Toshkent Moliya Instituti MM-54 Guruh Talabasi Nu’monjonova Go’zalxonning Biznes Muloqot va Akademik Yozuv Fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi
JAMOA O’RTASIDAGI MULOQOT
Reja:
1.Yig’ilishlar. Yig’ilishlarning maqsadi va turlari.
2.Konferensiya nutqlari. Ommaviy axborot vositalari va intervyusi.
3.Seminar va Sho’ba muloqotlari. Biznes etiket.
4.Taqdimot tayyorlash va uning tarkibiy qismlari.Taqdimot jarayonida ko’rgazmali vositalardan foydalanish.
5.Tashqi qiyofa va ko’rinish.Taqdimot uchun tayyorgarlik.
- Yig’ilishlar- o’zaro muloqotning eng mashhur metodidir. U bevosita, yuzma –yuz muloqotni osonlashtiradi va tashkilotning turli darajalarida asosiy bo’ladi.
YIG’ILISHNING TURLARI
FUNKSIYASI ASOSIDA
RASMIYATCHILIK ASOSIDA
A’zolarga ma’lumotni bildirish va tushuntirish
Vaziyatni tushunish
A’zolarning mulohazalarini bilish
A’olarni o’zgarishlarni qabul qilishga undirish
Kelishmovchiliklar va chalkashliklarni hal etish
Tashkilot yoki guruhga ta’sir qiluvchi masalalarga qaroq qilish
Qatnashuvchilar orasida ijobiy munosabatlarni umumlashtirish
A’zola orasida fikrlar va tajriba almashish
YIG’ILISHNING MAQSADLARI
KONFERENSIYA-yopiq guruh muhokamasidir.Konferensiya odatta katta miqdordagi insonlarning yig’ilishi bo’lib, ular muayyan mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun tajriba yoki ma’lumotni almashish uchun o’tkaziladi.
MATBUOT KONFERENSIYASI-keng ommani qiziqtiruvchi masalalar yuzasidan davlat, jamoat,fan arboblarining matbuot vakillari bilan uchrashuvi ,suhbati.
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI INTERVYUSI
- Muxbirlar ma’lumot olish uchun va maqolalarini boyishi uchun intervyulardan foydalanadilar.Yangiliklarni yig’ishning bosh vositasi va tashkilotingiz uchun auditoriyaga o’z ma’lumotlarini yetkazib berish uchun katta imkoniyatdir. Ommaviy axborot vositalari bilan intervyu omma oldida ularning yaxshi imijini ko’rsatuvchi vositadir.
- Seminar – bu kichik guruhlar muhokamasi bo’lib,unda tadqiqot va chuqur o’rganishlar natijasi og’zaki va yozma hisobotlar orqali taqdim etiladi.
- Sho’ba – bir necha kun davom etishi mumkin bo’lgan jamlanish yoki trening. Umuman olganda bu mutaxassis yo’rig’i bilan ko’proq ishga yo’nalgan bo’ladi va guruhning barcha a’zolari tomonidan qatnashiladi. U muammomlarni hal etilishi, amaliy treningga urg’u beradi va qatnashuvchilarning jalb etilishini talab etadi. Ko’pincha simpozium, ma’ruza yoki yig’ilish amaliy namoyishlar bilan o’tkazilganda sho’baga aylanishi mumkin.
- Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish va undash yoki o’z nuqtai nazarini taqdim etishdir.
Taqdimotda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar
Taqdimot qilinishi kerak bo’lgan muhit haqida bilish yoki buni biz buni taqdimotning turli elementlari deyishimiz mumkin
Matinni va ko’rgazmali qurollarni tayyorlash
O’zining ko’rinishi va hatti harakatlariga e’tibor qilish
Taqdimot qilishni mashq qilish
Tinglovchilar
Boshqa notiqlar
Tadbir
Mavjud vaqt
Tashkilotchi
O’tkazilish joyi
Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash
Slaydlarni mazmuniy o’lchamlarini tanlash
Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo’shish
Slayd hajmiy o’lchamlarini tanlash
Slaydlarga bezashda zarur bo’lgan o’zgarishlar kiritish
Slaydlarni ko’rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish
TAQDIMOTNING TARKIBIY QISMLARI
TAQDIMOTNI TUZISH JARAYONI QUYIDAGI HARAKATLARDAN IBORAT
- Tashqi qiyofa yoki imidj (inglizcha image)- siymo, timsol, qiyofa tasvir, obraz ma’nolarini anglatadi. Imidj bu nafaqat ko’rinish, balki nutq, muomala orqali namoyon bo’ladigan tarbiyaviy jihatlarni ham o’z ichiga qamrab oladi. Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini ortirgan holda, o’zini nomoyon qila olish, o’ziga og’dira olish va e’tiborni qarata olish biznesmen faoliyatida muhim sanaladi. Jamoat oldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani eslarida saqlashlari lozim: qisqa gapirishlari va asosiy ma’nosini ochib berishlari kerak. Birinchi o’rinda ma’ruzachi jamoat oldiga chiqib so’zlashidan asosiy maqsad nimaligini aniqlab olish kerak,chunki, jamoat maruzachini emas, maruzani tinglashga kelgan bo’ladi. Agar, hamkoringiz ma’ruzachi bo’lsa, uni tanishtirib, so’ng o’rningizga o’tirishingiz va so’zlarini oxirigacha tinglashingiz lozim. Shundan so’ng o’rningizda turib, uni qo’lidan tutib, yaxshi ma’ruzasi va ketgan vaqti uchun tashakkur bildiring.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |