Noorganik moddalar kimyo texnologiyasi



Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/58
Sana18.05.2023
Hajmi6,04 Mb.
#940590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
MAJMUA KORROZIYA 2022 yangiyer (2)

Tajavvuzkor muxitlarning turlariga ko‘ra
korrozion jarayonlar atmosferaviy,
gazda, suyuqliklarda, tuproqda, adashgan toklar ta’sirida, biologik
korroziyalarga bo‘linadi. 
Sodir bo‘lish sharoitiga ko‘ra
kontakdagi (har xil metallar birikishida),
oraliqdagi (ikkita metallar orasidagi bo‘shliqda) va kuchlanish ta’siridagi
korrozion jarayonlar bo‘ladi. 
Korrozion jarayonlarning tashqi omillar ta’sirida korrozion yemirilish
tavsifi, kinetika va mexanizmlari o‘zgaradi. 
Korroziya maxsulotlari faqat anod qismlarda hosil bo‘ladi. Elektrokimyoviy 
mexanizmlar orqali qo‘yidagi korrozion jaroayonlar turlari sodir bo‘ladi: 
a) elektrolitlardagi korroziya; 
b) tuproqdagi korroziya; 
v) elektrokorroziya. 
Korroziyadan shikastlanishning tavsifi va uning hosil bo‘lishi sharoitlariga
ko‘ra umumiy (tuliq), maxalliy va tanlama korroziyalarga bo‘linadi. 
Umumiy korroziyada korroziya maxsulotlari metall sirtining barcha
qismlarini tekis yoki notekis ko‘rinishda qoplaydi. (Rasm 1.1). 
Maxalliy korroziya metall sirtlarining ipsimon, bo‘ylama, alohida
qismlarida dog‘, donador, nuqtasimon va sirt ostki qatlamida tarqalgan
ko‘rinishda sodir bo‘ladi (Rasm 1.2). 
Tanlanma korroziya - komponent-tanlanma va struktura-tanlanma turlarga
bo‘linib, kristalitlararo va tig‘simon ko‘rinishlarda uchraydi. Rasm 1.1. 
Umumiy korroziya turlari: a - tekis korroziya ; b - notekis korroziya 


Rasm 1.2. Maxalliy korroziya turlari: a - dog‘; b - yarasimon; v - nuqtasimon; 
g- sirt osti; d - ipsimon; ye - bo‘ylama.
Tajavvuzkor muxitlarning va tashqi yoki qoldiq kuchlanishlarning
birgalikda ta’sirida - korrozion darz ketishi, o‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’sirida
korrozion charchash xodisalari ro‘y beradi. 
Korrozion 
muxitlarda 
detallar 
sirtlarining 
o‘zaro 
siljishi 
yoki 
ishkalanishlarning birgalikda ta’siri natijasida metall sirtlari yemirilishi hodisasi 
korrozion eroziya deyiladi. 
Korrozion erroziya
ishkalanishdagi korroziya
va
fretting-korroziya
ko‘rinishlarda bo‘ladi. 
1.3. Korrozion-mexanik shikastlanishlar 
Metallarda tashqi muxit va kuchlanishlar ta’sirida sodir bo‘ladigan korrozion 
shikastlanishlar qo‘yidagi asosiy o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
a) metallarning yemirilishi xar doim sirtdan boshlanadi
b) korroziya natijasida metall sirti tashqi ko‘rinishlari o‘zgaradi; 
г 
д 
е 


v) korroziya natijasida metall sirtida hosil bo‘ladigan korrozion maxsulot oksidli 
yoki oksid gidratlari ko‘rinishiga aylanadi; 
g) korroziya metall sirtidan chuqurlikka qarab o‘sishi mumkin.
Metallarning korroziya va mexanik omillar ( kuchlanish, deformatsiya, 
ishqalanish va b.) ta’sirida shikastlanishi korrozion-mexanik shikastlanish
 
deyiladi.
Tashqi omillar ta’sirida umumiy korroziya jarayonlari detallarni ishlatilish 
sharoitida sodir bo‘lishiga ko‘ra har xil turlar va ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. 
Bulardan keng tarqalgani korrozion charchash, korrozion darz ketishi, ishqalanishda 
sodir bo‘ladigan korroziyalardir. 
Korrozion charchash
 
korrozion muxit va siklik kuchlanishlar ta’sirida metall 
va qotishmalarining yemirilish jarayoni natijasida yuzaga keladi. Korrozion 
charchashda darzlar hosil bo‘lishning asosiy omillari qo‘yidagilardir: 
- korrozion muxitning faolligi; 
- siklik kuchlanishlar ta’sir darajasi; 
- vaqt birligida yuklanishning sikllar soni
- qotishmaning mustahkamligi va kooroziyabardoshligi. 
Korrozion charchashning oldini olish uchun maqbul tarkibli legirlovchi
elementlar bilan legirlangan po‘latlar ishlatiladi. 
Korrozion darz ketish
 
juda tajavvuzkor muxitda statik cho‘zuvchi
kuchlanishlar ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. 
Korrozion darz ketishning qo‘yidagi sabablarini keltirish mumkin: 
- boyitilgan qattiq eritmali fazalardan ajralib chiqqan manfiy potensialli donalar 
chegarasining korroziya bardoshliligi kamligi; 
- qotishmada muxitga nisbatan noturg‘un strukturaviy tarkibning borligi; 
- struktura donalari chegarasida vodorodning ko‘payishi natijasida kristalitlararo 
mustaxkamlikning kamayishi; 
Korrozion darz ketishiga qarshi materiallarni tanlashda albatta ekperimental 
tadqiqot natijalariga asoslaniladi. 
Freting-korroziya sirt oksid qatlamlarining davriy ravishda yemirilishi va 
qaytadan hosil bo‘lishidir. Fretting-korroziya sirtlarning o‘zaro kontaklarida sodir 
bo‘lganligi uchun bu jarayonni kuzatish qiyinroq kechadi. Yemirilish jarayoni 
tezligi nisbiy ko‘chish sikllari soni va ko‘chish amplitudalariga bog‘liqdir. Fretting-
korroziyaga ishlaydigan juftlardan birini poliamidlar, polixlorvinillardan tayyorlash 
yaxshi samara beradi.
Metall sirtiga nisbatan katta tezlik bilan xarakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz 
oqimlari tezligi ta’siri tufayli erozion-kavitatsion shikastlanish sodir bo‘ladi.


Detallarning bir-biri bilan yoki muxit bilan ishqalanib ishlashda korroziya 
mahsulotlari abraziv sifatida ta’sir qiladi va sirtda korrozion jarayonlarni 
jadallashtiruvchi mikrokuchlanishlarni hosil qiladi. 
1.4. Korroziyaga qarshi ximoya usullari 
Metall 
buyumlarning 
korroziyadan 
shikastlanishi 
natijasida 
katta
yo‘qotishlar bo‘layotganligi, korroziyaga qarshi ximoya usullarini ishlab chiqishni 
taqozo etadi. Metall konstruksiyalarning tabiiy sharoitlarda atrof muxit ta’sirida 
ishlash davri juda qisqa bo‘lganligi tufayli amaliyotda ularning ishlash muddatini 
asosan qo‘yidagi to‘rtta usulda ximoyalash keng qo‘llaniladi: 
1) qurilma sirtini tashqi tajavvuzkor muxit tutashuvidan izolyatsiya qilish; 
2) korroziyaga bardoshli materiallardan foydalanish;
3) atrof muxitga uning tajavvuzkorligini kamaytirish maqsadida ta’sir qilish. 
4) yer osti metall qurilmalarini elektrokimyoviy usullarda ximoyalash 
usullarini qo‘llash;
Koroziyadan ximoya qilishning eng ko‘p tarqalgan usullari buyumlar sirtida 
korrozion chidamli sirt qatlamlari olishga qaratilgan. Metall sirtiga shu metalga va 
atrof muxitga nisbatan kimyoviy jixatdan inert va yuqori dielektrik xossalarga ega 
bo‘lgan moddalarni qoplash passiv usullarga kirib, bu usullarga turli xildagi 
mastikalarning qo‘llanilishi, plastmassalar, kompozitsion polimer materiallar, lak 
buyoqli qoplamalar, emalli qoplamalar kiradi. Bu materiallar sirtga suyuq holatda 
surtiladi, qurigandan so‘ng qattiq metall sirtida yetarli darajada mutaxkamlikuga va 
yaxshi adgezion (ilashuvchan) himoya qoplamasi (plyonka) hosil qiladi. Bu usulga 
maxsus yer osti qurilmalarini yotqizish usullari, masalan, quvurlarni maxsus 
kanallar (kollektorlar)ga yotqizish ham kiradi.
Buyumlarni maxsus eritmalar bilan ishlov berib ularning sirtida kam 
eriydigan metall tuzlarini olish, masalan, po‘lat buyumlar sirtida erimaydigan 
fosfatlar hosil qilish yoki aluminiy buyumlar sirtida aluminiy oksidini hosil qilish 
usullari mavjud. Bunda metall buyumlar sirtini passivlantiruvchi eritmalar bilan 
qoplash sirtning faol holatidan passiv holatga o‘tishiga asoslangan. Metall buyumlar 
sirtini boshqa metallar bilan qoplash usullari amaliyotda keng qo‘llaniladi. Po‘lat 
va qotishmalardan tayyorlangan detallarning sirti rux, qurg‘oshin, mis, xrom kabi 
metallar bilan qoplanadi. Bu qoplamalar ishlatilish jarayoniga ko‘ra anodli va 
katodli turlarga bo‘linadi.
Anodli
qoplamalarda qoplama materiali yemirilib, asosiy metallni
korroziyadan asrab qoladi. Masalan: Fe da Zn qoplamasi anodli qoplama vazifasini 
o‘taydi. 
Katodli
 
qoplamalarda sirtdagi ximoyalovchi qoplamaning yemirilishi 
natijasida yemirilish joylarida asosiy metallning korroziyasi sodir bo‘ladi. Masalan:


Zn da Fe qoplamasi. Tabiiy sharoitlarda metall sirtida hosil bo‘ladigan yupqa 
qatlamlarning ximoya ta’siri, ya’ni passivlanish jarayoni ham metallarni 
korroziyadan saqlanishga katta yordam beradi. 
Kislotali muxitlarda metallarning korrozion yemirilish tezligini kamaytirish 
maqsadida ingibitorlardan foydalaniladi. 
Po‘latlarning korrozion bardoshliligini oshirish uchun legirlovchi elementlar 
qo‘llaniladi. Legirlovchi element sifatida Cr, Ni elementlari ishlatiladi. Zanglamas 
po‘latlardan 12...13% Cr li, hamda 18% Cr va 8% Ni tarkibli xromnikel po‘latlar 
keng ko‘lamda ishlatiladi. Po‘latlarning korroziyaga bardoshliligini oshirish uchun 
termik va kimyoviy-termik ishlov berish usullari, hamda sirt tozaligini oshirishning 
mexanik usullari qo‘llaniladi. Shuningdek detallarni saqlashda mikroiqlim va 
ximoyalovchi atmosferalar hosil bo‘lishi kabi ximoya usullari mavjud.
Korroziyaga qarshi ximoya usullarini tadqiqot qilish asosan qo‘yidagi
yo‘nalishlarda olib borilmoqda: 
a) metallga ta’sir; 
b) muxitga ta’sir; 
v) kombinatsiyalashgan va kompleks ximoya usullarini ishlab chiqish. 
Sanoatda metall konstruksiyalarni katodli ximoya qilish, protektorlar 
yordamida va boshqa turdagi elektrokimyoviy korroziyadan ximoyalanish usullari 
qo‘llanilishi keng tarqalgan. 
Neft va gaz konlarida qo‘laniladigan quvurlar va rezevuarlar neft-gaz 
-suv tizimi xossalariga bog‘lik ravishda ichki korroziyaga va atrof muxit, atmosfera, 
tuproq va adashgan toklar ta’sirida tashqi korroziyaga uchraydi.
Ichki korroziyadan ximoyalanish uchun muxitga ta’sir qilinsa, tashqi 
korroziyadan ximoyalanish uchun esa metall sirtiga ta’sir qilinadi. Bu holda bir 
vaqtning o‘zida ikki tomonlama korroziyadan ximoyalanish alohida-alohida 
usullarda olib boriladi. 
Neft-gaz-suv tizimi tarkibida mexanik qo‘shimchalar va noorganik 
moddalarning bo‘lishi muxitning korrozion faolligini oshiradi va bir vaqtning o‘zida 
kimyoviy va elektrokimyoviy korrozion jarayonlarning kechishiga sabab bo‘ladi. 
Shuning uchun muxitga stabilizator yoki ingibitorlarning kiritilishi muximdir.

Download 6,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish