Nurmuhamedova T. U., Xolmonov Sh. Q



Download 5,23 Mb.
bet13/18
Sana16.12.2022
Hajmi5,23 Mb.
#888381
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Nazorat savollari
1. Sinxron D- triggerni tushintirib bering.
2. D-trigger asosida ketma-ket registrni yig‘ib bering.
3. D-trigger asosida parallel registrni yig‘ib bering.


7-laboratoriya ishi
Asinhron ikkilik 4 razryadli hisoblagichni tadqiq etish
Ishdan maqsad.
JK-triggerlarda yig‘ilgan 4 razryadli hisoblagichning qurilish prinsiplarini o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma'lumotlar
Hisoblagich - bu, uning kirishiga berilgan impulslar sonini qayd etuvchi qurilma hisoblanadi. Hisoblagichlarning asosiy ko‘rsatkichlari Mhis qayta hisoblash koeffisienti va tezkorligi hisoblanadi.
Mhisqayta hisoblash koeffisienti yoki hisoblash moduli hisoblagich dastlabki holatga qaytadigan kirish impulslari soniga teng. Hisoblagichning asosi bir necha triggerlardan iborat. Hisoblagich bo‘lib ikkiga teng modul bilan hisoblashni amalga oshiradigan oddiy T-trigger xizmat qilishi mumkin. Agar T-triggerlarni ketma-ket zanjirga birlashtirilsa Mhis = 2n hisoblash modulli hisoblagichni olish mumkin, bu erda n-zanjirdagi T-triggerlar soni. Bunday hisoblagichlar ikkilangan hisoblagichlar deyiladi.

7.1-rasm. T-trigger asosidagi to‘rt razryadli ketma-ket qo‘shuvchi hisoblagich sxemasi


Mhis=23=8 qayta hisoblash koeffisientli kirish impulslarini qo‘shish va hisoblashni amalga oshiradigan T-triggerlardagi uch razryadli hisoblagichning funksional sxemasi 7.1-rasmda keltirilgan.
Hisoblash boshlanishidan oldin barcha triggerlar dastlabki holatga o‘rnatilishi kerak (Q1= Q2= Q3=Q4= 0). Buning uchun T-triggerlar sxemalarida R chiqishlar bo‘lib, ular bekor qilish impulsi beriladigan “0 o‘rnatish” umumiy shinasiga ulanadi. Hisoblagichning ishlashini o‘tishlar jadvalidan ko‘rish mumkin (bu yerda m-kirish impulsining nomeri).
O‘tishlar jadvali
7.1-jadval

m

Q4

Q3

Q2

Q1

0

0

0

0

0

1

0

0

0

1

2

0

0

1

0

3

0

0

1

1

4

0

1

0

0

5

0

1

0

1

6

0

1

1

0

7

0

1

1

1

8

0

0

0

0

9

1

0

0

1

10

1

0

1

0

11

1

0

1

1

12

1

1

0

0

13

1

1

0

1

14

1

1

1

0

15

1

1

1

1

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, hisoblagichning kirishiga beriladigan 0 dan 7 gacha impulslar soniga triggerlarning holatlari bilan aniqlanadigan ikkilik soniga mos keladi. Masalan, beshinchi impuls kelganida triggerlarning Q4=0, Q3=1, Q2=0, Q1=1 holatlari (razryadlari) 101 soniga mos keladi. Sakkizinchi impuls bilan hisoblagich nollanadi va yangi hisoblash boshlanadi. Bunday hisoblagich qo‘shib chiquvchi hisoblagich deyiladi.


Mhis≠2n-1 ihtiyoriy hisoblash modulli (ikkilanmagan) hisoblagichlar ikkilangan hisoblagichlar asosida ularning ortiqcha holatlarini yo‘qotish yo‘li bilan ishlatiladi.

7.2-rasm. JK–triggerdagi Мhis= 3 li hisoblagichning mantiqiy sxemasi.
Ikkilanmagan hisoblagichlar orasida 10 ga teng modulli o‘nlik hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. O‘nlik hisoblagichning chiqishida uning kirishiga berilgan impulslar soni 10 martaga kamayadi, ya'ni biz uchun odatiy bo‘lgan o‘nlik kodda beriladi.
Bu laboratoriya ishida ikkita JK-triggerda (K555 TV6 mikroshema) yiqilgan Мhis=23=8 qayta hisoblash modulli asinhron ikkilangan ketma-ket hisoblagichning qurilish prinsipi o‘rganiladi. K555 TV6 mikroshema chiqishlarining belgilanishi 7.3, a-rasmda, hisoblagichning mantiqiy sxemasi b-rasmda keltirilgan.
Har bir triggerdagi ma'lumotlar kirishlardan chiqishga takt impulsining manfiy tushishi bo‘yicha o‘tkaziladi. Impuls yuqori sathdan pastki sathga o‘tganida J va K kirishlardagi signallar o‘zgarmasligi kerak.
J va K kirishlardan ma'lumotlar kirishda yuqori sath kuchlanishi bo‘lganida triggerga yuklanishi kerak bo‘ladi.
Asinxron bekor qilish kirishi pastki aktiv sathga (mantiqiy “0”) ega. Agar kirishda pastki sath kuchlanishi bo‘lsa, J va K kirishlardan signallarning o‘tishi ta'qiqlanadi. Q chiqishda pastki sath kuchlanishi paydo bo‘ladi. Shuning uchun triggerlar, ular bilan birga hisoblagich R kirishda yuqori sath kuchlanishi bo‘lganida ishlaydi.

a) chiqish 5 V ta'minot; b) 7-chiqish umumiy
7.3-rasm. K555TV6 mikroshemada JK-trigger chiqishlarining belgilanishi (a), Mhis=4 qayta hisoblash koeffisientli hisoblagichning mantiqiy sxemasi (b).
Mikrosxemaning , J va K kirishlari bo‘sh qoladi, ya'ni ularda “1” bo‘ladi. Bu qolda qar bir trigger ikkilangan hisoblagich sifatida ishlaydi. Kirish impulsi birinchi triggerning-kirishiga beriladi (hisoblagichning kichik razryadi).har bir triggerning Q-chiqishidan signal keyingi razryadning-kirishi uchun kirish signali hisoblanadi. K555TV6 mikroshema Q chiqishida signalning paydo bo‘lishi S-kirishdagi signalning «1» > «0» manfiy tushishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun, agar boshlanqich holatda barcha Qi =«0» bo‘lsa, u holda birinchi impulsning tugashi bo‘yicha birinchi razryadda mantiqiy “1” o‘rnatiladi, qolgan razryadlarda mantiqiy “0” saqlanadi. Ikkinchi hisoblash impulsidan keyin birinchi razryad “0” holatga qaytadi, ikkinchi razryad “1” holatga o‘tadi, qolgan razryadlar esa “0” holatni saqlaydi va q.k..
Bayon etilgan holda hisoblagich qo‘shib chiqish rejimida ishlaydi. Agar hisoblagichning razryadlari orasidagi aloqa invers chiqishlardan amalga oshirilsa, u holda hisoblagich ayiruvchi hisoblagich sifatida ishlaydi.

Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish