«Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» fanidan Kurs ishini


Xom-ashyo maxsulotlar tavsifi



Download 245,81 Kb.
bet3/11
Sana03.03.2022
Hajmi245,81 Kb.
#481129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

Xom-ashyo maxsulotlar tavsifi


Ammiak va azot kislotasi ammiakli selitra NH4NO3 ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo xisoblanadi, selitra ishlab chiqarish ammiakni nitrat kislotasi bilan neytrallash jarayoniga asoslangan bo‘lib.
Quyida ushbu xom-ashyolarga qisqacha ta’rif berib o‘tamiz:
Azot vodorod bilan bir necha xil birikma xosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiakdir. Ammiak – rangsiz, o‘ziga xos o‘tkir xidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘lib, havodan deyarli ikki marta engil. Normal sharoitda gaz holidagi ammiakning zichligi 0,771 kg/sm3. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovutilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi. – 33,40C da esa suyuq holatga o‘tadi. – 780C da esa kristall bo‘lib qotadi. Sanoatda ammiakning turli xil kislotalar bilan qilgan birikmasi qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bularning eritmalari esa umumiy tarzda ammiakatlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligida suyuq azotli o‘g‘itlar sifatida ishlatiladi. 200C haroratda bir hajm suvda 700 hajm ammiakeriydi. Qaynatilganda erigan ammiak eritmadan uchib chiqib ketadi.
Ammiakning muhim kimyoviy xossasi uning kislotalar bilan o‘zaro ta’sirlashib, ammoniy tuzlarini xosil qilishidir. Bu holda ammiak molekulasiga kislotaning vodorod ioni birikib, tuz tarkibiga kiradigan ammoniy ionini xosil qiladi:
NH3 + HCl = NH4Cl (3.1)
Ammiak kislorodda va oldindan qizdirilgan havoda yonib, azot hamda suv xosil qiladi:
4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O (3.2)
Katalizator (Pt, Cr2O3) ishtirokida reaksiya azot (II) oksidi va suv xosil bo‘lishi bilan boradi:

4NH3+5O2
Pt,Cr,O3
4NO+6 H2O

Laboratoriya sharoitida ammiak odatda ammoniy xlorid bilan so‘ndirilgan ohak aralashmasini ohista qizdirish yo‘li bilan olinadi:



2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2NH3 + 2H2O (3.4)
Sanoatda ammiak olishning asosiy usuli uni azot bilan vodoroddansintez qilishdir. Reaksiya ekzotermik va qaytar:
N2+H2<=>2NH3 -92,4 kJ (3.5)
U faqat katalizator ishtirokida sodir bo‘ladi (Al,K,Ca,Si oksidlari qo‘shilgan g‘ovak temir). Azot – suyuq havodan, H2 – metan gazidan olinadi.
Nitrat kislota – o‘tkir xidli, rangsiz suyuqlik. Juda gigroskopik, havoda
―tutaydi‖, chunki uning bug‘lari havodagi namlik bilan tuman tomchilarini xosil qiladi. Kimyoviy toza, suvsiz 100% li nitrat kislota – o‘tkir xidli, zichligi 1,52 gr/sm3, +82,60C da qaynaydi, - 41,60C da muzlaydi. Suv bilan har qanday nisbatda aralasha oladi. Suyultirilganda issiqlik chiqishi gidratlar xosil bo‘lishidan dalolat beradi.
HNO3∙H2O, HNO3∙2H2O
68,4 % li nitrat kislota esa azeotrop aralashma bo‘lib, 121,90C daqaynayda, bunda u suv bilan birga qo‘shilib haydaladi.
Nitrat kislotada azotning valentligi 4 ga, oksidlanish darajada

+5 ga, azotning koordinatsion soni 3 ga teng. Nitrat kislota kuchlikislotalar qatoriga kiradi. Suvdagi eritmalarda dissotsilanadi:



3
HNO3 = H+ + NO - (3.6)
Issiqlik ta’sirida va yorug‘likda qisman parchalanadi:
4HNO3 = 4NO3 + 2H2O + O2 (3.7)
Shuning uchun u qorong‘ida saqlanadi. Nitrat kilotaning juda muhim xossasi shundan iboratki, u kuchli oksidlovchi hisoblanadi. U Ag, Pt, Ta, Ra, Ir dan boshqa barcha metallarni eritib, tegishli nitratlar yoki oksidlarga aylantira oladi. Nitrat kislota va uning oksidlari o‘ta zaharli bo‘lib, atmosferada uning chegaraviy xavfli konsentratsiyasi – 0,1 mg/m3 ga tengdir.
Olinishi. HNO3 VIII asrdan beri mavjud. Ming yillardan ko‘proq vaqtlardan beri uni selitrani temir kuparosi yoki qo‘sh tuzlar – achchiq toshlar bilan aralashtirib
qizdirish yo‘li bilan olingan. XVIII asrning oxirlarida XX asrning 20 – yillarigacha nitrat kislota faqat tabiiy selitradan konsentrlangan H2SO4 ta’sir ettirib olingan.
Laboratoriya sharoitida nitrat kislota uning tuzlariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
NaNO3 + H2SO4 = HNO3 + NaHSO4 (3.8)

Reaksiya ohista qizdirilganda sodir bo‘ladi, kuchli qizdirilganda HNO3 parchalanib ketadi.


Nitrat kislotaning azot oksidlaridan olish mumkinligi keyingi yillarda ishlab
chiqildi.
H2O
NO NO2 HNO3 (3.9)
NO3 olishning ikkinsi usuli NH3 ni oksidlash usulidir. Bu usul 1839 – yilda Kyulman NH3 platina ishtirokida NO ga aylantirish mumkin ekanligini aniqlagan paytdan boshlab ma’lum. Ammo bu jarayonni sanoatda ishlab chiqarishga tadbiq etish maqsadida XX boshlaridagina V. Osvald chuqur o‘rgandi. Natijada 1909 – yilda Germaniyada Ostvald usuli bo‘yicha 1 – tajriba zavodi qurildi.
Sanoatda nitrat kislota ammiakni katalitik oksidlash yo‘li bilan havo azotini biriktirishdan xosil qilinadi. Sanoatda ammiakni oksidlab nitrat kislotaga aylantirishni 1914 – 1916 yillarda injener – kimyogar I.I.Andreev kashf etgan. U ammiakni havo kilorodi bilan oksidlanishda katalizator sifatida platinali to‘rni ishlatishni taklif etdi.
Nitrat kislota olishning umumiy jarayonini uch bosqichga bo‘lish mumkin:



  1. Ammiakni platina katalizatorda NO ga qadar oksidlash:

4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O (3.10)



  1. NO ni havo kislorodi ishtirokida NO2 ga qadar oksidlash:



2NO + O2 = 2NO2 (3.11)



  1. NO2 ni mo‘l miqdorda kislorod ishtirokida suvga yuttirish:



4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3 (3.12)

    1. Download 245,81 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish