Iqtisodiy ta’lim
ning asosiy maqsadi – o‘quvchiga iqtisodiy faoliyat subyekti sifatida qaralgan
holda o‘quvchilarning kelajakdagi hayot faoliyatlarini oshirish va buning uchun iqtisodiy faoliyat
tuzilishini o‘rganish, undagi o‘zining o‘rnini his etish, zamonaviy iqtisodiy xulq-atvor me’yorlarini
iqtisodiy madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat vositalariga
va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iborat. insoniyat hayoti va unung
taraqqiyoti jarayonlarida fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, ma’naviyatga oid bilimlarni
o‘rganib ularni o‘zlashtirib borishi natijasida o‘z maqsadlari sari olg‘a qadam tashlaydi. inson o‘z
umri davomida orzu qilib, unga erishib yaxshi kun kechirishlari uchun, ularga doimo oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy va turli hayotiy ehtiyoj vositalari zarur. qachonki insonlar ushbu ehtiyojni
qondirishda ma’lum qilish, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lsalarular real hayotda iqtisodiy va
ma’naviy inqirozlarga duch kelmaydi.
maktabda bolalarni iqtisodiy tejamkorlikni shakllantirishni tarbiyalash dars jarayoni, sinfdan
tashqari va maktabdan tashqari turli tuman ishlarda olib boriladi. o‘quvchilarga bilim, malaka
va odatlar beriladi. Bolalar tejash, isrof qilmaslik haqida tushuncha oladilar.
maktabda iqtisodiy tarbiya berishda ma’lum bir tamoyillarga amal qilinib, ulardan namunalar
keltiramiz:
• iqtisodiy tarbiya o‘quv jarayoni bilan qo‘shib olib boriladi;
• iqtisodiy tarbiya jarayonining muvafaqqiyati o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoasining
28
Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
saviyasiga bog‘liq. Buning uchun jamoa ahil va inoq, bolalar intizomli bo‘lishlari kerak;
• Tarbiyaviy ishlarning rejali bo‘lishi va hamjihatlik bilan isrof qilmaslikni amalga
oshirilishi iqtisodiy tarbiyaning muvafaqqiyatini ta’minlaydi. a.s.makarenkoning «o‘nta yuqori
malakali, o‘z holicha ishlaydigan o‘qituvchidan, malakasi past, bir yoqadan bosh chiqaradigan
beshta o‘qituvchi afzal» deganini unutmaslik kerak;
• maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish iqtisodiy tarbiya jarayoniga foydali ta’sir
etadi. masalan, respublika mustaqilligi kuni, navro‘z bayrami kabilar;
• Barcha o‘quvchilarning maktabdagi umumiy va yagona tartib-qoidaga rioya qilishlariga
erishish lozim;
• Tarbiyaviy soatlarda, dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning iqtisodiy tejamkorlikni
tarbiyalashda o‘quvchilar saviyasini oshirish kerak bo‘ladi.
Tarbiyaning uyg‘unligini ta’minlamay turib, yuqorida ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
iqtisodiy tarbiya bolalarda milliy qadriyatlarni, or-nomusni va sof vijdonni, mehnatsevarlikni,
ilmga chanqoqlikni, mehr-oqibatni, tashabbuskorlikni, faollikni, iqtisodiy tejamkorlikni mustaqil
fikr yuritish qobiliyatlarini boyitib, keyingi avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi.
foydalanilgan adabiyotlar
1. o‘zbekiston respublikasi XTv ning «o‘zbekistonda iqtisodiy ta’lim» tavsiya 2007-yil.
2. sh.sariqov, sh.shariqova, X.Xojamova, n.alimjonova 1-4 sinflar uchun mo‘ljallangan
«iqtisod va soliq alifbosi» Toshkent 2008-yil.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |