NURTAZINOVA Dina Nurkenovna – 1960-yil Olmaota shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1982-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-arabshunos, falsafa fanlari nomzodi.
1982-yildan QozDU filologiya fakulteti umumiy tilshunoslik kafedrasida assistent. 1985 – 1989-yillar Moskva DUning falsafa fakulteti madaniyat va estetika nazariyasi kafedrasi aspiranti; 1989-yildan QozDU sharqshunoslik fakultetida arab tilidan katta oʻqituvchi, dotsent. 1991 – 1992-yillar Marokashdagi Maulyay Ismoil universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida malakasini oshiruvchi; 1992-yildan QozR FA Sharqshunoslik Markazida Yaqin va Oʻrta Sharq boʻlimining mudiri.
Ilmiy yoʻnalishi – madaniyatshunoslik, Sharq xalqlari fan va madaniyat tarixi. 15 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Asosiy ilmiy ishlari:
Nomz. diss. mavzusi: “Filosofsko-esteticheskiye problemы vzaimosvyazi traditsiy i novatorstva v sovremennoy xudojestvennoy kulture Yegipta”. – M., 1989.
1. Posobiye po arabskomu yazыku dlya IV kursa. Ch.1. – Almatы, 1992. –V soavtorstve s G. Ye. Nadyarovoy.
2. Kazaxstan i arabskiy mir: religii i perspektivы sotrudnichestva // Izvestiya o koreevedenii v Kazaxstane i Sredney Azii. – AlmaAta, 1993. - №4.
3. Kazaxstan i arabskiy mir. K voprosu o sotrudnichestve // Izvestiya NAPRK. Ser. “Obщestvennыe nauki”. – Almatы, 1993. – №6.258
4. Arabo-musulmanskoye naslediye kak faktor razvitiya kulturы arabskix stran // Al-Farabi v istorii nauki i kulturы narodov Vostoka. – Almatы, 1994.
O
OBIDOV Baxtiyor Tojiyevich – 1944-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1968-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-hindshunos, tarix fanlari nomzodi.
1967 – 1968-yillarda Hindistonda Laknav universiteti tinglovchisi; 1968-y. Toshkentdagi 92oʻrta maktabda hindiy tili oʻqituvchisi; 1969-yildan OʻzR FA SHI ning Janubiy Osiyo mamlakatlari boʻlimida kichik ilmiy xodim; 1972 – 1973-yillarda sobiq SSSR FA (hozirda RAN) SHI stajyor; 1974 – 1976-yillarda OʻzR FA SHIda ilmiy xodim; 1976 – 1979-yillarda Hindistonda Bokaro metallurgiya zavodida tarjimon; 1979-yildan OʻzR FA SHIda katta ilmiy xodim (1991-y. tasdiqlangan); 1992 – 2003-yillarda OʻzR FA SHI Janubiy Osiyo mamlakatlari boʻlimi boshligʻi (ayni paytda 1990-yildan hozirga qadar OʻzR FA SHI xorijiy aloqalar boʻyicha masʼul kotib); 2003-yildan yetakchi ilmiy xodim.
Do'stlaringiz bilan baham: |