytur: 

Tekorur / ko‗ngulga / agarchi / jafongiz, 

Ko‗ngulga / jafongiz / ko‗runmas  / vafodur. 

Agarchi / ko‗runmas, / valekin / raqibing,  

Jafongiz / vafodur, / raqibing / balodur. 

Misoli digar. Rashididdin Vatvot aytur: 

Az furqati / on dilbar / man doim / bemoram,  

On dilbar / k-az ishqash / bo dardam / pindoram. 

Man doim / bo dardam / bas munis / be yoram, 

                                                           

20

 Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat lug‘ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008. – B. 59 



21

 Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B. 

107 

22

 Husayniy Atoulloh. Badoe’u-s-sanoe’. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B. 



107 


 

 

 



17 

 

Bemoram / bedoram / be yoram / g‗am doram‖



23

Vatvotning bu go‗zal to‗rtligi mashhur bo‗lib, ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖ risolasida ham 



murabba‘  san‘atiga  xuddi  shu  she‘r  misol  qilib  keltirilgan.  Mazkur  san‘at  XIX 

asrda Ogahiy qo‗llagan ―musoviyat tarafayn‖ga ham juda o‗xshash.  




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish