1. Singapur Respublikasi
Singapur Respublikasi- Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat maydoni 622 km2 . U bir paytning o’zida ham davlat daryo, orol va poytaxt nomidir. Singapur Respublikasi Singapur oroli va unga tutash mayda orollar hamda Malakka yarim orolininng janubida joylashgan. Maydoni 640 km2 Poytaxti- Singapur.
Singapur oroli Marakka yarim orolidan Joxor bo’g’ozi, Sumatra orolidan Singapur bo’g’rozi orqali ajrab turadi. Sohillari past tekislik bo’lib bir muncha botqoqlashgan. Janubi-g’arbiy sohillarida marjon riflari bor. Relefon tekislikdan iborat bo’lib, balandligi 176 mgacha. Maydonning ayrim joylari botqoqlashgan va tropik o’rmonlar bilan qoplangan. qirg’oq bo’ylab chegara uzunligi 193 km.
Iqlimi- mussonli, ekvatorial. Yillik o’rtacha temperatura -260 bo’lib yanvarning o’rtacha temperaturasi 26,20, iyulniki 27,40 tashkil etadi. Yong’in miqdori 2500 mm ga yaqin. Singapurda yong’inlar mavsumi ikkiga bo’linadi. Ular may va oktabr - noyabr mavsumlaridir. Iqlimi o’rtacha sernam bo’lganligi uchun bu yerga kelgan turistlarga o’zlari bilan birga tabiiy toladan tikilgan kiyimlarni olib yurishlari tavsiya etiladi.
Singapur davlati ham yangi industrial davlatlar qatoriga kiradi. Uning vujudga kelish tarixi uzoq davrga borib taqaladi. 1819- yili ingliz Tolas Reflz bu hudularni sulton Joqordan sotib olib Singapur shahriga asos solgan. Shundan so’ng Singapur Britaniya mustamlakachilik siyosatining asosiy tayanch nuqtalaridan biriga aylandi. II- jahon urushi yillarida mamlakat yapon bosqinchilari tomonidan bosib olindi. Urushdan so’ng Singapur Britaniya mustamlakasi bo’lib qolaverdi. 1959 -yil muxtoriyat huquqini oldi. 1965- yil avgust oyida Singapur o’zini mustaqil Respublika deb e’lon qildi.
Singapur aholisi 5.607 000 kishini tashkil etadi. Jami aholining 75 % ni Xitoylik, 15% ni Malaziyaliklar, 10% ni esa boshqa xalqaro millat vakillari tashkil etadi. Bu yerda xitoy –Malaziyaliklardan tug’ilgan bolani «peranakan»deb atashadi.[2]
Davlat tili - ingliz, Xitoy (Mandorin lahjasi), malay,tamil. O’rtacha umr ko’rish erkaklarda 73 yosh, ayollarda 79 yosh. Turli millat vakillari yashaganligi uchun ham bu yerda aholi turli dinlarga e’tiqol qiladi. Dini-budaviylik (30%), Xristianlik (20%), islom (18%), konfutsiylik (15%), induizm va taoizm. Aholi zichligi har 1 km kv ga 6591 kishini tashkil etadi. Singapurda urbanizatsiya darajasi yuqori bo’lib, 80% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi.
Singapur iqtisodi ingiliz mustamlakatchilik hukmronligi ostida shakllangan. Singapur Xind okeani bilan Tinch okeani birlishuvida ya’ni muhim dengiz va havo yo’lida joylashganligi tufayli iqitsodi asosan savdo va tarnsport tarmoqlari taraqqiy etgan.
Iqtisodning negizi yirik port xo’jaligi, xom -ashyo tovarlarini eksport qilish va ularni dastlabki ishlash sanoati tashkil etadi.
Singapur siyosiy mustaqillikka erishgan, 1960-1970 yillarda davlat yangi sa’noat tarmoqlarini rivojlantirish va tashqi savdo aloqalarini kengaytirsh haqida bir qator choralar ko’rdi. Yalpi ichki mahsuloti sa’noat 21 % ni, qurilish 6,7 %ni savdo 27,1 % maishiy xizmat 6,2 turizm 5,8 % tashkil etadi.
Sa’noatning yangi tarmoqlari dengiz kemasozligi va bank ishlari, chet el manapoliyalari nozorati ostida. Sa’noat tarmoqlari chetdan keltirilgan xom- ashyo va yarim fabrikatlarni ishlab, mahsulotni chetga chiqaradi. Juran va boshqa joylarda yangi sanoat komplekslari tashkil topgan. Neftni qayta ishlash, elektron va elektron texnika, optik mexanika sa’noati, kemasozlik va kema remonti, har xil sa’noat asbob uskunalarini ishlab chiqarish sanoati muhim ahamiyatga ega.
Singapur qishloq xo’jaligida maydonining atiga 25 ga yaqinni ishlatiladi. 8 % o’rmonlar bilan band. Kauchuk, Kakos, palmalari, tamaki, ziravor va sabzavot ekiladi. Cho’chqachilik, parandachilik, baliqchilik rivojlangan.
Chetga asosan kauchuk ,o’simlik moyi chiqariladi. Tovar aborotining 43 qismi tranzit aperattsiyalariga to’g’ri keladi. Singapurda transport tarmoqlari ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Respublikada temir yo’llar uzunligi 38 km, avtomabil yo’llari uzunligi esa 2597 km ni tashkil qiladi. Mamlakatda 150 mingdan ortiq yengil, 40 mingdan ko’proq yuk mashinalari qolaversa, dengiz flotida 500 savdo kemasi bor.
Singapur aeroportida va dengiz porti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik aeroportlaridan biri Changi aeroportidir.
Bu yerda markazga avtobusda 20 minutlik yo’l yurishadi. Agar taksida ketilsa 10 minutlik yo’l. Avtobus yo’nalishlarini ko’rsatuvchi kitobchalar kitob magazinlarida va har bir bekatning oxzirida sotiladi. Yo’llar ozoda saqlashga katta e’tiborni berilgan bo’lib, metrolar va poezd vagonlari toza saqlanadi. Hozirda trolleybus qatnovi ham yo’lga qo’yilgan bo’lib turistlar qatnovi uchun ancha qulay hisoblanadi.
2. Gonkong
Gonkong – Janubi –sharqiy Osiyoda janubiy Xitoy dengiz sohilida joylashgan maydoni 1075 km2 tashkil etadi.Axolisi 7,347 ming kishi(2016 y) Tabiiy geografik o’rni qulay bo’lib, dengiz va okeanga bemalol chiqa oladi. Gonkongning qirg’oqlari ko’pgina qo’ltiq va qo’ltiqchalar bilan parchalangan. Sohil yaqinida mayda qoyali orollar ko’p. Yer yuzasi asosan tog’liklardan iborat. Eng baland joyi 939 metr.
Iqlim subtropik, musson. Yanvarning o’rtacha harorati 150-160 C, iyul oyiniki esa 250-270 C ni tashkil etadi. Dengiz va okeanga chegaradosh bo’lgani uchun yog’in miqdori ko’p. Yillik yog’in miqdori o’rtacha 2000 mm ni tashkil qiladi. Ba’zi joylarda undan ham ko’p. Mamlakat hududi doimiy yashil tropik o’rmonlar bor.
Yana bir Osiyodagi industrial davlatlar hisoblangan Gonkong rivojlanish tarixi ham o’ziga xos. Gonkong 1842 -yilgi Nankin shartnomasiga ko’ra Xitoy tomnidan Buyuk Britaniyaga berilgan. Inglizlar Gonkongni yirik savdo portiga aylantirishdi. Natijada 1898-1899- yillarda Britaniya Xitoydan 99 yil muddatga ijaraga olgan. Hududlarini ham Gonkonga qo’shdi. 1941 - yil Gonkong yaponlar tomonidan bosib olindi. Lekin II chi jahon urushida Yaponiyaning mag’lubiyatidan so’ng u yana Buyuk Britaniya nazoratiga o’tdi. 1997 -yil Xitoyning maxsus hududi sifatida Xitoy davlati tarkibiga kirgan. Bunga ko’ra Xitoy Gonkongda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy tuzumni 50 - yilgacha o’zgartirmaslik majburiyatini olgan.
Umumiy maydoni 1 075 km kv ni tashkil qiladi. 1997- yildan boshlab Buyuk Britaniya nazoratidan Xitoy hududiga o’tdi. 1984- yil Xitoy va Buyuk Britaniya o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Xitoy tarkibidagi maxsus hudud statusini olgan. Gonkongda mavjud 1950-yildan boshlagan sanoat ishlab chiqarishning tez o’sishiga Gonkong Shanxaydan tadbirkorlik va sanoatchilarning ko’chib kelishi sabab bo’lgan. Sanoat seki nasta TSugn-Van va Tugn-Munda ham rivojlandi. 1997- yilda «Hong-Kong Industrial Estates Corporation» tashkil topdi va u o’z oldiga rivojlantirish va boshqarish vazifasini qo’ydi. Gonkongda 50 mingga yaqin fabrika va zavodlar, taxminan 250 ta bank muassasalari bor.
So’ngi yillarga kelib sanoat sektorlari o’z mavqeini xizmat ko’rsatish tarmog’iga qo’yildi.
Sanoatning asosiy tarmog’i gazmol va kiyim bosh ishlab chiqarish, bu mahsulotlar eksportining 30 % ni tashkil qiladi. Elektronika ishlab chiqarish ikkinchi o’rinda turadi. Og’ir sanoatning – kemasozlik, samalyotsozlik, texnik xizmat ham ishlab turibdi.
Gankong to’qimachilik, kiyim bosh, elektr asboblari, sanoat va o’yinchoqlarning ishlab chiqaradi.
1980 yillarda Gonkong tovarlari g’atb tovarlarining sifati past bo’lgan bo’lsa, hozirda texnalogiya darajasi va sifat nazoratining yuqori darajali raqobatdish mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda .
Iqtisodning katta qismi moliyaviy operatsiyalar bilan bog’langan. U yerada bank faoliyati, qimmatboho qog’ozlar operatsiyasi va sug’urtalash rivojlangan. 1969- yildan boshlab Gonkong makonidagi moliyaviy ishlar markaziga aylandi. Gonkong Singapur bilan jahon moliya saltanatini to’rtinchi va beshinchi o’rinlarini bilib olishgan. Gonkongda yirik fond birjasi ish olib boradi. Jahondagi eng yirik – ko’p millardli oltin bozorni katta qismi «Chinese Cold» va «Silver Exchange Society» boshqardi.[3]
Moliya ishlarida Davlat nazorati yo’qligi , erkin ish ijro xokimiyati gubernator va uning hukumatiga tegishli. Asosiy siyosiy partiyalari Syangan Leyboristlar partiyasi, O’z-o’zini boshqarish Demokratik partiyasi,Gonkong sotsiallar demokratik parityachsi, kasaba soyuz birlashmalari: Gonkokng kasaba soyuzlari federatsiyasi, Gonkong va TSzyulun kasaba soyuzlari kengash.
Gonkong aholisi 7,188000 kishini tashkil qiladi (2013). Aholisining 90% xitoyliklardan iborat, inglizlar (20ming atrofida). Aholining ko’pligi mahalliy dinlarga sig’inadi,10% aholisi xristianlar. Aholining ko’pligi Guangjoudan ko’chib o’tgan xontoygonkonglar, 10%dan hozirgi Shanxay va Tayvandan ko’chib o’tgan xitoyliklar. Til oilasi- Sin-Tibet til oilasidir.
Gonkong –jahonning eng katta turistik bazasi,1990- yildan boshlab har yili shaharda 10 mlndan ortiq turistlar tashrif buyurishadi.
Mehnatga layoqatli aholining tahminan 4% qishloq ho’jaligida band. Asosan sabzavot va sholi yetishtiriladi. Boqdorchilik, parrandachilik, cho’chqachilik, baliqchilik rivojlangan. Tabiiy imkoniyatlari cheklanganligi sababli Gonkong iqtisodiyoti va aholisininng xom ashyoga ,oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlari mahalliy imkoniyatlar hisobidan qondiradi. Chunki huduning 8 %dehqonchilik uchun yaroqli hisoblanadi. Ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yo’q.
Gonkong hududining – 2 % da sun’iy ravishda baliq boqiladi.
1950- yildan boshlab Gonkong qishloq xo’jaligiga ajratilagn yerining 1|3 qismini yo’qotdi. qishloq ho’jaligi mavsumi 1 yilga cho’zildi. qishloq xo’jaligida sholikorlik yetanchilik qilardi, biroq sekin- asta uning o’rnini sabzavotchilik va biliq ovlash egallab oldi.
Meva, gullar, kartoshka, taro, shakarqamish katta hajmda yetishtirildi. qirqoq suvlarida baliq ovlash Janubiying katta qismi sharqning Yangi maydonida ishlaydi.
Baliqni sun’iy urchitish va boqish keng tarqqiy etgan. Shaharda asosan avtobuslarda foydalaniladi. Avtobuslar yo’lovchilarni 50 % ni tashiydi.
Velektoriya rayonida eng qadimgi transport vositasi arqon yo’lda tog’li rayon markaziy kvartalar bilan bog’lanib turadi.
Xalqaro aeroport 1998 -yilgacha Kay-Takda joylashgan edi. Hozirgi Yangi aeroportni Biritaniyalik arxitektor Normann Fosfor loyihasi asosida Chen Lan Kon orolida qurildi.
Aeroport maydoni 54 gektar va yirik yopiq binosi bor. Gonkong porti Kay Chungda joylashgan
Bu port yirik konteyner porti hisoblanadi.
Elektorlashtirilgan temir yo’llar kounlun rayoni Guanjou shahri bilan bog’lab turadi. Gonkong boyrog’i ostida 43 tamamlakat kemalari suzadi. 16 ta Angliya,3 ta Kanada,2 ta Bermud, 1tadan Kipr, Belgiya va Norvegiya.Har kuni Gonkong portiga o’rtacha 300ga yaqin okean va daryo kemalar kiradi.
4-Tayvan.
Tayvan Osiyo materigining Janubi-sharqiy qismida joylashgan orol maydoni 36002 km2 uni janubdan janubiy Xitoy dengizi, SHraqdan Tayvan bo’g’ozi. Tinch okeani suvlari o’rab turadi.
Qirg’oq chizig’ining uzunligi 1448 km. Eng baland nuqtasi Yuyshan 3997 metr. G`arbida katta tekislik mavjud. Orolda Lussonli yumshoq iqlimi hukmron bo’lib, yoki issiq 25-300, qish esa biroz iliq, o’rtacha harorat -18gacha boradi. Tekislikdagi yong’in miqdori 500mmgacha kuzatiladi.
Tayvnda toshko’mir, tabiiy gaz, temir rudalari, marganets, volfram, poli metal rudalari va osh tuzi konlari bor.
Tayvan davlati ham yuqorida aytlgan davlatlarga o’xshab Osiyoning Yangi industirial davlatlari qatoriga kiradi. Tayvan 1590 yilda Portugallar tomonidan egallanadi. Portugallar orolga Formaza (ajlyib) deb nom berishadi. 1683 yili Xitoy imperiyasi tirkibiga kirgan. 1895 yilda orol yaponlarga qaram bo’lgan. 1949 yili Xitoy nqilobidan so’ng Chan Kayshi boshliq hukumat orolga qochadi, va Chan Kayshi umrining oxirigacha (1975 y) Tayvan Republikasi prezidenti bo’ladi.1955 -yilda Tayvan bilan o’zaro xavsizlik to’g’risida shartnoma imzolaydi.
Konstitutsiyaga ko’ra Tayvan republika hisoblanadi.Tayvanning Xitoydan mustaqil ekanligini jahon ham jamiyati tan olmagan. Ijro etuvchi hokimiyati prezident (davlat boshlig’i) va yuan (palata) Bosh Vazirga tegishli. qonun chiqaruvchi oliy organi Milliy majlis (qonun chiqaruvchi yuan). Siyosiy partiyalari: Golein, Demokratik progressiv partiya, Yangi partiya, Ishchi partiyasi, Sotsial-demokratik partiya.
Tayvanning aholisi 68,86 mln kishini tashkil qiladi. Tausyunda 1,4 mln,Taychjyun 748 ming, Tayvanda 150ming aholi yashaydi. Eng ko’p tarqalgan din bu buddizm 4,9 mln kishi e’tiqod qiladi. Daosizga 3,64 mln, Yangi diniy oqimlarga bir mlndan ortiq, protestantlarga 374 ming kishi, katoliklar 296 ming kishi, islom diniga 52 ming kishi e’tiqod qiladi.
Asosiy sanoat tarmoqlari: to’qimachilik, radioelektronika, kemasozlik, oziq-ovqat, tsement, o’rmon - yog’ochsozlik, po’lat eritish, kempyuter, elektron uy ro’zg’or apparaturalari, kiyim kechak,poyabzal, sport yaxtalari ishlab chiqarish yetakchi o’rinni egallaydi. 1994 yilda YaMM 257 mlrd (aholi jon boshiga 12070)doll.ni tashkil etdi.
Elektr energiya olishning asosiysi IESlarga to’g’ri keladi.Qishloq xo’jalagida yiliga 2-3martadan sholi hosil olinadi, shu sababli hudud sholi yetishtirishga ixtisoslashgan.[4]
Bulardan tashqari yana shakar qamish, arakes, tseyrus mevlari, tropik va subtrolik ekinlari ham yetishtiriladi. qishloq xo’jaligida haydaladigan yerlar umumiy maydonining 24 %ni tashkil etadi. Bundan tashqari yana yaaylovlar, o’rmonlar, butazorlar, markaziy va sharqiy qismida keng tarqalgan.
Yog’ochnni qayta ishlash sanoatida qog’oz tsellyuloza va yog’och mahsulotlari olish asosiy o’rinda turadi. YaMMning 4%dan ortiqrog’i qishloq
xo’jaligi ekinlaridan sholi, mevalar va baliqchilik beradi.
Tayvanda temir yo’l transporti, avtomabil transporti, havo transporti rivojlangan. Temir yo’l tarnsporti magistral lenealari g’arbiy temir yo’l Szilundan tayvanning xududi bilan Gaosyul janubigacha uzun masofaga cho’zilgan.
4ta yirik yer osti temir so’llari bor. Oroldagi zamonaviy temir yo’l tizimi Tayvanyo’lovchilari uchun qulayliklar tug’diradi. Oroldagi temir yo’l katta-katta shaharlarga bog’lagan. 2001- yil dekabr oyida temir yo’l 1600 kmni, avtomabil yo’llari 200kmni tashkil qildi.
Hozirda Osiyodagi Yangi industrial davlatlar qatoriga Indaneziya davlatlarini ham kiritilmoqda.
Malaziya Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Maydoni 332,8 ming km2. Aholisi 22,2 mln kishi. Ma’muriy jihatdan 13 ta shtatva 2ta federal hududga bo’linadi. Aholisining 54 % malayyaliklar, 34 % xitoyliklar, 10 % hindlar. Tili – Malaziya tili. Dini – islom. SHahar aholisi 43 % ni tashkil qiladi.
Xo’jaligi industrial – agrar mamlakat. Mamlakatning eng muhim sanoat tarmog’i kauchik ishlab chiqarishdir. Bundan tashqarii kakos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot yetishtirish taraqqiy etgan.
Ishlab chiqarish sanoatining asosiy tarmoqlari eletrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati.
Konchilik asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir, mis rudalari va boksit qazib chiqarish. Yiliga 24,8 mlrd kVt soat elektroenergiya hosil qilinadi.
Temir yo’llarining uzunligi 2,2 ming km, avtomobil yo’llarining uzunligi 52,5 ming km. Dengiz savdo Janubiying tonna 2,9 mln tonnani tashkil qiladi.
Yangi industrial davlatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari asosan rivojlangan mamlakatlar bilan bog’liq.
Singapur tashqi savdosida qayta eksport qilish katta o’rin olgan. Eksporti: mashina va asbob uskunalar (tashkiliy texnika, teleradioapparatlar), neft mahsulotlari.
Importi: turli xil xom-ashyo, oziq-ovqat mahsulotlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 24-26 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Singapur Respublikasida bo’ldi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov va Singapur Prezidenti Ram Natanlar uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlarga doir keng ko’lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro miqiyosidagi muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning Singapur Respublikasiga davlat tashrifi o’zaro munosabatlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Tashrif chog’ida iqtisodiyotning ikki tomon uchun ham manfaatli bo’lgan barcha sohalari bo’yicha hamkorlikni qaror toptirish va rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Mulohazalar va biznes-forumning natijalariga to’xtaladigan bo’lsak, ikki mamlakatning idora va kompaniyalarini hamkorlikda iqtisodiyotning qayd etilgan sohalariga doir sarmoyaviy loyihalar ishlab chiqarishga kirishdi. Bu loyihalarning umumiy qiymati 1,6 mlrd dollaridan oshadi.
O’zbekiston bilan 2002 yilda tovar aylanmasi hajmi 13,6 mln dollarni tashkil qildi.
Asosiy savdo hamkorlari: , Malaziya, Yaponiya, O’zbekiston. Gonkongda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qismi eksportga mo’ljallangan. Esporti: kiyim-kechak (33 % dunyoda 2 o’rinda), zargarlik va o’yinchoqlar (11 %, dunyoda 2 o’rinda turadi), elektrotexnika va optika tovarlari, soatlar, gullar. Importi: oziq-ovqat, jihozlar, mashina va mexanizmlar, elektrotexnika.
Turizm rivojlangan. Yiliga 6 mln sayyoh kelib ketadi.
Tayvan hozirgi kunda tashqi savdo bo’yicha 13 o’rinni egallaydi. Eksporti: elektrotexnika tarkibiy qismlari, mebel, to’qimachilik, metallurgiya, kiyim mahsulotlari. Tayvanni dunyoda 29 ta davlat tan olgan. Asosiy savdo sheriklari: , Gonkong, Yaponiya, Xualyan.
1993- yil mart oyidan boshlab O’zbekistont bilan hamkorlik qilmoqda.
Natijada ikkila mamlakat o’rtasida tovar ayriboshlashga kirishildi. 1999- yilda tovar aylanmasi 4,9 mln dollarini tashkil qildi.
O’zbekistonda Malaziyalik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan 10 ta qo’shma korxona mavjud. «Otel O’zbekiston», «O’z Mal OYL» (neft konlarini topish), «O’z Makom» (telefon xizmati), «O’zbekimizning Interneyshnl» (kichik va o’rta biznesni moliyaviy qo’llab quvatlash) ularning yilliklaridir. Asosiy savdo hamkorlarining – Yaponiya, Singapur,Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan. O’zbekiston.
Indaneziya Respublikasi chetga suyultirilgan tabiiy gazni chiqarishda dunyoda birinchi o’rinda turadi (yiliga 90 mlrddan ko’proq gaz qazib oladi). Neftni ham chetga chiqaradi.
O’zbekiston bilan Indoneziya o’rtasidaga tovar aylanmasi 2000 yilda 361,8 ming dollarini tashkil qildi.
Idoneziyaning «LT Bakri Kommunikeyshn Korpareyshn» kompaniyasi bilan O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi barpo etilgan. «O’ztelekominterneyshnl» qo’shma korxonasi Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqandda o’z filiallarini ochgan. Bundan tashqarii indonez investlarining sarmoyasi 100 % bo’lgan ikkita korxona tashkil etilgan. Bular «Buztel» va «Bakri Investido» lardir.
Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, , Singapur, Germaniya, O’zbekiston.
Yangi industrial mamlakatlar tez rivojlanmoqda. Buni iqtisodiy ko’rsatkichlardan ko’rish mumkin. Shunday o’sishda davom etsa «Osiyo yo’lbarslari» yoki «Osiyo ajdarholari» o’rnida yangi davlatlar paydo bo’ladi. Vaqtlar kelib bosh rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |