TAJRIBA ISHI №5
MAVZU: UGLEROD DIOKSIDINI MIQDORINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: uglerod dioksidini miqdorini aniqlash usullarini o’rganish.
Nazariy qism
Konversiya gazi tarkibida 17-30 % gacha CO2 saqlaydi. Uni suyuq sorbentlar yordamida: suv, etanolamin, ishqor, eritmalari bilan tozalaydilar. CO2 boshqaqo'shimchalarga nisbatan bosim ostida sovuq suvda Yaxshi eriydi. Mana shu xossasiga asoslanibCO2 suv bilan yuttirib ajratib olinadi. Buning uchun ichi nasadkali minoralarda gaz, suv sachratish bilan (2- 3 mPa bosimda) yuviladi. Minoradan oqib tushuvchi suv turbinani aylantiradi, qaysiki, u nasos bilan birga mahkamlangan bo'ladi. Nasos suvni ko'tarib yana minorani sug'orishga beradi. Natijada unga beriluvchi energiya tejaladi. Turbinada bosim pasayadi atmosfera bosimiga tenglashadi.
Natijada suvda erigan CO2 va vodorod gazlari (80 % CO2, 11 % N2 ) desorbsiyalanib ajralib chiqadi. By gaz (CO2) yig'ib olinadi, turli maqsadlarda ishlatiladi (masalan, karbamid sintezida, quruqmuz tayyorlashda va boshqa mahsulotlar olishda ishlatiladi). Bu usulning kamchiligi ko'p elektr energiyasi sarflanishi va ancha vodorodning yo'qotilishidadir. Shuning uchun ham keyingi yillarda bu usul ko'p qo'llanilmaydi, balki sorbsion va selektivlik xossasi suvdan ancha yuqori bo'lgan etanolamin bilan tozalash keng qo'llanilmokda. Bunda mono- va di- etanolaminning(HO-CH2 -CH2-NH2 va (HO -CH2-CH2)-NH laming 15 % li eritmasiga CO2 yuttiriladi. HO-CH2-CH2 guruhni R bilan belgflab R-NH2 va R2-NH deb olamiz.
R,NH2+ H2O+CO2F+(R2NH2)2CO3(R2NH2)2CO3+H2O+CO2-2R2NH2 HCO3
Mis ammiakli eritma bilan yuttirish, suyuq azot bilan yuvish, katalitik gidrogenlash kabi usullar bilan amalga oshiriladi. Katalitik gidrogenlash (metanlash), CO va C02 miqdori 1 % gacha bo'lgandaqo'llaniladi. Bunda nikel katalizatori (aluminiyoksidiga shimdirilgan bo'ladi) va 200—400"C haroratda quyidagicha reaksiya asosidaboradi:
CO+3H2=CH4 +H2O; CO2+H2=CH4 +2H2O; O2 +H2=2H2O.
Gazni CO dan tozalash is gazining (CO) mis-ammiakli eritmaga absorbsiyalanganda misammiakli komplekshosilbo'lishigaasoslangan. Oddiy sharoitda mis ammiakli eritmaning yutish qobiliyati past, ammo haroratni pasaytirib bosim oshirilsa, u kuchayadi. Shuning uchun ham CO ni tozalash yuqori bosim (10—32 MPa) va past haroratda (0—10°C bundan past bo'lsa, eritma kristallanib qolishi mumkin) olib boriladi. Odatda kuchsiz kislotalar: sirka, chumoli, karbonat kislotalarining mis ammiakli eritmalari qo'llaniladi. Masalan, mis asetatining mis ammiakli eritmasiga CO ni absorbsiyalanish reaksiyasi quyidagicha boradi:
[Cu(NH3\} +CO + NH, <-> [Cu{NH,\COY(-AH)
Reaksiya qaytar reaksiyadir. Absorbentni pereneratsiyalash uchun bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirilib, 80°C gacha qizdiriladi.Tozalashning adsorbsion usulida konversiyalangan gaz tarkibida 1 % gacha (hajm bo'yicha) CO, va CO qoladi. So'ngra u faqat katalitik gidrogenlash yo'li bilan tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |