Notiqlik san’ati haqida tushuncha


Alisher Navoyi notoqlik san’ati



Download 88,36 Kb.
bet7/16
Sana25.03.2022
Hajmi88,36 Kb.
#509357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
NOTIQLIK SAN

Alisher Navoyi notoqlik san’ati
Buyuk Alisher Navoiy asarlari tengsiz badiiy, mislsiz ma’naviy va lisoniy boylikdir. Bu boylikning tarkibiy qismlaridan birini alloma shoir asarlarida uchraydigan nutq madaniyati, notiqliq va so‘z odobiga oid qarashlar, talqinlar tashkil qiladi. Mana shu ilmiy-ma’rifiy merosning mazmun va mohiyatini chuqur o‘rganib, ularni ilmiy umumlashtirib, zamonaviy o‘zbek tili nutqi madaniyati va notiqlik san’atiga doir ishlarni talab darajasiga ko‘tarish lozim. Hazrat Navoiy bir umr vasf va shukrini tildan qo‘ymagan Alloh insonni nutq va til bilan sharaflab, jamiki mahluqotdan mumtoz qildi: Ey so‘z bila qilg‘on ofarinish og‘oz, Insonni aroda aylagon mahrami roz. Chun «kun fayakun» safhasiga bo‘ldi tiroz, Qilg‘on oni nutq ila boridin mumtoz. Aslida olamu koinot, undaki jamiki borliq sohibi qudratning birgina so‘zi bilan bunyodga keldi. Ularning ibtido va intihosi ham so‘zga bog‘liq:
Avvalu oxiringga solg‘il ko‘z,
Bil ham avval so‘zu ham oxir so‘z. Yoki:
Bas avvalg‘i sado so‘z o‘lg‘ay,
Har savtqa ibtido so‘z o‘lg‘ay.
So‘z hayot mohiyati hisoblangan to‘rt unsur: suv, havo, o‘t, tuproq ham, yetti qavat osmondagi yetti sayyoraning ham mavjudlik asosidir: To‘rt sadaf gavharining durji ul, Yetti falak axtarining burji ul. Ulug‘ mutafakkir so‘zning ilohiyligini tarannum etar ekan, bu bebaho ne’matga ega bo‘lgan insonning nutqi doim go‘zal, shirin, fasih va ta’sirchan bo‘lmog‘i lozimligini talab qiladi, avvalo, bunga o‘zi o‘rnak bo‘ladi. Navoiy asarlarida so‘zning azaliy va abadiyligi haqidagi qarashlar, so‘z leksemasini qator ma’nolarda qo‘llangani ilmiy tadqiqotlarda atroflicha taqlil qilingan . Biz quyida so‘zning notiqlik va nutq madaniyatiga oid ma’nolari xususida fikr yuritamiz. Alisher Navoiy notiqlik san’atiga alohida e’tibor beradi. “Mahbubul-qulub” nomli falsafiy asarining 24-faslini “Nasihat ahli va voizlar zikrida” deb ataydi va bunda voizlik san’atiga, va’zga, voizga o‘z munosabatini bildiradi. Buyuk shoirning voizlik, notiqliq haqidagi fikrlari bugun ham katta qimmatga ega. Mutafakkirning fikricha, voiz quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:
1. Voiz, avvalo, e’tiqodli, din-diyonatli va to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi bo‘lmog‘i lozim: “Voiz kerakki, «qolalloh» so‘z aytsa va «qola rasululloh» Nutq madaniyati va o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari 8 muxolafatidin qaytsa, xudo va rasul yo‘lig‘a qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra nasihat bila elni ham kivursa. Yurumagon yo‘lga elni boshqarmoq, musofirni yo‘ldin chiqormoqdur v biyobong‘a keturmak va bodiyada iturmakdur”.
2. Nutq tinglovchi uchun yangi bilimlar va o‘zgarishlar xabarchisi bo‘lmog‘i lozim: “Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nas’hati qabul etgan maqbul kishidir”.
3. Notiqning o‘zi biror sohani egallagan bo‘lishi, undan so‘ng va’z orqali kishilarga ta’sir etib, ularni boshqarishi kerak: “Avval bir yo‘lni bormoq kerak, andin so‘ng elni boshqarmoq kerak”.
4. Voiz sahih va solih nutqi, notiqlik mahorati bilan insonlarning ruhiyatiga, qalbiga ta’sir eta olsin: “Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la kirgan xoli bo‘lg‘ay”.
5. Notiq olim va bilimdon, har narsadan xabardor kishidir: “Voizkim, bo‘lg‘ay olim va mutaqqiy - aning nas’hatidin chiqqan shaqiy (baxtsiz)”.
6. Notiqning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmog‘i lozim, aks holda nutqning ta’siri bulmaydi: “Ulki buyurib o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmagay” Ulug‘ shoir “Tiling birla ko‘nglingni bir tut, ko‘ngli va tili bir kishi aytg‘on so‘zla but” der ekan, o‘zi hamisha bu qoidaga rioya qildi. Til va dil, so‘z va amal birligi Navoiy dahosining mumtoz xislatlaridandir. Hazrat Navoiy zamonasining notiqlik san’ati namoyondalaridan to‘rt atoqli siymoni tilga oladi. Ular Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Mavlono Husayn Voiz, Mavlono Muin Voizdir. Voizlarning dono va fozilligi, san’atkor notiqligi bilan birga ularning o‘ziga xos xislatlari ham bayon qilingan. Alloma shoirimizning voiz va voizlik haqidagi saboqlari ko‘p va xo‘p. Ularni o‘zlashtirish bugungi notiqliq martabasiga erishish uchun juda foydalidir. Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati va odobiga e’tibor g‘oyat kuchli. Shoirning nutq madaniyati va odobi borasidagi fikrlari bunga doir ishda ikki katta guruhga bo‘lib tadqiq qilgan:
1. Navoiy nutq madaniyati va odobining ijobiy omillari haqida.
2. Navoiy nutq madaniyati va odobini buzadigan salbiy omillar haqid. Alisher Navoiy asarlarida yaxshi nutqning fazilati sifatida ko‘rsatilgan fasohat so‘zining ma’nosi nutq madaniyati, til madaniyati tushunchasiga yaqin. “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da fasohat so‘zi quyidagicha izohlangan: “fasohat - so‘zning ochiq, ravshan, chiroyli va qoidalarga muvofiq bo‘lishi”. Navoiy asarlari uchun boshqa bir lug‘atda esa fasih guftorlig‘ “chiroyli, yoqimli va ravshan so‘zlashlik” deb izohlangan . “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da fasohat so‘zi quyidagicha talqin qilingan: “Chiroyli va yoqimli so‘zlash qobiliyati, nutqning aniq va ravonligi” , Alisher Navoiy fasohatli tilni va nutq sohiblarini fasih zabon, ilmning fasihrozi, fasih tili bila so‘zlovchi, fasihguftor kabi tushunchalar bilan ataydi. Masalan, “Majolis un-nafois”da shunday fikrlar bor: “Mavlono Qavsariy - Buxorodindur. Qabuliyatlik, xush suhbat, shiringo‘y va fasih zabon va donishmand kishi erdi” Ilmiy- Turkiy tilning yashirin qolgan sirlari, chiroyi va afzalliklari borasida hazrat Navoiy shu jumlalarni yozadi: “Va filhaqiqat agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafzda muncha vus’at va maydonida muncha fus’hat topilur, kerakkim, munda har nav’ suxanguzorlig‘ va fasihguftorlig‘ va nazmsozlig‘ va fasonapardozlig‘ osonroq bo‘lg‘ay va voqe’ osonroqdur Misollardagi fasohat so‘zining asosiy ma’nolari hozirda nutq madaniyati deb yuritilayotgan tushuncha mazmuniga mos keladi. Alisher Navoiyning fasohatli nutqni yuzaga keltiruvchi ijobiy omillar to‘g‘risida fikrlari ko‘p. Xususan, lisoniy omillarga keng o‘rin berilgan. Bular quyidagilar:
1. Nutq mazmunli, ma’noli bo‘lishi kerak. Navoiy daqiq so‘zini “sermazmun, teran ma’noli” ma’nosida qo‘llagan: “Bular ul hazratning daqiq so‘zin yo anglamay, yo anglasalar buyurulgan yo‘sun bila amal qilmay.”
2. So‘z qisqa bo‘lishi lozim, chunki so‘z qancha cho‘zilsa, kamchiligi ham shuncha ko‘p bo‘ladi, ko‘p so‘zdan ko‘p ayb topadilar:
Bermas tatvil chun suxandon so‘zga,
Qil muxtasar ulcha bo‘lgay imkon so‘zga,
Ko‘p ayb topar kimsa farovon so‘zga,
Chun chekti uzoqqa, yetti nuqson so‘zga.
Darhaqiqat, “Chin so‘z - mo‘tabar, yaxshi so‘z - muxtasar”.
3. Nutq rang-barang, ifodalarga boy bo‘lishi kerak. Navoiy ifodala nutq so‘zlamoq tushunchani balog‘atko‘sh so‘zi orqali izhor qiladi:
Demonkim, so‘z ayturga balog‘atko‘sh o‘l,
Nafsingga saloh istar esang xomo‘sh o‘l.
4. Turkiy til boy bo‘lgani jihatdan bir tushunchani ifodalash uchun ko‘plab ma’nodosh so‘zlarga ega ekanligini isbotlagan shoir, so‘z takroridan qochishga, so‘z yoqimliligiga putur yetkazmaslikka chaqiradi: Bir deganni ikki demak xush emas, So‘z chu takror topdi, dilkash emas. Alisher Navoiyning notiqlik, nutq madaniyati va odobi haqida aytgan quyidagi fikrlari g‘oyat qimmatlidir:
“Tilingni ixtiyoringda asrag‘il, so‘zungni ehtiyot bila degil.
Mahallida aytur so‘zni asrama, aytmas so‘z tegrasiga yo‘lama.
So‘z borkim, eshituvchi tanig‘a jon kiyurur va so‘z borkim, aytg‘uvchi boshin yelga berur. Tiling bila ko‘nglungni bir tut, ko‘ngli va tili bir kishi aytg‘on so‘zla but. So‘zni ko‘nglungda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa tilga surma. Agarchi tilni asramoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni sipamoq boshqa ofatdur. Aytur yerda unutma, aytmas yerda o‘zungni mutakallim tutma. Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdin qayt. Oqil chindin o‘zga demas, ammo barcha chinni ham demak oqil ishi emas”. Bugungi kun o‘quvchisi uchun hech bir izohsiz, ochiq-oydin tushunarli bo‘lgan bu purma’no tanbehlarda nutq ma’daniyatining eng muhim talablari o‘z aksini topgan.


Download 88,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish