Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar va masalalar
1.Kontakt usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda SO2 ni SO3ga oksidlash jaraenida forkontakt qurilmasiga quyidagi tarkibdagi o‘choq gazi kiradi: SO2 = a = 11%(h); O2 = b =10% (h); N2 = v =79% (h)Oksidlash jarayoni harorati t= 5700Cda va R=1,2*105Pa bosimda olib boriladi. Oksidlanish darajasi X=70% ga teng. Oksidlangan gaz tarkibi va muvozanat doimiysi miqdori aniqlansin.
2.Reaksiyaning tezligi t1=5000C da t2=4300C ga qaraganda 7 marta katta. Reaksiyaning faollanish energiyasi aniqlansin.
Nazorat savollari:
1.Sulfat kislota olish uchun qanday xom ashyolar ishlatiladi?
2.Sulfat kislota olish usullari necha xil?
3.Sulfat kislota olishda qanday asosiy qurilmalar ishlatiladi?
4. Sulfat kislota saqlagichlari qurilmalarining ishlash prinsipi va tuzilishini tushuntiring?
5.Kuporos moyi nima?
AMALIY MASHG’ULOT №10
MAVZU: HAVONI AJRATISH MODDIY VA ISSIQLIK HISOBI
Quyidagi sharoitlar uchun, ya’ni ajratilayotgan xavoning harorati +120S va normal sharoit uchun umumiy soatbay sarfi, xavo bo‘yicha turbakompressorning unumdorligi hisoblansin.
Texnologik O2 buyicha ajratish qurilmalarining unumdorligi
V0=12500 m3/soat
Bu texnologik O2 kislorod harorati t1=+20oS
Bu texnologik O2 ishlab chiqarish bosimi R1=1atm.
O2 ning regeneratordan keyingi konsentratsiyasi S=95,5% O2
CHiqindi azotning regenerator oldidagi konsentratsiyasi
C=98,5%(x) N2
Pastki rektifikatsion qurilmadagi suyuq azotning miqdori.
XR=0,62 mol ulushi
N2 ning suyuq azot flegmasi-ga miqdori XN2=0,985 mol ulushi.
N ning gazli N2 miqdori YA=0,985 mol ulush.
N2 gazli (bug‘li) O2 dagi mikdori YK=0,045 mol
Atmosfera xavosining tarkibi P=79,1% (x) N2
Atmosfera xavosining kurilmadagi yo‘kolishi h=6% (x)
Echilishi
Masalani echish uchun xavoni ajratish qurilmasini 1 m3 xavoga nisbatan moddiy balansi tenglamasini tuzamiz.
1=K+A (1)
bu erda: K- ishlab chiqarilangan kislorodning mikdori m3 da;
A- ishlab chiqarilgan azotning mikdori.
Umuman olganda atmosfera xavosi bu komponentlarga ularning qaynash temperaturalari xar-xilligi tufayli rektifikatsion minoralarda ajratiladi. YA’ni 1 atm. bosimda suyuq kislorodning qaynash tem-si: tqO2=-183,5oC. Azotning qaynash tem-si: tqN2=-195,2oc. Ular orasidagi fark t= -12oC
1-tenglamani past xaroratli komponent ya’ni N2 ning miqdori bo‘yicha qayta tuzib chiqamiz.
1× PN2% =K×Yk+Ya [2]
100%
1×79,1%=K×Yk+Ya
100%
0,791=K×Yk+A×Ya [3]
1;2 va 3 tenglamalardan foydalanib O2 ni miqdorini aniqlaymiz.
K=Ya-0,791
Ya-Yk
YA’ni azotning miqdorini topish tenglamasini tuzdik.
K=0,985-0,791 =0,2062 m3 O2
0,985-0,0045
CHiqib ketayotgan azot miqdorini 1-tenglamadan foydalanib hisoblaymiz.
A=1-K=1-0,2062=0,7938 m3 N2
Bu erda xavoni ajratish kurilmasining xavo buyicha ishchi sharoitdagi, ya’ni t1=200C; R1=1atm. uchun unumdorligini hisoblaymiz.
V1=Vo=25001 =60600 m3 xavo/soat
K 0,2062
Normal sharoit uchun xavoni ajratish qurilmasining xavo bo‘yicha unumdorligini xisoblaymiz.
to=00C; P0=1atm. Uchun. Mendeleev-Klapeyron tenglamasidan foydalangan xolda:
P0×V0×T1=P1×V1×T0
V0=P1×V1×T0=1×60600×273=56500 nm3 xavo/soat
P0×T1 1×293
Xavoni ajratish qurilmasidagi xavoni yo‘qolishini e’tiborga olgan xolda turbokompressorning unumdorligini hisoblaymiz. Normal sharoit uchun:
V11×V1×(1+h%)=64200 m3 xavo/soat
100%
Ishchi sharoitdagi turbokompressorning xavo bo‘yicha unumdorligini xisoblaymiz:
V01=V0×(1+h%)=59900 nm3 xavo/soat
100%
Do'stlaringiz bilan baham: |