Nuriddinov mahmudxoʻja Nizomovich



Download 55,64 Kb.
bet1/10
Sana15.12.2022
Hajmi55,64 Kb.
#887140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
wiki


NURIDDINOV Mahmudxoʻja Nizomovich – 1949-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1972-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-arabshunos, falsafa fanlari doktori.
1972 – 1974-yillar Suriya Arab Respublikasida tarjimon; 1975 –1977-yillar ToshMI “Bilim” jamiyati masʼul kotibi; 1977 – 1980-yillarda OʻzFA Falsafa va huquq instituti aspiranti; 1981-yildan shu institutning falsafa tarixi sektorida avval kichik va 1983-yildan katta ilmiy xodim; orada 1988 – 1991-yillar Suriya Arab Respublikasida tarjimon; 1992 – 1995-yillar Falsafa va huquq instituti doktoranti; 1995 – 1997-yillar Oʻz FA SHIda katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri, 1997 – 1999-y. – Xalqaro islomshunoslik tadqiqotlari Markazi direktori; 2000-yildan yetakchi ilmiy xodim. 2005-yilda AQSHda xizmat safarida; Oʻzbekistonga qaytganidan soʻng shu kungacha Toshkent Vrachlar Malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar” kafedrasining mudiri sifatida ishlab kelmoqda. 2018-yilning fevralidan sentyabr oyigacha Xalqaro Islom Akademiyasining “Qurʼonshunoslik va Hadisshunoslik” kafedrasiga mudirlik qiladi. Kafedra tugatilgach, yana mazkur institutga qaytib, faoliyatini davom ettirmoqda.
Ilmiy yoʻnalishi – falsafa tarixi, manbashunoslik, islomshunoslik. 30 dan ortiq kitob, 400 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi ( La-Sapenza. – Italiya, Rim – 2001). AQSH, Italiya, Turkiya, Saudiya Arabistonida ilmiy safarlarda boʻlgan (1999 – 2003).
Asosiy ilmiy ishlari:
Nomz. diss. mavzusi: “Yusuf Qorabogʻiyning hayoti va falsafiy qarashlari”. – Toshkent, 1981.
Dokt. diss. mavzusi: “Oʻrta Osiyoda XVI – XVII asrlardagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixidan”. – Toshkent, 1994.

1. Istochniki po istorii kulturы i obщestvennoy mыsli Sredney Azii iz fonda Instituta vostokovedeniya AN Uzbekistana // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent: Fan, 1985. – №6. – S. 53 – 55.


2. Recheniya, ispolzuyemыe v logike // Abu Nasr al-Farabi. Issledovaniya i perevodы. – Tashkent, 1986. – S. 166 – 176.
3. Yusuf Qorabogʻiy va XVI – XVII asrlarda Oʻrta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr. – Toshkent: Fan, 1991. -124 b.
4. Iz istorii vzaimovliyaniya obщestvenno-filosofskoy mыsli Sredney Azii i Indii v XVI – XVII vv. // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent, 1992. – №56. – S. 44 – 48.
5. Temuriylar tarixi – xalqimiz tarixidir // Fan va turmush. – Toshkent, 1992. – №11. -12. - B.12 – 14.
6. K izucheniyu tvorcheskogo naslediya Mirzadjana Shirazi // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent, 1994. – №3 – 4. – S. 72 – 76.
7. Iz istorii obщestvenno-filosofskoy mыsli Sredney Azii XVI – XVII vv. – Tashkent, 1996. - 216 s.
8. Aql chirogʻi. – Toshkent, 1998. – 80 b.
9. Islam i jizn. – Tashkent, 1999. – 87 s.
10.Tafakkur shuʼlalari yoxud islomshunoslikning dolzarb masalalari. – Toshkent: Movaroannahr, 1998. – 80 b.
11.Libos va hijob. – T.: Movaroannahr, 1999. – 28 b.
12. Burhoniddin al-Margʻinoniy. “Al-Hidoya” / arab tilidan tarjima. – Toshkent, 2000. – 848 b.
13.Iz istorii stanovleniya nauk na musulmanskom vostoke. – T.: ToshDSHI granti boʻyicha ADAD PLYUS masʼuliyati cheklangan jamiyat bosmaxonasi, 2015. – 133 b.
14.Oʻrta asrlar sharq falsafiy tafakkuri tarixidan (yoki Islom ilohiyotshunosligi asoslari). – T.: ToshDSHI granti boʻyicha BROK CLASS SERVIS masʼuliyati cheklangan jamiyat bosmaxonasi, 2015. – 242 b.
15.Filosofiya Maverannaxra XVI-XVII vekov. – T.: ToshDSHI granti boʻyicha ADAD PLYUS masʼuliyati cheklangan jamiyat bosmaxonasi, 2015. – 363 b.
15. Ibn Miskavayh. – T.: ToshDSHI granti boʻyicha BROK CLASS SERVIS masʼuliyati cheklangan jamiyat bosmaxonasi, 2015. – 75b.
17. Oʻzbekiston falsafasi tarixi. II jild. – T.: MUMTOZ SOʻZ. II-qism: 2.1.; 2.2.; 2.7., 2.8., 2.9. – B. 198-270, 404-456. – hammmualliflikda
18. Qurʼon moʻjizalari-1. – T.: Toshkent islom universiteti, 2018. – 80 b.
19. Qurʼon moʻjizalari-2. – T.: Toshkent islom universiteti, 2018. – 96 b.
20. Qurʼon maʼnolarining arab tilidan ilmiy-izohli akademik tarjimasi. – Germaniya: GlobeEdit, 2018. – 562 b.
21. Xutba. Qayta ishlangan va toʻldirilgan ikkinchi nashr. – T.: Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Zilol Buloq” nashriyoti, 2020., – 320 b.
22. Qurʼoni karim soʻz va iboralarining arabcha-oʻzbekcha ilmiy-izohli muxtasar lugʻati. – AQSH: Amazon kompaniyasi, 2020. – 377 b.
23. The philosophical thought of Maverannahr in the 16-17 centuries. – AQSH: Amazon kompaniyasi, 2020. – 267 b. – ingliz tilida.

Download 55,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish