Nazorat savollari
1.Sinxron T- triggerni tushintirib bering.
2.T-trigger kirishlari klasiffikasiyasini aytib bering.
3.YOKI-EMAS ME asosida T-trigger sxemasini yig‘ib bering.
5-laboratoriya ishi (4-qism)
JK-triggerni tadqiq etish
Ishdan maqsad
K555TV6 mikrosxemada bajarilgan ikki pog‘onali JK-triggerning ishlash principini o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma'lumotlar
Eng oddiy JK-trigger RS-triggerning asosiy kamchiligini yo‘qotadigan ikkita teskari aloqaning mavjudligi bilan farqlanadi. RS-triggerning asosiy kamchiligi shundan iboratki, bir vaqtda uning kirishlariga yuqori sathdagi kuchlanishlarni (mantiqiy 1) berib bo‘lmaydi, chunki chiqish signali aniq bo‘lmaydi (mantiqiy 1 yoki mantiqiy 0).
J va K kirishlarning vazifasi R va S kirishlarning vazifasi (bekor qilish va o‘rnatish) kabi bo‘ladi. 8.1-rasmda eng oddiy JK-triggerning shemasi va uning qaqiqiylik jadvali tasvirlangan. qaqiqiylik jadvalida ikkita ustun bo‘lib, o‘rnatilgan (tn momentda ega bo‘lgan) va yozilgan takt impulsi kelganidan keyingi momentdagi (tn+1) chiqishlarning holatlari keltirilgan
O‘rnatilgan
|
Yozilgan
|
J
|
K
|
Qn+1
|
Qn+1
|
0
|
0
|
Qn o‘zgarishsiz
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
qayta o‘tkazish Qn
|
Qn
|
а) b)
8.1-rasm. JK-triggerning shemasi (a) va uning haqiqiylik jadvali (b)
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, J=0 va K=0 kirish signallari berilsa chiqishdagi holatlar o‘zgarmaydi, u tn holatini saqlaydi.
J va K kirishlarga tn holatda o‘zaro qarama-qarshi signallar berilganida tn+1 keyingi holatda JK-triggerning chiqishlarida RS-triggerning chiqishidagi kabi holat o‘rnatiladi. Agar J va K kirishlarga bir vaqtda mantiqiy 1 kuchlanishi berilsa, trigger qayt bekor qiladi, oldingiga qarama-qarshi bo‘lgan holatga o‘tadi. Masalan, agar Qn=1, bo‘lgan bo‘lsa, u holda Qn=0, bo‘ladi.
Ko‘p razryadli qurilmalarda (hisoblagichlar, registrlar) ikki pog‘onali triggerlar ishlatiladi. Birinchi pog‘onaga (asosiy trigger) keladigan ma'lumot yoziladi, ikkinchi pog‘onaga (yordamchi trigger) asosiy triggerdan ma'lumot qayta yoziladi.
а) b)
8.2-rasm. Ikki poqonali JK-trigger (a) va uning shartli belgilanishi (b)
Ikki pog‘onali triggerlar xotira elementi sifatida ikkita bir-birlarini inkor etuvchi funksiyalarni qabul qiluvchi va ma'lumot manbai vazifalarini bajaradi.
Ikki pog‘onali triggerlar S to‘liq takt impulsi bilan (front va kesik) boshqariladi. Bunday boshqarish ikki fazali boshqarish deyiladi. haqiqatan, agar triggerlardan har biri musbat tushish bilan o‘rnatilsa, u holda kirish JK-kombinasiya S takt impulsining musbat tushishning (frontning) kelish holati asosiy triggerga yoziladi
Bu holatda yordamchi triggerga ma'lumot tushishi mumkin emas. S kirish impulsining manfiy tushishi (kesigi) kelganida asosiy triggerning chiqishida u musbat tushish sifatida paydo bo‘ladi. Demak, impulsning musbat tushishi Q', chiqishlardan ma’lumotlarni yordamchi triggerga qayta yozadi.
Ikki pog‘onali sinxron JK-triggerlar TTL va KMDP - mikrosxemalar ko‘rinishida chiqariladi. Bu ishda K555TV6 TTL-mikrosxema ko‘rinishida bajarilgan JK-trigger o‘rganiladi.
Mikroshema 14 ta kontakt oyoqchalarga va umumiy ta’minot chiqishi ikkita JK-triggerga ega. Har bir triggerda ma’lumotlar kirishlardan chiqishga takt impulsining tushishi bo‘yicha o‘tkaziladi va inversiya ishorasi bilan belgilanadi.
K555TV6 mikroshemada triggerning ishlash rejimini 8.1-jadval bo‘yicha tanlash kerak bo‘ladi.
K555TV6 mikroshemada triggerlarning holati 8.1-jadval
Rejim
|
Kirish
|
Chiqish
|
|
|
J
|
K
|
Q
|
|
Asinxron bekor qilish
|
0
|
Х
|
х
|
х
|
0
|
1
|
Qayta ulash
|
1
|
|
1
|
1
|
|
q
|
0 yuklash (bekor qilish)
|
1
|
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1 yuklash( o‘rnatish)
|
1
|
|
1
|
0
|
1
|
0
|
Saqlash:o‘zgarishlar yo‘q
|
1
|
|
0
|
q
|
q
|
|
х-farqiyo‘q, - to‘liq impuls, q-qayta ulash impuls yuqori sathdan pastki sathga o‘tganida J va K kirishlardagi signallar o‘zgarmasligi kerak. J va K kirishlardan ma’lumotlar kirishda yuqori satx kuchlanishi bo‘lganida triggerga yuklanishi kerak bo‘ladi.
Asinhron bekor qilish kirishi pastki aktiv sathga ega. Agar kirishda pastki sath kuchlanishi bo‘lsa, , J va K kirishlardan signalning o‘tishi ta’qiqlanadi. Q chiqishda pastki sath kuchlanishi paydo bo‘ladi (8.1-jadvalning birinchi satri). qolgan ish rejimlari faqat kirishda yuqori sath kuchlanishi bo‘lganida mumkin bo‘ladi.
K555TV6 mikrosxema 8 mA tok iste’mol qiladi va 30 MGc gacha takt chastotada ishlaydi. Holatlar jadvaliga muvofiq (8.1-jadval) sinhron ikki pog‘onali JK-triggerning ishlash algoritmi quyidagi mantiqiy tenglamalar tizimi orqali tavsiflanadi:
.
8.3-rasmda K555TV6 mikrosxema chiqishlarining belgilanishi
8.4-rasm. K555TV6 mikrosxema sokolyovkasi
8.5- rasmda K555TV6 mikrosxemada triggerning holatlarini boshqarish tizimini tadqiq etish sxemasi tasvirlangan.
8.5-rasm. K555TV6 JK-triggerini tadqiq etish sxemasi
«0» = 0 - 0,4 V,
«1»= 3,6- 4,0 V.
Do'stlaringiz bilan baham: |