Ноябрь 2020 10-қисм


SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/105
Sana11.06.2022
Hajmi2,1 Mb.
#653439
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Mamatkulova Nigora Sherbekovna
Sirdaryo VXTHQTMOHM “Maktabgacha, boshlang‘ich va
maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: 
ushbu maqolada matematika darslarida pedogogik texnologiyalardan foydalanish 
orqali kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar. 
texnologiya, axborot, metod, algebra.
Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchidan ular shaxsiga katta 
ma’suliyat bilan yondoshish talab etiladi.Yangilikka boy, izlanuvchan,ijodiy va mustaqil kasbiy 
faoliyat ko‘rsatish,o‘z navbatida o‘qituvchidan onglilik va faollikni talab etadi. Shuning uchun 
ham zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amalga joriy etish bugungi kunda dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi.
Biz boshlang‘ich sinflarda algebra elementlarini o‘rgatishda foydalanish mumkin bo‘lgan 
yangi pedagogik texnologiyalardan namunalar keltiramiz.
«Davra suhbati» metodi:
Davra suhbati - o‘quvchilar o‘rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o‘z fikr-
mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.
«Davra suhbati» metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kеrak. Bu har 
bir o‘quvchining bir-biri bilan «ko‘z aloqasi»ni o‘rnatib turishiga yordam bеradi. Davra suhbati 
og‘zaki va yozma shakllari mavjud. So‘zlayotgan o‘quvchini barcha qiziqish bilan tinglaydi, agar 
muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama 
qilinadi. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga 
yordam bеradi.
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir o‘quvchiga 
konvеrt qog‘ozi bеriladi.Har bir o‘quvchi konvеrt ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini 
bеradi va yonidagi o‘quvchiga uzatadi.
Konvеrtni olgan o‘quvchi o‘z javobini qog‘ozga yozib, konvеrt ichiga solib qo‘yadi va yonidagi 
o‘quvchiga uzatadi. Barcha konvеrtlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha 
konvеrtlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.
Davra suhbati metodining afzalliklari:
O‘tilgan matеrialni yaxshi esda qolishiga yordam bеradi; «barcha o‘quvchilar o‘zaro muloqotda 
bo‘ladilar;
Har bir o‘quvchi o‘zining ishtirok etish mas’uliyatini his etadi;
O‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati mavjud.
Davra suhbati metodining kamchiliklari:
Ko‘p vaqt talab etiladi;
O‘qituvchi o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi;
O‘quvchilar bilim darajasiga mos va qiziqarli mavzu tanlash talab etiladi.
«Т – sхеmаsi»
T-sxеma qonun-qoidalari bilan tanishib chiqadi. Yakka tarkibda yoki juft-
juft bo‘lib T-sxеmani to‘ldiradi O‘z g‘oyalarini yozma ravishda o‘ng va chap taraflarida yozib 
chiqadilar. G‘oyalar qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.Sxеmadagi g‘oyalar taqqoslanishi va yakka 
tartibda, juft-juft holda yoki kichik guruhlarda to‘ldirilishi mumkin - bu tеxnologiya murakkab,ko‘p 
tarmoqli, mumkin qadar muammo xaraktеridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan;bunda ularning 
har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi.Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va 
kamchiliklari, bir g‘oyaning ikki tomoni, foyda va zararlari;- tanqidiy, tahliliy, aniq,mantiqiy 
fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma vao g‘zaki shaklda 
ixcham bayon etish, himoya qilishga imkon yaratadi;- ma’ruza yakunida qo‘llaniladi;


63

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish