Noorganik moddalar kimyo texnologiyasi



Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/58
Sana18.05.2023
Hajmi6,04 Mb.
#940590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
MAJMUA KORROZIYA 2022 yangiyer (2)

Korroziya
- metallarning korrozion muxitlar bilan kimyoviy yoki 
elektrokimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida yemirilish jarayonidir.
Korrozion muxit - metallarning korrozion jarayonlar sodir bo‘lishiga olib 
keladigan tajavvuzkor muxit yoki atmosfera, kislotalar eritmalari, ishqorlar, tuzlar 
va boshqa muxitlardir. Ko‘pgina metallar tajavvuzkor muxitlar ta’sirida 
termodinamik noturg‘un bo‘lganligi uchun sirt oksidlanishi holatiga o‘tadi va vaqt 
o‘tishi bilan yemiriladi. Metallarning korrozion jarayonlar kechishi natijasida 
massalari kamayadi, zaruriy texnologik xossalari: mexanik mustahkamligi
plastikligi; qattiqligi kabi xossalari o‘zgaradi, ya’ni kamayadi. 
Korroziya jarayoni detallar va mexanizmlarning ishlash davrida ish 
qobiliyatining pasayishi va shikastlanib ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy 
yemiruvchi omillardan biri hisoblanadi. 


Korroziya natijasida yo‘qotishlarni 
bevosita
va 
bilvosita
usullarga bo‘lish 
mumkin. 
Bevosita korroziyadan yukotishga
buyumlarni ximoyalash uchun 
qilinadigan sarf-xarajatlar va metallning ish qobiliyatini yo‘qotish natijasida to‘liq 
ishdan chiqishi kiradi. Mutaxassislar xisob-kitobiga ko‘ra metallarning to‘liq ishdan 
chiqishi hozirgi vaqtda yiliga 10-15% ni tashkil etadi. 
Bilvosita korroziyadan yo‘qotishga
jixozlarning ish unumdorligi kamayishi 
natijasida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifati va hajmi kamayishi, hamda 
metallar sarfining oshishi kiradi. 
Neft va gaz sanoatida korroziya natijasida ko‘pgina jixozlarning ish 
unumdorligi kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa quvurlar, jumraklar 
va rezervuarlar shular jumlasidandir. 
Metallarning korroziyaga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati 
korroziyabardoshlik 
deyiladi. Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil
tashqi muxitlarda turlicha korroziya- bardoshlilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun
«Korroziyadan ximoyalash»
fanining asosiy maqsadi metall va qotishmalarining
ichki va tashqi muxitlarga bog‘liq ravishda korroziyaga uchrashi va ulardan 
ximoyalanish usullarini tadbiq qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Korroziyaga karshi ximoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish
davridagi tadbirlarga bo‘linadi va uning usullari korrozion eksperimental
tadqiqotlar asosida ishlab chiqiladi. 
1.2. Korroziya turlari va tasnifi 
Metall (material) lar ularni qurshab turgan muxit ta’sirida har xil tezlikda 
yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metall sirtining tashqi muxit bilan
kimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida bo‘ladi. 
Metall (material) larning atrof muxit bilan kimyoviy ta’siri natijasida o‘z-
o‘zidan yemirilishi
korroziya 
deyiladi. (lot. Sorrodere- 
o‘z o‘zidan yemirilish
). 
Korrozion jarayonlar metall sirtida sodir bo‘ladigan reaksiyalar 
mexanizmiga ko‘ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga bo‘linadi. 
Kimyoviy korroziya
metallning tajavvuzkor muxit bilan o‘zaro kimyoviy 
ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar orqali kechadi. Kimyoviy korroziyada metall 
sirti bilan suyuq yoki gazli muxitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir
bo‘lib, natijaviy elektr toki hosil bo‘lishi kuzatilmaydi. Korroziya metall sirtiga 
quruq gazlar va bo‘g‘lar, suyuq eletrolitmaslar (neft va uning maxsulotlari, 
spirtlar, mineral yog‘lar, organik birikmalar) ta’sirida kuzatiladi. 
Eletrokimyoviy korroziya
geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar bo‘lib, 
unga suvli eritmalarda, nam gazlarda, tuz va ishqoriy eritmalarda sodir 


bo‘ladigan jarayonlar kiradi va metallning muxit bilan o‘zaro ta’siri natijasida
elektr toki hosil bo‘lishi kuzatiladi. Elektrokimyoviy korroziyani sodir bo‘lish
sharoiti, muxitning xossalariga va boshqa turlarga ko‘ra tasniflash mumkin. 

Download 6,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish