Nyutonning birinchi qonuni
Galileyga qadar Aristotel fizikasi hukumron edi. Uning fikriga kora kuchni harakat sababi dyeb bilgan. Kuch tasiri toxtashi bilan harakat ham toxtaydi, deb hisoblaganlar. Nyuton harakatning birinchi qonuni sifatida Galilyey kashf etgan qonunni taklif etdi. Bu qonunga asosan: jism (moddiy nuqta) tashqi tasir bolmaganda yo tinch holatda boladi, yo togri chiziqli tekis harakatlanadi. Bunday jism erkin jism, uning harakati esa erkin harakat yoki inyersiya boyicha harakat deb ataladi.
Jismning tashqi tasirga uchramasligiga qanday ishonch hosil qilish mumkin. Biz jismni tortib harakatlantiruvchi prujina yoki arqon ularga, bosim korsatuvchi jismlar yoqligaga qarab tashqi tasir yoq degan fikrga kelamiz. Lekin jismga faqatgina tegib turgan jismlargina tasir korsatmaydi. Balki, gravitatsiya kuchlari, elektromagnit kuchlar va atom yadrolari hamda elemyentar zarralar orasida tasir qiluvchi boshqa kuchlar (yadro kuchlari, kuchsiz ozaro tasirlar) ham mavjudligini inobatga olish kerak.
Yadro kuchlari qisqa masofalarda tasir etadi. Gravitatsiya, elektromagnit kuchlari esa uzoq masofalarda ham tasir qiladi. Bu kuchlarning tasiri har doim mavjud. Boshqacha aytganda tashqi kuchlar tasiri har doim mavjud. Bu kuchlar tasiridan qutilib bolmaydi.
Shuning uchun tashqi tasir bolmaganda sozini qollaganda qaysi sanoq sistemasining tanlab olinishi ahamiyatga ega. Agar biror sanoq sistemasida jism togri chiziqli tekis harakat qilayotgan bolsa, shu sanoq sistemasida Nyutonning birinchi qonuni bajariladi, dyeb aytish mumkin. Dyemak, Nyutonning birinchi qonuni faqat ayrim sanoq sistemalarida bajariladi. Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sistemaga inersial sanoq sistema deb aytiladi. Qanday sanoq sitemasi noinersial ekanligini tajribada aniqlash mumkin.
Masalan: yerdan kuzatilayotgan koinot yulduzlarining harakat qonunlarini organishda yer bilan bogliq sistemani inersial deb bolmaydi. Chunki yer bilan bogliq sistemada yer oz oqi atrofida bir sutkada bir marotaba aylanganligi uchun yulduzlar yer atrofida aylanma harakat qilgandek tuyuladi.
Agar Quyoshni sanoq sistema markazi qilib, uchta oqni uchta yulduzlar tomon yonaltirganda, ular orasidagi burchakli masofalar deyarli sezilarli ozgarmaydi. Shuning uchun bunday sistemani inersial sistema, deb hisoblash mumkin.
Shunday qilib, yer bilan bogliq sistemaning noinersialligi uning sutkalik oz oqi atrofida aylanishi va Quyosh atrofida yillik aylana boylab aylanishlari tufaylidir. Yerning aylanma harakatini nazarga tutmay Yer sirtidagi jismlar harakati qaralganda, uni taxminan inersial sanoq sistema deb qarash mumkin.
Aytilgan mulohazalardan korinadiki, inersial sanoq sistemaning tanlab olinishi qanday jismlar harakati qonuniyatining organayotganligiga bogliq. Yana bir karra takidlaymiz, Nyutonning birinchi qonuni inersial sanoq sistemalari uchun orinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |