Qushlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ko‘payishi
Qushlar sinfiga par, pat bilan qoplangan va oldingi oyoqlari qanotga
aylanib, havoda uchishga moslashgai issiq qonli umurtqali hayvonlar kiradi.
Qushlarning keyingi oyoqlari erda va daraxtlarda yurishga yaxshi moslashgan
bo‘ladi.
Qushlarning tanasi zich va asosan yumaloq shaklda bo‘ladi. Boshi unchalik
katta emas, bo‘yni uzun va harakatchan. Oldingi oyoqlari, ya’ni qanotlari tinch
turganda tanasi yoniga yig‘ilgan bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari gavdasiga
suyri shaklini beradi.
Kaptarlar, yapaloqqushlar, lochinsimonlar va to‘tiqushlarning ustki
tumshug‘i asosida voskovitsasi bor, bu yumshoq teri bo‘lib, tumshuqning ustiga
bo‘rtib chiqib turadi.
Qushlar anatomik tuzilishi jihatidan o‘zlarining bevosita ajdodlariga, ya’ni
sudralib yuruvchilarga juda yaqin turadi. Qushlarning terisi sudralib
yuruvchilarniki singari quruq, deyarli teri bezlari bo‘lmaydi. Qushlarning oyoqlari
tangachali teri bilan qoplangan. Ularning pati va pari sudralib yuruvchilarning
tangachasi singari shoxsimon moddadan tuzilgan. Sudralib yuruvchilar singari
qushlarda ham ichak, siydik yo‘li va ko‘payishorganlari teshiklari kloakaga
ochiladi. Ayniqsa, ularning embrionlari o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklar bor.
Qushlarning asosiy progressiv belgilariga ularning ko‘ruv va eshituv
organlarining yaxshi tarakqiy etganligi, bosh miyasining murakkab rivojlanganligi,
gavda haroratining doimiy yuqori bo‘lib turishi (gomoyotermik) organizmning
butun hayot faoliyatini kuchaytiradi va qushlarni muhitga, jumladan, atrofdagi
haroratga kamroq bog‘liq qilib qo‘yadi. Qushlarning yuragi to‘rt kamerali bo‘lishi,
havoda oson harakatlanishni ta’min etadigan va differentsiyallangan murakkab pat
qoplamining yuzaga kelganligi havoda uchish uchun yordam qilib, qushlarning
tarqalishi va oziq topishiga keng imkoniyatlar ochib bergan murakkab moslamalar
kompleksi borligidir.
Qushlarning hajmi va massasi ham turlicha. Masalan: Yangi Gvineya
Kazuarlarining og‘irligi 50-70 kg gacha boradi, Afrika tuyaqushining bo‘yi 2,5-3
m va og‘irligi 90-100 kg gacha etadi. Uchib yuruvchi qushlardan albatroslar
qanotini yoyganda kengligi 3,6 m gacha, tasqaraniki 3,25 m gacha va
saqoqushlarniki 3,1 m gacha boradi. Uchib yuruvchi qushlar orasida eng yirigi
oqqush hisoblanadi. Uning massasi 22 kg gacha etadi. eng kichik va engil qush
kolibrilar bo‘lib, ularning hajmi qovoqarilarday va og‘irligi 1,7-2 g keladi.
Ko‘pchilik kolibrilarning og‘irligi 3-8 g atrofida bo‘ladi.
Qushlarning oldingi oyoqlari shaklan o‘zgarib, qanotga aylangan. Aorta yoyi
bitta bo‘lib, o‘ng tomonga burilgan. Bosh miya yarimsharlari tubi oldingi miya,
o‘rta miya va miyacha hisobiga progressiv taraqqiy etgan. Qushlarning tashqi va
ichki tuzilishi kaptar misolida o‘rganiladi (8).
Kaptarning gavdasi ham boshqa qushlarnikiga o‘xshab pat va parlar bilan
qoplangan. Tanasi tuxumsimon shaklda, boshi kichkina va yumaloq. Boshining
oldingi tomonida tumshug‘i bor, tumshug‘i ikki qismdan, ya’ni yuqorigisi -
tumshuq usti va pastkisi - tumshuq ostidan iborat. Tumshug‘i shox parda bilan
qoplangan suyak jag‘laridan tuzilgan. Hozirgi yashab turgan qushlarda tishlari
bo‘lmaydi. Bu esa ularning uchishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tana
massasini engillashtiradi.
Qushlar tumshug‘i yordamida oziq yig‘adi, ko‘pchiligi oziqni tumshug‘i
bilan maydalaydi, uya quradi, dushmanlardan o‘zlarini himoya qiladi. Umuman
qushlar tumshug‘ining kattaligi va shakli oziq turiga qarab turli qushlarda har xil
bo‘ladi
Tumshug‘i asosida burun teshiklari joylashgan. Boshining ikki yonida yirik
ko‘zlari bo‘lib, ularda ustki va pastki qovoqlardan tashqari yumgich pardalari ham
bor. Ko‘zlaridan orqaroqda birmuncha pastda patlari orasida quloq teshiklari
joylashgan. Ayrim qushlar (qirg‘ovul, qur)ning boshida go‘shtdor hosilalari- taroq
va halqalar bo‘ladi. Umuman, qushlarning gavdasi (kaptar, qarg‘a, chumchuq)
nisbatan kichik boshi, uzun harakatchan bo‘yni, tuxumsimon tanasi hamda bir
juftdan oyoq va qanotlardan iborat. Havoda ular boshini oldinga chiqarib,
oyoqlarini tanasiga tortib yoki orqaga uzatib uchadi. Bunda ularning tanasi havo
qarshiligiga kamroq uchraydigan shaklga keladi. Qushlarning dumi kichrayib,
go‘shtdor kichkina do‘mboqqa aylangan, bu do‘mboqda elpig‘ichdek yozila
oladigan uzun-uzun serbar patlar bo‘ladi. O‘zgarib, qanotga aylangan oldingi
oyoqlari lotincha «Z» harfi shaklida bo‘ladi, ya’ni bu oyoqlarining uchta asosiy
bo‘limi bir-biriga nisbatan biror burchak ostida turadi va shunga ko‘ra butunlay
yozila olmaydi (11).
Pat, par qushlar sinfining xarakterli belgisidir. Ular qush tanasini
sovish va namiqishdan saqlaydi. Ayni vaqtda pat bilan par tanaga suyrisimon
shakl beradi va qanotning uchish yuzasini hosil qiladi.
Pat
rivojlanishining
boshlang‘ich
stadiyasida
shox
tangacha
boshlang‘ichiga juda o‘xshaydi. Shunga asoslanib pat va parni sudralib
yuruvchilar tangachasining o‘zgargan bir turi deb hisoblash mumkin.
Muguzsimon tangachalar qushlarning oyoqlarida saqlanib qolgan. Sudralib
yuruvchnlardan qushlarga bezsiz quruq teri meros bo‘lib o‘tgan. Ularning
dum ildizi ustidagi bittagina dumg‘aza bezi yog‘ ajratib chiqaradi. Bu yog‘
yordamida pat yoki par namiqishdan saqlanadi. Cho‘lda yashaydigan ba’zi
bir qushlar, masalan, to‘xta- tuvaloqda bu bez bo‘lmaydi.
Qushlarning jag‘ suyaklari tishsiz bo‘lib tumshuqni hosil qiladigap
shoxsimon g‘ilofga o‘ralgan bo‘ladi. Bu g‘ilofning yuqori qismi tumshuq usti,
pastki qismi esa tumshuq osti deb ataladi. Tumshuqning shakli va katta-
kichikligi turli-tuman bo‘lib, asosan oziqlanish xarakteriga va uni topish
usuliga bog‘liq.
Qushlarning skeleti engil va mustahkam bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Uzun suyaklarining ko‘pchiligining uchi kovak naysimoi tuzilgan bo‘lib,
ichida havo bor. Kalla suyaklari juda yupqa bo‘ladi. Katta yoshli qushlarda
ba’zi suyaklar orasidagi chegaralar yo‘qolib ketib, kalla suyagi yupqa
devorli, choksiz sidirg‘a suyak qutichaga o‘xshaydi. Shuning uchun ham
kalla suyagi juda mustahkam bo‘ladi. Qushlar yuragi to‘rt kamerali bo‘lib,
nisbatan ancha kattadir (mayda qushlarning yuragi tana massasining 1,8
protsentini tashkil etadi). Arterial qon venoz qondan butunlay ajralgan
bo‘ladi. Qushlarning yuragi minutiga bir necha yuz marta uradi. O‘pkasi
kichkina, ammo bronxlarning asosiy tarmoqlaridan boshlanadigan yupqa
devorli havo xaltalari bir necha juft bo‘lgani uchun o‘pkada oksidlanish
prosessi tezroq boradi. Havo xaltalari ichki organlar orasidagi bo‘shliqni
to‘ldiradi, ko‘pgina tarmoqlari teri ostiga va hatto suyaklarga o‘tadi. Havo
xaltalari nafas olish prosessida ishtirok etadi. Shuningdek, ular organlar
orasida ichi hovol yumshoq qatlam hosil qilib, tanani issiqlik yo‘qotishdan
saqlaydi, uzoqqa uchish vaqtida organizm qizib ketganida esa uni sovitadi
(12).
Qushlarda haqiqiy hiqildoqdan tashqari, pastki hiqildoq ham bor. Bu
hiqildoq traxeyaning pastida, uning bronxlarga bo‘lingan joyida joylashgan.
Qushlarning pastki hiqildog‘i umurtqali boshda hayvonlarga qarama-qarshi
ovoz apparati rolini bajaradi. Qushlar hayotida ovozning ahamiyati juda
katta. Ular mayl bildirib qichqiradi, tahlika yoki tashvish bildirib tovush
chiqaradi, ya’ni Boshqa qushlarni ogohlantiradi, juftlashish davrida esa
qo‘shilishga chaqiradi.
Qushlarda moddalar almashinuvi juda intensiv boradi. Oziq juda tez
hazm bo‘ladi, masalan, chumchuqsimon qushlar ichagidan suvli mevalar
sakkiz-o‘n minutda o‘tib ketadi. Shuning uchun ham qushlarning oziqqa
ehtiyoji juda kattadir.
Ko‘pchilik qushlarnnng me’dasi juda katta. Qushlarning bu organi ikki
qismga oldingi bezli qism va orqadagi etdor qismga bo‘linadi, Me’daning
bezli qismida kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, ko‘pincha toshchalar yoki
qum bo‘ladigap etdor (muskulli) qismida esa oziq mexanik ravishda
o‘zgaradi.
Sezgi organlari ichida ko‘zlari eng yaxshi rivojlangan bo‘lib, havoda
hayot kechirish bilan bog‘liqdir: qushlar uchgan vaqtida tevarak-atrofni
yaxshi ko‘rib, yo‘l topa bilishi kerak. Qushlarning ko‘zi nisbatan katta
bo‘ladi: ular uzoq va yaqindagi narsalarni yaxshi ko‘ra oladi.
Lochinlarning eshitish organi yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular
exolokatsiya yordamida orientirlana oladilar.
Qushlarning tashqi ko‘rinishini tasvirlaganda tanasining har xil
qismlari va patlari eslatib o‘tiladi. Ularning nomi 24- rasmda ko‘rsatilgan.
Qushlarning uzunligi deganda tumshug‘ining uchidan dumining uchigacha
bo‘lgan masofa tushuniladi. Bu masofa qushning orqa tomonidan boshlab
o‘lchanadi. Qanotining uzunligi panja bukmasidan eng uzun qoqish patining
uchigacha o‘lchanadi. Maksimal darajada yozilgan qanotlarining eng chekka
nuqtalari orasidagi masofani orqadan o‘lchab, qanotlarining eni aniqlanadi.
Qushlarning amaliy ahamiyati katta va juda turli-tumandir. Qanotli
himoyachilarimiz zararli hasharotlar va mayda kemiruvchilarni qirib, qishloq
xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga katta foyda keltiradilar. Ba’zi qushlar ziyon
ham etkazadi (chumchuqlar, shchuroklar, botqoq bo‘ktargisi va boshqalar).
Qushlarning ko‘pchilik xillari ov qilinadi. Qushlar katta estetik ahamiyatga
ham ega.
Qushlar narining qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bir juft dukkaksimon
urug‘donlari bo‘lib, ulardan chiqadigan bir juft urug‘yo‘li kloakaga ochiladi.
Ayrim qushlar (g‘ozlar) narida kuyikish organi boladi. Qushlar modasida
odatda bitta chap tuxumdon buyrak yaqinida joylashgan. Tuxumdondan
chiqqan tuxum tuxum yoliga o‘tib, urug‘lanadi va oqsil qobiqqa o‘raladi.
Tuxum keng bachadonga tushib, ohak po‘choq bilan qoplanadi; so‘ngra
jinsiy qin orqali kloakaga o‘tadi.
Qushlarning tuxumi yirik sariqlik va oqsildan iborat zahira
moddalarboy bo‘ladi. Tuxum sariqligi ustida murtak diski joylashgan.
Undan murtak rivojlanadi. Tuxumning to‘mtoq qismidagi ohak po‘choq va
po‘choqosti parda ostida havo bilan to‘lgan bo‘shliq bo‘ladi (88-rasm).
Rivojlanayotgan murtakning nafas olishi uchun havo zarur bo‘ladi (13).
Qushlar va boshqa ko‘pchilik hayvonlarning hayot sikli yashash muhiti
sharoiti bilan bog‘liq bo‘lib, yil davomida o‘zgarib turadi. Ularning ko‘payishi yil
faslining bolalarni boqish uchun eng qulay, oziq-ovqat mo‘l bo‘lgan bahorga
to‘g‘ri keladi. Qushlar yillik hayot siklini ko‘payishga tayyorgarlik ko‘rish,
ko‘payish, qishga tayyorgarlik ko‘rish va qishlov davrlariga bo‘lish mumkin.
Ko‘payishga tayyorgarlik davrida qushlar juft hosil qiladi. Monogamiya deb
ataladigan bu jarayon ko‘pchilik qushlar uchun xos. Bir qancha qushlar (oqqushlar,
laylaklar, lochinlar) jufti bir necha yil, hatto umr bo‘yi saqlanib qoladi; boshqalari
faqat ko‘payish davrida juft hosil qiladi. O‘rdaklarning jufti tuxum qo‘yishdan
oldin tarqab ketadi. Bir qancha qushlar juft hosil qilmaydi nari ko‘payish davrida
modasini otalantiradi nasli to‘g‘risida faqat modasi g‘amxo‘rlik qiladi. Bu hodisa
poligamiya deyiladi. Poligamiya ko‘pchilik tovuqsimonlar (qirg‘ovul, qur, karqur,
tovuq) uchun xos.
Ko‘pchilik qushlarning narlari juft hosil qilish va ko‘payish oldidan turli
harakatlar va sayrash orqali urg‘ochisini jalb qilishga harakat qiladi; ayrim poligam
qushlarning narlari o‘rtasida urush ham bo‘lib o‘tadi. Turnalarning narlari raqsga
tushganga o‘xshash harakatlar qiladi; tovuslar dumidagi patlarini yoyib, o‘z
go‘zalligini namoyon qiladi. Chaylahi qushlar nari esa o‘tlar, shox-shabbalar va
barglardan uya qurib, uni chiroyli toshlar, chig‘anoqlar va boshqa ko‘zga
tashlanadigan narsalar bilan bezatadi. Uyaga urg‘ochisini olib kirib, unga gul yoki
biron chiroyli narsa in’om etadi. Qushlarning sayrashi ham modasini jalb qilishga
qaratilgan. Ularning modasi erkagini tanlab, uning bilan juft hosil qiladi. Afrika
tuyaqushlarining esa urg‘ochisi o‘zini namoyish etib, erkagini jalb qilishga harakat
qiladi (14).
Ko‘payishidan oldin ko‘pchilik qushlar uya qurishga kirishadi. Laylaklar
singan shoxchalardan daraxtlar, simyog‘ochlar va trubalar ustiga uya qurib, har yili
uni yangilab turadi. Qo‘ng‘irlar suv o‘simliklaridan suzib yuruvchi uya yasaydi.
Ko‘pchilik qushlar daraxtlar kovagiga uya quradi. Qaldirg‘ochlar imoratlar
devoriga so‘lak bilan aralashtirilgan loydan choraksharsimon uya quradi.
Ko‘ktarg‘oqlar, kurkunaklar, jarliklar va daryolarning tik qirg‘oqlarini kovlab uya
yasaydi. CHumchuqsimonlar daraxt shoxlari ayrisiga quruq o‘tlar,shox, patlar va
boshqa narsalardan kosasimon chiroyli uya quradi. Faqat ayrim qushlar maxsus
uya qurmaydi. Kakkular o‘z tuxumini boshqa qushlar iniga tashlab ketadi.
Kayralar va pingvinlar er ustidagi chuqurchalarga tuxum qo‘yadi.
Qushlar sudralib yuruvchilarga nisbatan kampusht bo‘ladi. Kampushtlik
nasil to‘g‘risida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq. Uyadagi tuxumlar soni bittadan
(pingvinlar, kayralar) 22 tagacha (chil kakliklar) etadi. Qushlar o‘z tuxumlarini
jo‘ja ochib chiqqungacha bosib, tanasi bilan isitib yotadi. Poligam qushlar
tuxumini faqat urg‘ochilari (tovuqsimonlar, g‘ozsimonlar), monogam qushlarda
esa urg‘ochisi va erkagi navbat bilan yoki faqat urg‘ochisi bosadi erkagi esa
urg‘ochisini oziqlantiradi va o‘z hududini qo‘riqlaydi.
Qushlarning inkubatsiya davri tuxumning va qushning katta yoki
kichikligiga bog‘liq. Mayda chumchuqsimonlar tuxumini 11–12, qarg‘a–17,
oqqush 35–40, tovuq–21, o‘rdak–28, g‘oz–30, kurkalar–28 sutka bosadi.
Tuxumdan ochib chiqqan jo‘jalarning ko‘rinishiga ko‘ra qushlar jo‘ja ochuvchi,
chala jo‘ja ochuvchi va jish bola ochuvchuarga ajratiladi. Jo‘ja ochuvchi qushlar
tuxumdan chiqqan jo‘jalarining tanasi pat bilan qoplangan, ko‘zi ochiq, mustaqil
harakat qilib, oziqlanadigan holatda bo‘ladi. Chala jo‘ja ochadigan qushlar bolasi
tuxumdan ko‘zi ochiq, patli bo‘lib chiqadi lekin ucha oladigan bo‘lgunicha ularni
ota-onalari boqishadi. Jish bola ochadigan qushlarning tuxumdan chiqqan
bolasining tanasi patsiz, ko‘zi yumuq bolib, ularni ota-onasi uzoq vaqt
oziqlantiradi.
Bola boqish davri tamom bo‘lganidan so‘ng qushlar oilasi tarqalib ketib, ular
gala hosil qiladi. Yosh parrandalarning ko‘p qismi bir yoshga etmasdan nobud
bo‘ladi. Ko‘pchilik mayda va o‘rtacha kattalikdagi qushlar bir yoshda voyaga etib,
ko‘payishga kirishadi. Birmuncha yirikroq qushlar ikki yoshda, gagaralar,
burgutlar, bo‘ron qushlari 3–4 yoshda, tuyaqushlar 4–5 yoshda voyaga etadi.
Mayda chumchuqsimonlar 1–1,5 yildan 8–10 yilgacha, birmuncha yirik qushlar
30–40 yil (baliqchi qushlar, turnalar, tasqara, Afrika tuyaqushi), hatto 50–70 yil
(ukki, qarg‘a, burgut, to‘tiqushlar) umr ko‘radi.
Tullash. Qushlar ko‘payishdan so‘ng ko‘p o‘tmay tullay boshlaydi.
Chumchuqsimonlarning tullashi sekin va uzoq davom etadi. Tovuqsimonlar,
g‘ozsimonlar bir necha hafta davomida tullaydi. G‘ozsimonlar tullash davrida
uchmaydi. Qushlarning nari urg‘ochilariga nisbatan ertaroq tullashga kirishadi.
Karqur va qurlarning nari tullash davrida o‘rmonning ichkarisida yolg‘iz yashaydi,
o‘rdaklar esa borish qiyin bo‘lgan botqoqliklarda katta gala hosil qiladi (10).
Do'stlaringiz bilan baham: |