Ноябрь 2020 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ISH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINING AHAMIYATI, MAQSAD vA vAZIFASI Mahkamova Yodgoroy Nishonovna Jizzax viloyati Jizzax shahari 19-sonli umum talim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Tarbiyaning bo‘g‘ini boshlang‘ich ta’limdan boshlanadi. Ta’lim sohasida
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari oldiga qo‘yiladigan talablar tobora ortib
bormoqda. Bu talablar tabiat va jamiyat talablarini bilish maqsadida ma’lum mazmunni fan va
texnikaning eng yaxshi yutiqlar bilan boyitishga ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat ta’limining
rolini oshirish va bolalarni tarbiyalashga ajratilgan.
Kalit so‘zi: Tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, qiziqtirish, ko‘nikmalar, qobiliyatlar, istaklar, ijodiy,
mehnatga moyillik.
Tarbiyaning bo‘g‘ini boshlang‘ich ta’limdan boshlanadi. Ta’lim sohasida umumta’lim
maktablarining boshlang‘ich sinflari oldiga qo‘yiladigan talablar tobora ortib bormoqda. Bu
talablar tabiat va jamiyat talablarini bilish maqsadida ma’lum mazmunni fan va texnikaning
eng yaxshi yutiqlar bilan boyitishga ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat ta’limining rolini oshirish
va bolalarni tarbiyalashga ajratilgan. Bu o‘z navbatida mehnat ta’limi oldiga murakkab va
mas‟uliyatli vazifalar qo‘yadi. vujudga kelgan imkoniyatlardan mehnat o‘qituvchisi shaxsini
har tomonlama rivojlanishi uchun to‘liq imkoniyat beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yoshligidanoq bu jamiyat insonlarning o‘zaro birikuvi
yordamida insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishi natijasida vujudga
kelishi, ayniqsa, boshlang‘ich sinflar faoliyati ham ijodiy tanqid ostiga olingan edi. Bunda asosiy
jihat maktab boshlang‘ich sinflarda kasbga qiziqtirish va maktab ko‘nikmalari shakllanmay
qolayotganliklari yigit va qizlarning o‘z qobiliyatlarini, istaklari ijodiy mehnat moyilliklariga
monand holda hayot yo‘llarini belgilab olishda qiyinchiliklar sezayotganliklariga ta’kidlangan
va shu bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog‘liq vazifalar belgilab
olingan edi.
Boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’lim-tarbiyasi va ma’lumoti, maktabdan mehnat ta’limini
namoyon bo‘lishi va uning o‘zagi bo‘lib u bolalarning bilimi, ishlab chiqarish faoliyati o‘z
-o‘ziga xizmat qilishi, o‘zaro yordam ko‘rsatish estetika va jismoniy rivojlanish j arayonidagi
mehnat kuchi harakatlarini qamrab oladi.
Boshlang‘ich ta’limi mehnat ma’lumoti buning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida
yigit va qizlar mehnatning nazariy va amaliy hamda samarali, eng oddiy asosiy negizlari va
tarbiyaviy qismlarni, umumlashgan mehnat malakalarini bilish va amalaiy faoliyatn usullarini
egallashga qaratilgan.
Forobiyning insoni fazilatlari to‘g‘risidagi ta’limidan quyidagi ma’lum xulosalariga kelish
mumkin:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yoshlikdanoq bu jamiyat insonlarning o‘zaro birikuvi
yordamida insonlarning o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilshi natijasida vujudga
kelishi va jamiatdan tashqarida insondan, jamiatdan ajralgan holda o‘zaro yordamsiz o‘z ehtiyojini
qondira olmasligini tushuntirib berish.
2. O‘quvchilarning barcha tug‘ma qobiliyatlarini yuksak kamolotga hamda mukammallikka
erishishi uchun sarf qiladi va bu yo‘lda o‘zini qurshagan tabiati hodisalaridan foydalanadi, ularni
o‘ziga xos bo‘ysindiradi, buning uchun ilm-fanni turli hunarlarni o‘rganadi
Ibn Sinoning tavsiya qilgan asarida tarbiya va ta’lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Aqliy tarbiya.
2. Jismoniy tarbiya.
3. Estetik tarbiya .
4. Axloqiy tarbiya .
5. Mehnat tarbiyasi.
Ibn sino fikricha bolaga ma’lum bir kasb-hanar o‘rgatish zarur. O‘quvchi kasb-hunarni ma’lum
darajada o‘rganib bo‘lgandan so‘ng uni hunaridan foydalanishi va mustaqil hayot kechirishini