Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llaniladigan zamonaviy interfaol
metodlar va ularning foydalanish haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
innovatsion texnologiya, venn diogrammasi, kompyuter darslari.
Ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson sifatida
tarbiyalash uchun imkon beruvchi mukammal ta’lim tizimini yaratish, uning samaradorligini
oshirish kabi masalalar «kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning bosh maqsadi va ta’lim sohasidagi
islohotlar asosini tashkil etadi.
yuksak ma’naviy axloqiy qarashlarni o‘zida mujassam etgan barkamol shaxsni yetishtirish,
milliy qadriyatlarni saqlab qolish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lomligini mustahkamlash
va ijobiy hal qilish uchun hukumatimiz rahbarlari barcha imkoniyatlarni yaratmoqdalar.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar va yo‘nalishlardan foydalanish
bugungi kunda dolzarb hisoblanib, bu borada olimlarimizning bir qator tadqiqotlari mavjud.
zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida
ta’limjarayoni axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. natijada o‘quv faoliyat jarayoni ham
yangilikka muhtoj bo‘lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun darslarni innovatsion texnologiyalar
asosida tashkil etish o‘qituvchining asosiy vazifasi. innovatsion pedagogik muammolarni yechish
ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarning borish xussusiyatlari o‘rganishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etish holati jiddiy bo‘lib, o‘quv faoliyati
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. chunki bu davrda o‘quvchining ta’lim tushunchalarini
qabul qilish salohiyati yuqori saviyada bo‘lib, ularni muntazam ravishda nazorat qilib borish
lozim bo‘ladi. darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovatsion texnologiyalardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. ayniqsa, hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini
oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish, fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish,
o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning
“men”nini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta
olishga o‘rgatishdan iboratdir.
Boshlang‘ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu
jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e’tibor berish lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas’uliyatlari cheksizdir. ular maktab ostonasiga endigina
qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib
beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu
ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas’uliyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich sinflarda darslarda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |