Sanoati. II jahon urushidan so’ng Frantsiya sanoati rivojlandi. Og’ir sanoat ham fan-texnika rivojlanishi bilan tezda rivojlandi.
Energetika sanoati ko’proq o’z xom ashyosi bilan ta’minlanadi. ѕ qism ko’mirni shimoliy ko’mir havzasidan - Lotaringiyadan olinadi. Elektr energiyasining 10,77 foizi ko’mirga, 12,45 foizi TES larga, 76,24 foizi AESlarga, 0,54 foizi boshqalarga to’g’ri keladi. Elektr energiyasi tarmog’ida Suar, Seven, Burgund ko’mir havzalari asosiy hisoblanadi. Energobalansda elektr energiyaga talab 390,254 mln. k/v.
Tog’-kon sanoati ham Frantsiyada yaxshi rivojlangan. Lotaringiya, Tavr, Elzasda tog’-kon sanoati boshqa shaharlarga nisbatan yaxshi rivojlangan.[3]
Metallurgiya sanoati Frantsiyada qora metallurgiya asosan Lotaringiyada bo’lib, po’lat va cho’yanning 2/3 qismini beradi. Shimoliy va sharqiy rayon po’latning 1/5 qismini beradi. Frantsiya Respublikasi yiliga 15 mln. tonnadan ortiq temir rudasi qazib oladi.
Mashinasozlik sanoati 24 foiz eksport mahsulotlarini yetkazib beradi. Transport mashinasozligi elektrotexnika, elektron sanoat, stanoksozlik, qishloq xo’jalik mashinasozligi ishlab chiqarish, ximiya, yengil sanoat texnikasi ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarishda mashinasozlik mavqei 31 foizga o’sdi. Sanoat mashinasozligida umumiy mashinasozlik (12 foiz) va transport (10 foiz) yetakchi. Avtomobilsozlik mamlakatning milliy sanoat tarmog’idir. Ikki yirik kompaniya xususiy «Pejo-Sitroyon» va davlatning «Reno» avtomobilsozlik kompaniyalari dunyo yengil avtomobillarining 4-5 foizni ishlab chiqaradi.
Fransiya G`arbiy Yevropada aviaraketa sanoatida yetakchidir. «Arianspeys» dasturi sun’iy yo’ldoshlar uchirishda yetakchilardan. Uning hissasiga 50 foiz jahon kosmik bozori to’g’ri keladi.
Ximiya sanoati Lotaringiyada va Elzasda, Tavrda, Marselda rivojlangan. Lotaringiyada sodali mahsulotlar, tosh tuzlari havzasi, Elzasda kaliyli o’g’itlar, Tavrda sintetik kauchuk ishlab chiqarish, plastmassalar, sintetik tola ishlab chiqarish rivojlangan.
Engil sanoatda to’qimachilik katta rol o’ynaydi. 2/3 qism mahsulotlarni Markaziy Massiv va boshqa shaharlar beradi. Elzasda paxta, qog’oz ishlab chiqarish sanoati rivojlangan. Lion rayonida sintetik tola asosida shoyi to’qish sanoati rivojlangan.
Oziq-ovqat sanoatida vinochilik, shakar, konserva sanoati tarmoqlari rivojlangan. Sut, go’sht ishlab chiqarish rivojlangan. An’anaviy sanoat tarmoqlari qisqardi. Lekin, g’arb va «yangi industrial davlatlar» mahsulotlari bilan raqobatda yangi tarmoqlar unchalik raqobat qila olmayapti. Oziq-ovqat sanoati 12 foiz ni tashkil qiladi. Fransiya Respublikasi energetika jihozlari ishlab chiqarishda Yaponiyadan so’ng ikkinchi o’rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |