Nurmuhammedov shahbozbek



Download 233,38 Kb.
bet55/63
Sana04.08.2021
Hajmi233,38 Kb.
#137718
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
Bog'liq
NURMUHAMMEDOV JAHON IQTISODIY IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Janubiy Osiyo davlatlari

 



Nomi

Poytaxti

Tili

Valyutasi

Maydoni

Aholisi

1.       

Bangladesh

Dakka

Bengal

Taka (BDT)

144 000 км І

162 221 000

2.       

Butan

Tximpxu

Dzong-ke va ingliz

Ngultrum (BTN) и hind rupiyasi (INR)

47 000 км І

697 000

3.       

Hindiston

Nyu-Dehli

Xindu va ingliz

Hind rupiyasi (INR)

3 287 590 км І

1 217 831 000

4.       

Maldiv

Male

Divexi

Rufiya (MVR)

298 кмІ

309 000

5.       

Nepal

Katmandu

Nepali

Nepal rupiyasi (NPR)

140 800 км І

29 331 000

6.       

Pokiston

Islomobod

Urdu va ingliz

Pokiston rupiyasi (PKR)

803 940 км І

173 949 000

7.       

Shri-Lanka

Shri-Jayavardenepura-Kotte (rasmiy.)
Kolombo (fakt.)

Singal и tamil

Shri-Lanka rupiyasi(LKR)

65 610 км І

20 238 000































 

Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga cho’zilgan. Shimolda Himolay tog’lari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qo’ltig'i bilan o’ralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qo’ltig’idagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. kmІ. Aholisi 1 mlrd. 324 mln. kishi (2016). Poytaxti — Dehli shahri Ma’muriy jihatdan 28 shtat va 7 ittifoq hududga bo’linadi.

 Hindiston—federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950 yil 26 yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik o’zgartishlar kiritilgan. Davlat boshligi - prezident (2002 yildan A.P.J. Abdul Kalam). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari a’zolaridan iborat saylovchilar hay’ati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata — Shtatlar kepgashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dan borat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Hindiston qirg’oqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston ya.o. va Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum tog’larining bir qismini o’z ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitog’lik. Hindiston ya.o.ning deyarli hammasini Dekan yassitog’ligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindis-tom ya.o. shimolida allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland tog’ tizmasi — Himolay (Hindistonda balandligi 8126 m, Nangaparbat tog’i) va Qoraqurum tog’lari H.ni shim.dan to’sib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardap toshko’mir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qo’rg’o-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shim.da tropik mus-sonli iqlim. Iyun — okt.da issiq va nam, noyabr— fevralda quruq, salqin, mart — mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yog’inning 70—90% yog’adi. Yillik yog’in G’arbiy Gat va Himolay tog’larining shamolga ro’para yom bag’irlarida 5000– 6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryog’in joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston ya.o.ning markaziy qismida 300–500 mm. Yanv.ning o’rtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shim.da), 27° (jan. da), may oyiniki hamma joyda 28— 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Tog’larda o’rtacha temperatura yanvarda — G, —8°, iyulda 18—23°. Asosiy daryolari: Gang, irmog’i Jamna, Hind (g’oqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomg’irlari davrida toshadi), sug’orishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitog’ligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz bo’yi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay tog’lari yom bag’rida tog’-jigar rang , sariq, tog’ qo’ng’ir-o’rmon. podzol, tog’-o’tloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. O’simliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% o’rmon. Himolay tog’larinish quyi yon bag’irlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqarag’ay o’sadi. G’arbiy Gat tog’lari yon bag’ri, Gang va Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay tog’ oldi doim yashil o’rmonlardan iborat. H.da o’simliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud bo’lgan barcha o’simlikning yarmidan ko’pini uchratish mumkin.



Hindiston — dunyoda eng ko’p millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda so’zlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida so’zlashuvchi xalqlar — hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shim. va shim.-sharqida tibetbirma tillarida so’zlashuvchi xalqlar yashaydi.[2] Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari. Aholining ko’pchiligi (73%) hinduiylik diniga e’tiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.

Hindiston-agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan o’nta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat ko’rsatish tarmog’i 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti ko’p ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi o’rin egallaydi.

Qishloq xo’jaligida mayda dehqon xo’jaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer xo’jaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Qishloq xo’jaligi maydonining 20% sug’oriladi. Mamlakatda aholi soni ko’p bo’lishiga qaramay, uning qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji to’liq qondirilibgina qolmay, ko’p qismini eksport ham qiladi. Qishloq xo’jaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari — sholi, bug’doy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli o’simliklar. Hindiston shakarqamish, yer yong’oq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajo’xori, tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va h.k.) yetishtiriladi. Hindistonda kokos palmasi, banan, sit-rus va boshqa mevali daraxtlar ham o’stiriladi. Chorvachiligida qoramol, qo’y, echki, cho’chqa, yilqi, tuya, par-randa boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. O’rmon xo’jaligida qimmat-baho yog’och tayyorlanadi.

Sanoatida marganets, slyuda (dunyoda oldingi o’rinlardan birida), toshko’mir, titan, temir rudasi, oltin, tabiiy gaz, xromit, neft, boksit va boshqa qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: to’qimachilik (aso-san, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, se-ment, qog’oz, shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yo’nalishidagi korxonalarning yarmidan ko’pi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish bo’yicha yetakchi o’rinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi.

Transportida temir yo’l transporti muhim rol o’ynaydi. transport yo’lilar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yo’llari uz. 3 mln. km dan ortiq. 1984 yil Kalkutta shahrida met-ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yo’llari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yo’llari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning ko’p shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yo’llari orqali bog’langan. Asosiy aeroportlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud.

Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol mollari va boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Hindiston rupiyasi.



Mamlakatda sog’liqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qo’llaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy o’quv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, o’rta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda ko’plab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va boshqa.


Download 233,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish