Ma’ruza 12: Germaniya
Reja:
12.1.Germaniya ferderativ respublikasi (GFR) ning umumiy geografik xususiyatlari.
12.2.Tabiiy resurslari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish.
12.3.Davlat tarixi, davlat tuzumi.
12.4.Demografik xususiyatlari va urbanizatsiyasi.
12.5.Xo’jaligining umumiy ta’rifi, unga FTI ning ta’siri.
12.6.Sanoat tarmoqlarining joylashishi va rivojlanishi.
12.7.Qishloq xo’jaligi.
12.8.Transport tarmoqlari.
12.9.Iqtisodiy tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so’z va iboralar:Davlat tarixi, davlat tuzumi, ferderativ respublika, ma’muriy chegara, tabiati, foydali qazilmalari, iqlim sharoiti tuproqlari, flora va faunasi, demografik portlash, urbanizatsiya, yirik shaharlari, sanoat uzellari, sanoat markazlari, proventsiyalari, sanoatning besh tarmog’i, og’ir sanoat, qazlov tarmog’i.
Germaniya Federativ Respublikasi-markaziy Yevropadagi davlat.Shimoliy va Boltiq dengizlari sohilida joylashgan.Maydoni 357 ming km2. Aholisi 82,67 mln.kishi. Poytaxti-Berlin.U bilan 9 mamlakat chegaradosh.Shimolda Daniya, G`arbda Gollandiya, Belgiya, Luksimburg va Frantsiya, Janubida Shvetsariya va Avstraliya, Sharqda Chexiya Respublikasi va Polsha.1990- yil 3- oktabrda Germaniya birlashgandan so’ng uning markazda joylashganligi yanada ko’zga tashlandi.Shimoldan janubga uzunligi 676 km.G`arbdan Sharqqa 640 km cho’zilgan.Chegarasining umumiy uzunligi 3767 km ni tashkil etadi.Shimoliy dengiz sohilida Dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan portlari bor. Reyn daryosi deltasida, Niderlandiyada joylashgan Potterdam portidan ham GFR juda keng foydalaniladi.
GFR 16 yerdan tashkil topgan.Baden-Vyurtemberg, Bovariya, Berlin, Brandenburg, Bremin, Gamburg-Gessen, Meklinburg-Old Pomerani, Post Saksoniya, Shimoliy Rey Vestfaliya, Reynland, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Angalt, Shlezvich-Golshteyn va Pomeraniya.
GFR tabiati benihoya xilma-xildir.Shimoldan janubga tomon mamlakat 5 ta landshaft zonasiga bo’linadi.SHimoliy Germaniya pasttekisligi, o’rtacha balandlikdagi tog’ ostonasi, janubiy-g’arbiy Germaniya burma poydevori o’rta tog’li, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitog’ligi va Bovariya Alp tog’lari.Germaniya tabiiy resurslari (toshko’mir, kaliy va Osh tuzi konlari, ozroq temir rudasi zahiralari) og’ir industriya negizi bo’lmish energetika, ximiya, metallurgiya sanoatlarini, metallurgiya bazasida esa, mashinasozlikning rivojlanishiga imkon berdi.
Iqlimi mo’’tadil, dengiz iqlimi, g’arbda va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidan mo’tadil-kontinental iqlimga o’ta boradi.Yanvarning o’rtacha xarorati pasttekkislikda 1,50 dan tog’larda-60 gacha, qishda sertuman, qor tez erib ketadi.Iyulning o’rtacha harorati pasttekkislikda 180 dan janubiy vodiylarda 200gacha.Yillik yog’in miqdori 600-800 mm.Baland tag’larda yoz salqin, yog’in 1000-2000 mm, Daryolari: El’ba, Reyn, Dunay, Meyn, Vezer, SHire, Mozel, Yirik ko’llari: Boden, Myurin; Tog’larda qoraqayn, dub,oq va qora qarag’ay o’sadi.Bug’u, elik, serna. oxu kabilar yashaydi.Milliy bog’lari Bovariya o’rmoni, Berx-tislanden.
GFR-federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949- yil 23- mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994 yillarda qo’shimchalar kiritilgan. Dalat boshlig’i-federal prezident.U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin.Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (er parlamentlari) tomonidan saylangan a’zolardan iborat. .Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi.Bundesrat esa yer hukumatlari o’z orasida 4 yil muddatga tayinlanadigan vakillardan iborat.Ijromya hokimyat federal kontsler boshchiligida federal hukumat qo’lida. Federal kontsler bundestagda prezidentning taklifiga binoan ko’pchilik ovoz bilan saylanadi.Vazirlar federal kontslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning o’z konstitutsiyasi, parlamenti va xukumati bor.
Germaniyada 82,67 mlndan ortiq aholi yashaydi.(Jumladan 7,2 mln chet elliklar) Aholining zichligi bo’yicha 1 km2 229 kishi to’g’ri keladi.Germaniya Yevropaning aholisi zich joylashgan mamlakatlar qatoriga kiradi.Germaniya hududida aholi notekkis taqsimlangan. Berlinda konsertratsiya katta rayonda birlashgandan keyin aholi soni tez o’sib bormoqda.Hozirda Berlinda 3,5 mln kishi yashaydi. Reyn va Rur sanoat rayonlarida 4 mlndan ortiq kishi yashaydi.u yerda 1 km2 ga taxminan 5,5 ming kishi to’g’ri keladi. Sanoat qurilish aglomiratsiyasining boshqa rayonlari bilan Frankfurt shahri bilan Reyn-Mayn viloyati, Mangeliy va Lyudviskafen shahrilari bilan Reyn-Nikora sanoat regioni, Shtukgart otrofidagi iqtisodiy region, shuningdek Berlin, Drezden, Gamburg, Kelyon, Leypisix, Manyoxin va Nyuberglarga Fyarta iqtisodiy rayonlari hisoblanadi[1].
GFR yuqori darajada rivojlangan industrial davlat.Sanoatda juda yirik manapoliyalar xal qiluvchi ro’l o’ynaydi.Germaniyada sanoat 2 jahon urushidan keyin iqtisodiyotni tiklashda salmoqli hissa qo’shdi.
Nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchi sanoatdir.qo’rg’ir ko’mir (dunyoda 1-o’rinda), toshko’mir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va Osh tuzi qozib olinadi.Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, Kime va neft kimyosi, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik g’oyat rivojlangan.Germaniya sanoati asosan o’rta korxonalardan iborat.Sanoatda band bo’lgan barcha xodimlarning 40 % ga yaqini (3,5 mln) yirik firmalarda ishlaydi.Simench kontsernida 413 ming kishi ishlaydi.Shunga qaramay yirik firmalarning kichik guruhiga sanoatning umumiy oborotini yarimi to’g’ri keladi.
Energetika sanoati 1,1 mln ishchilar soniga ega bo’lib sanoat tarmoqlarining yetakchi guruhiga kiradi.Boshqa muhim tarmoqlardan biri oziq-ovqat sanoatida 60 ming kishi band.To’qimachilik va tikuvchilik sanoatida 355 ming kishi band metallurgiya sanoatida 180 ming kishi band, mexanika va optika tarmoqlariga tegishli o’rtacha korxonalarda 145 ming kishi ishlaydi.
Metallurgiya sanoatida 180 ming kishi ish bilan band.Tog’ kon sanoatida 235 ming kishi band.«Folksvogen», «BMV», «Daymper-Bents» avtomabilsozlik firmalari, «Xyoxst», «Bayer» va «Basor» Kimyo kontsernlari, «Gurkole AG» ko’mir qazib oluvchi firma, «Siments» elektrokontserni, «VEBA» va «PWE» energetik kontsernlar dunyoga mashhur va dunyoning har bir joyida o’z filiallariga ega.
Yo’l transporti vositalarini ishlab chiqarish mamlakat bo’yicha yo’l transporti vositalarini 3 mingga yaqin korxonalari ishlab chiqariladi.Bu eng katta oborotli sanoat tarmoqlaridan biridir.Undagi eng yirik sektor avtomabilsozlik 760 ming ishchilar soniga ega g’arbiy Germaniyaning avtomabil sanoatini tashkil etadi.
Mashinasozlik va kapital qurilishi.Nemis sanoati korxonalar soni eng ko’p bo’lgan tarmoq 6200 korxona eski va 90 ta korxona yangi yerlarda.Tarmoq an’anaviy ravishda o’rtacha korxonalardan tashkil topgan va o’zining texnalogik kuvvati tufayli dunyoda yetakchi o’rin egallagan.Mingdan ortiq kishilar ishlovchi korxonalar 3 % ni tashkil qiladi.Mashinasozlik firmalarining 90 % dan ortig’i ishchilar soni 300 dan kam bo’lgan kichik va o’rta korxonalardan iborat.Bu tarmoq hal etuvchi o’ringa ega chunki u boshqa sanoat tarmoqlari boshqa asbob-uskunalar bilan ta’minlaydi.
Kimyo sanoati.Asosan materiallari va sanoat mollarini ishlab chiqaruvchi sanoatning muhim tarmog’i eng zamonaviy texnika tatqiqot ishlaridagi katta xarajatlar dunyodagi yetakchi ro’lni ta’minlaydi.3 ta yirik Kime firmalari (Beyer, BASF, XYoXST) dunyodagi muhim kontsernlar hisoblanadi.Ulardan tashqarii ko’plab o’rtacha firmalar mavjud.Kimyo sanoatida 665 ming kishi.Shu bilan birga ekspertni 51 % ni tashkil qiladi.
Germaniyaning qishloq xo’jaligi uchun ilgarigidek oilaviy fermer xo’jaliklarga xos: 50 gektarni qayta ishlovchi xo’jaliklar 70 %.G`arbiy Germaniyada chorvachilik asosan mayda xo’jaliklarda rivojlangan.Agrar fabrikalar deb ataluvchilar bundan mustasno.Ser sut sigirlarning 80 % ni 40 bosh molga ega fermerlarda boqilgan cho’chqalarning 80 % ni 600 bosh cho’chqa bor fermerlarda boqiladi. .
Iste’molchilar oziq-ovqat mahsulotlari bilan arzon baholarda ta’minlash oziq-ovqat soxasida Germaniya siyosatining maqsadi sifatida allaqachon kafolatlangan.
O’rmon xo’jaligi Germaniya umumiy yer maydonining 1.3 va 10,7 gektar bilan qoplangan.Renland-Pfalts eng o’rmonli federal yer.U yerning 41 % ni o’rmon.Eng o’rmonga qambag’al yer shahar davlatlarini hisobiga olganda Shlezvich-Golshteyn bu yerda o’rmon bilan maydonini 10 % band.umuman Germaniyada har yili 30-40 mln2 metrli yog’ochtaxtadan tayyorlanadi.Bu esa ichki extiyojning 2/3 qismi qoplaydi.Germaniya yog’och taxta yirik ekspetchi mamlakatlardan biri.
Germaniya baliqchilik sanoatini asosini shimoliy dengiz, Baltika dengizi, g’arbiy Britan va Grelandiya suvlari tashkil etadi.Keyingi 10 yillikda baliqchilik siyosatini huquqiy ramkalari belgilovchi ya’ni umumiy qaror qabul qilindi.
Asosan import tovarga xom-ashyo materiallari, elektro texnik va to’qimachilik tovarlari kiradi.Germaniya va chet el iqtisodiyotini bunday biriktirib ketilishi qaramlikni vijudga keltirdi.Import bo’yicha ham Frantsiya 1 o’rinda turadi, undan keyin Gollandiya, Italiya, Bolgiya va AQSH turadi.Umuman nemis tashqi savdo hajmining 70-75% i Yevropa mamlakatlariga, 10-15% Osiyo-Tinch okeani hududlari, 7%i SHimoliy Amerikaga va 2% dan Afrika vaJanubiy Amerika to’g’ri keladi.
Germaniya iqtisodiyotida hududiy iqtisodiy tafovut ko’zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |