AL-INTIBOH
san‘ati. Bu ma‘naviy san‘at tanbeh mazmunida bo‗lib, uni ―tanbeh‖
san‘ati desa ham bo‗ladi. Al-intiboh ―Funun ul-balog‗a‖ga zamondosh risolalarda
ham deyarli uchramaydi. Jumladan, Atoulloh Husayniy risolasida intiboh haqida
ma‘lumot berilmagan. Muallif izohi: ―Bu san‘at aningtek bo‗lurkim, mamduhni yo
mahbubni yo nosihni yo voizni yo zohidni yo o‗zga kishini nasihat tariqasi birla
tanbeh qilurlar‖. Muallif o‗z baytidan keltiradi:
―Hazar qil xasta dillar nolasidin,
Ki kuyganlar damida bir asar bor‖
37
.
Bu go‗yo didaktik ruhda, didaktik mazvuda bayt bitishdir. ―Misoli digar. Atoyi
aytur:
Ayo zolim, qiyomat bo‗lmag‗aymu?
Sening zulmungni mendin so‗rmag‗aymu?‖
38
Xarakterlisi shundaki, intibohda aksariyat holatda tanbeh bevafo yorga qarata
uning hajrida kuygan oshiq tilidan aytiladi. Atoyi baytida xuddi shunday mazmun
anglashilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |