Nurmuhamedova T. U., Xolmonov Sh. Q



Download 5,23 Mb.
bet2/18
Sana16.12.2022
Hajmi5,23 Mb.
#888381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-laboratoriya ishi
Multisim dasturiy ta’minoti


NI Multisim dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi. Zamonaviy elektr va elektron qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish katta aniqlik va chuqur tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan ishlarning katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi.
NI Multisim dasturiy kompleksi elektr zanjirlarni dasturiy loyihalash va imitatsiya qilish vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U elektr zanjirlarni va elektron qurilmalarni loyihalovchi korxonalarda va oliy o‘quv yurtlarida qo‘llanilishi mumkin.
Zanjir elementlarining ma’lumotlar bazasi ko‘plab elementlar -rezistorlar, kondensatorlar, g‘altaklar, diodlar, tranzistorlar, mikrosxemalar va boshqa elementar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘ ichiga olgan. Ma’lumotlar bazasidagi har bir element o‘zining ekvivalent sxemasi va parametrlarining tavsifiga ega.
NI Multisim dasturining interfeysi
Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat (1.1- rasm).
Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi (file), tahrirlash menyusi (edit), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Circut), sxemalarni tahlil qilish menyusi (analysis), oynalar bilan ishlash menyusi (Window), yordam fayllari bilan ishlash menyusi (help).
Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo‘lgan knopkalar mavjud (1.1- rasm). Knopkalar bosilganda ularga mos bo‘limlar ochiladi, masalan, diodning tasviri bosilsa diodlar bo‘limi ochiladi.

1.1- rasm. NI Multisim kompleksining interfeysi
Dasturning bosh oynasi 1- rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turganidek, dastur standart interfeysga ega.
Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida joylashgan.
Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o‘gartirishlar kiritiladi.

1.2- rasm. Komponentalar menyusi


Bir qancha bo’limlardan iborat bo’lib, ular dasturiy ta’minotda turli xildagi murakkab sxemalarni yig’ishda foydalaniladi. Ushbu menyu quyidagi asosiy bo’limlardan iborat.

  • Manbalar bo’limi;

  • Passiv komponentalar bolimi;

  • Diodlar bo’limi;

  • Tranzistorlar;

  • Analog komponentalar bo’limi (Operatsion kuchaytirgichlar);

  • TTL texnologiyasi asosida qurilgan raqamli mikrosxemalar bo’limi;

  • CMOS texnologiyasi asosida qurilgan raqamli mikrosxemalar bo’limi;

  • Raqamli komponentalar bo’limi;

  • Analog va raqamli komponentalar bo’limi;

  • Indikatorlar bo’limi;

Yuqorida keltirilgan bo’limlardan tashqari komponentalar menyusi yuqori chastotali komponentalar, mikrokontroller, elektro mexanik komponentalar bolimlaridan tashkil topgan.
Komponentalar menyusidagi bo’limlardagi elementlardan foydalanish uchun kerakli bo’lim ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosiladi va kerakli elementni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Misol tariqasida manbalar bo’limga kiramiz va natijada ishchi stolda quyidagi oyna paydo bo’ladi (1.3- rasm). U yerda turli xildagi manbalar guruhlari mavjud bo’lib biz Power sources guruhga kiramiz va u yerdan kuchlanish manbai elementi ya’ni DC_power(1.4- rasm) tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Natijada ishchi stolida kerakli eliment paydo bo’ladi va uni ish stolga qo’yish uchun kompyuter sichqonchasining chap tugmasi bosiladi.(1.5- rasm).

1.3- rasm. Manbalar bo’limi.



1.4- rasm. Power sources guruhi
Ikkinchi misol tariqasida soda bir zanjir yig’amiz. Ushbu zanjirimiz kuchlanish manbai, yuk qarshiligi, ampermetor va voltmetordan iborat bo’ladi.
Buning uchun yuqorida keltirilgan amallar yana takrorlanadi faqatgina sxemani yig’ish uchun kerak bo’ladigan ba’zi elementlar boshqa bo’limlardan tanlab olinadi. Passiv komponentalar bo’limidan rezistorlar guruhiga kirib 1 kOm rezistorni olamiz(1.5- rasm).

1.5- rasm.Rezistorlar guruhi


Rezistorning nominalini o’zgartirish 2 xil yo’li mavjud bo’lib biri rezistorlar guruhini tanlab kerakli nominalni oynaning yuqori qismida joylashgan darchaga yoziladi. Ikkinchi yo’li esa ishchi stolidagi rezistorning ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan 2 marta bosiladi va natijada quyidagi menyu xosil bo’ladi(1.6- rasm)

1.6- rasm. Rezistorning nominalini o’zgartirish menyusi.


Voltmetr va ampermetr o’lcho’v asboblarini olish uchun komponentalar menyusining indekatorlar bo’limiga kiramiz(1.7- rasm) va u yerda voltmetr va ampermetr guruhlari mavjud bo’lib u yerdan ampermetr va voltmetrni tanlaymiz va ishchi stoliga qo’yamiz(1.7- rasm). Misoldagi elementlarini bir biriga ulab zanjirni xosil qilamiz. Yig’ilgan zanjirni simulyatsiya qilishimiz uchun zanjirga yer(GRAUND) elimentini ulashimiz shart aks holda simulyatsiya qila olmaymiz. Ushbu elimentni manbalar bo’limining Power sources guruhidan tanlab olamiz va zanjirga ulaymiz. Natijada zanjirimiz quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi va simulyatsiya tugmasini bosamiz natijada o’lchov asboblarimiz yordamida zanirdan oqayotgan tok va qarshilikdagi kuchlani tushuvini ko’rishimiz mumkin.
(1.9- rasm).

1.7- rasm. Indikatorlar bo’limi


1.8- rasm. Multisim dasturiy ta’minotda yig’ilgan sxema.




1.9- rasm. Multisim dasturiy ta’minotda yig’ilgan sxemaning simulyatsiyasi.


Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish