NTM TEST SERVIS
+998908157711
Ona tili
Bir xil qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlarni aniqlang.
taroq, o‘roq
to‘pam, o‘lcham
tilak, qarsak
mag‘lubiyat, majburiyat
Qaysi qatorda o‘z paronimi bilan bir xil so‘z turkumiga oid so‘z qatnashgan?
U achchiq ta’nalarni eshitmaganday bir paqirga olmay turardi.
Yolg‘on tongda adashib yo‘lga chiqqan bulutlar taraldi.
Tik turgancha, barmog‘iga yod surib, bint bilan bog‘ladi.
Dasturxonda atirgul nusxa tort va turli xil mevalar bor edi.
Qaysi qatorda imloviy xatolik mavjud emas?
Xalq nomzodlari o‘zlarining yuksak ma’suliyat hissi bilan ajralib turadi.
Ma’rifat bilim va ma’daniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o‘ziga qamraydi.
Xon janoblaridan so‘raydirgan bir necha tilaklarim bor.
Mayna bu boshliqlarga ro‘molini sal ko‘tarib, bir nigox tashladi.
Ushbu she’riy parchadagi fonetik hodisalar sonini aniqlang.
Xalos etmas bitta arqon, Nuqta qoʻymas
Bitta oʻq.
Chidamoqqa yoʻqdir imkon, Qochmoqqa ham
Chora yoʻq.
4 ta
3 ta
6 ta
2 ta
Qaysi qatorda kelishik qo‘shimchasining belgisiz qo‘llanishi kuzatilgan?
Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi tushadi.
Burgaga achchiq qilib, ko‘rpangni kuydirma.
Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma.
Barchaga bu haqida xabar yetkazildi.
Qaysi qatorda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
shanba
ishga
motor
avtobus
Bir kosani simirdim.
Ma’no ko‘chish turini aniqlang.
metafora
metanomiya
sinekdoxa
vazifadoshlik
Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
abstrakt, aksioner, arbitr
valuta, inflatsiya, budjet
litsenziya, shosse, kompensatsiya
byurokrat, broker, biznes
Shakldoshlik xususiyatiga ega boʻlgan so‘zni aniqlang.
chiroy
sof
gado
toy
Berilgan birliklardan qaysilarini o‘z ma’nosida ham qoʻllash mumkin?
koʻngli ko‘tarilmoq
dili siyoh
boshga ko‘tarmoq
og‘zi qulog‘ida
Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari til oldi tovushlardan iborat?
diyda, joynamoz, latofat
dilozor, jondor, larza
jirttaki, laparchi, lahza
latta, nojins, jodugar
Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi?
1) muq...m 2) sup...rmoq 3) tov...q
4) bult...r 5) tug‘...lmoq 6) yut...q A) 2, 6
B) 1, 3
C) 1, 5
D) 4, 6
Qaysi qatorda ko‘plik qo‘shimchasi hurmat ma’nosini ifodalagan?
Bizning korxonada ishlab chiqarilayotgan unlar boshqa davlatlarga ekspert qilinmoqda.
Ona ko‘zlari farzand diydorin qumsab bir nuqtaga qadaldi.
Qo‘llaridan hamma ish kelarkanmi!
Kecha holingizdan xabar olgani opalari kelgandi.
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan birlikni aniqlang
Madaniyat va Sport Vazirligi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
Markaziy osiyo
Boltiq Bo‘yi
Qaysi gaplarda qo‘shimchaning belgisiz qo‘llanishi fonetik hodisaning oldini olgan?
Sizning yurak yurag-u, bizniki yurakmasmu?
Qishloq borib netarsan, kim ham kutar, devona?
Bizning o‘g‘il ham safga qo‘shilib qoldi.
A) 1, 2, 3
B) 1, 3
C) faqat 1
D) 2, 3
Do'stlaringiz bilan baham: |