Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
MASOFAvIY TA’LIM SAMARADORLIGI
Zairova Shirinoy Oltiboyevna
Samarqand shahar 50-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: 998906060159 halova@samdchti.uz
Annotatsiya:
ushbu maqolada masofaviy ta’limning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi.
Masofaviy ta’limning an’anaviy ta’limdan farqli xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
ta’lim-tarbiya, samaradorlik, integratsiya, pedagogik texnologiya, keys-
texnologiya
Bugun jamiyatga teranroq nazar soladigan bo‘lsak, kishilik jamiyatining turli jabhalariga yangi
axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog‘ini
rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo‘nalishlarini ochilishiga
sabab bo‘ldi. Inson hayotini o‘zgartirdi. Og‘irini yengil, uzoq masofani yaqinga aylantirdi. Biz bu
kabi jarayonni hayotning har jabhasida ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan, o‘quv muassasalarining
texnik ta’minotini keskin o‘zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‘l ochilishi o‘qitishning
yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. zamonaviy axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o‘qitish
usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli - masofaviy o‘qitish yaratilishiga omil
bo‘ldi. Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro maxsus
yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va internetning boshqa texnologiyalari
yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy
o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa
tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.
Ma’lumki, masofaviy ta’lim pedagogok jarayonning yangi shakli bo‘lib, u ta’limning
yangi shakllari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, pedagog va tinglovchi o‘rtasidagi hamda
tinglovchilarning o‘zaro muloqoti shakllarini nazarda tutadi. Shuningdek, bunday ta’limning
o‘ziga xos turli shakllari, ijtimoiy buyurtma bilan asoslangan o‘z maqsadiga, tanlangan ta’lim
muassasasining o‘quv dasturlarida belgilangan mazmun hamda o‘qitish metodlarining tashkiliy
shakli va maxsus vositalariga ega bo‘ladi.
Masofaviy ta’lim asosini tashkil etgan zamonaviy kompyuter telekommunikatsiya
texnologiyalari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli xil o‘quv axborotlari bilan ta’minlash
bo‘yicha o‘qitishning an’anaviy vositalaridan ustunlik qilishi bilan farqlanadi. Ta’limda bu xildagi
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining turli o‘quv fanlari o‘qituvchilari
tomonidan qo‘llanilayotgani, ta‘limning samaradorligini oshirishda, uni intensivlashtirishda
muhim tamoyil sanaladi.
Birinchi galda, masofaviy ta’lim o‘qituvchisi masofaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim
beruvchi o‘qituvchidir. uning imkoniyatlari zamon talabi asosida. u masofaviy o‘qitishning
texnologiyalari – Internet-texnologiya va Keys-texnologiyadan boshlab, barcha Tvva radio
eshittirish texnologiyalarida ham ish yuritishni biladigan o‘qituvchidir. Demak, bu o‘qituvchi
globallashgan jamiyatning intelektual salohiyatli o‘qituvchisidir. Masofaviy ta‘lim o‘qituvchining
pedagog sifatida shakllanishida muhim omil bo‘ladi va uning imkoniyatlarini oshiradi. Bu usul
g‘arbda nixoyatda ommalashgan usul hisoblanadi. Chunki, bu usul orqali o‘qituvchi va o‘quvchi
erkin masofaviy muloqotga kirisha oladi. Har qanday sharoitda masofaviy ta’lim o‘qituvchi bilan
o‘quvchini masofada bog‘lay oladi.
Pedagogika fani, bilimlar sohasi va ijtimoiy amaliyot sohasi kabi jahon rivojlanish umumiy
tendensiyalari va qonuniyatlariga binoan rivojlanadi. Shuning uchun kasbiy-pedagogik ta‘lim
chet el tajribalarini o‘rganish, uni ilmiy tushunish, ilg‘or g‘oyalardan milliy ta’lim amaliyotida
foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Bunday ta’limning texnik yoki tashkiliy shakllari turlicha
bo‘lishi mumkin, ba’zan umuman odatdan tashqari, tasavvur qilib bo‘lmagan ko‘rinishlarga ega
bo‘lishi mumkin. Ammo bizning chuqur ishonch hosil qilishimizga oxir oqibat odamning ta’lim
olishi natijasi faqat o‘quv faoliyati shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim bilan belgilanmaydi,
balki o‘quv jarayoni quriladigan tayanch psixologik-pedagogik mazmunga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni
o‘quv jarayonining sifati, o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Aynan manashu mazmunlarini izlab
101
Do'stlaringiz bilan baham: |