8-ma’ruza
METALLARARO KORROZIYA. KORROZIYABARDOSH PO‘LAT VA
QOTISHMALAR.
REJA:
8.1.Metallararo korroziya.
8.2.Issiqbardosh materiallar.
8.3.Korroziyabardosh po‘latlar.
8.4.Korroziyaga chidamli rangli metallar.
8.1.Metallararo korroziya
Passivlik metall yoki qotishmalarning yuqori korroziyabardoshlik holatini
belgilaydi.
Korroziyabardosh po‘latlarning passivligi uning tarkibidagi asosiy legirlovchi
element xromning mikdoriga bog‘liqdir. Po‘latlarning passiv holatini ta’minlovchi
xromning eng kam mikdori 12 % . Ba’zi xollarda yanada yuqori korroziyabardosh
po‘latlar olish uchun faqat xrom bilan emas, kushimcha nikel, molibden (ayrim
xollarda mis, niobiy va boshka) kabi elementlar bilan legirlanadi.
Xromli, xromnikelli, xromnikelmarganesli po‘latlar va yuqori
legirlangan qotishmalar (shuningdek mis bilan legirlangan
aluminiy qotishmalari) ularning strukturalari buzilganda ba’zi
kimyoviy muhitlarda kristalitlararo korroziyaga moyildir.
8.2. Issiqbardosh po‘latlar.
Yuqori xaroratlarda (550
0
s dan ortik) gazli muhitdagi korroziyaga
chidamli po‘latlar issiqbardosh po‘latlar deyiladi.
Po‘latlarning issiqbardoshliligi ularning yuqori xaroratlarda oksidlanishga
qarshiligini tavsiflaydi. Oksidlanish jarayonning boshlanishi kimyoviy jarayon
bo‘lib, uning davomi murakkab bir vaqtning uzida oksidlanish va kislorodning
oksid qatlamdan diffuziya orqali utib metalni oksidlaydi. Oksidlanishga
bardoshliligini oshirish uchun po‘latlar legirlovchi elementlar bilan legirlanadi.
Oksidlanish davrida zich oksidlar Cr
2
O
3
, Al
2
O
3
yoki SiO
2
hosil bo‘ladi va
kislorod diffuziyasi kiyinlashib yupqa oksid qatlami usishi tuxtaydi. Po‘latlarda
xrom, aluminiy yoki kremniyoning ko‘p bo‘lishi po‘latlar issiqbardoshligini yanada
oshiradi. Yuqori xaroratlarda (900
0
S da) tarkibida 10 % Cr dan kam bo‘lmagan
po‘latlar, 1100
0
S xaroratda 20... 25% Cr li po‘latlar qo‘llaniladi.
8.3. Korroziyabardosh po‘latlar.
Elektrokimyoviy, kimyoviy, kristalitlararo va boshka turdagi
korroziyalarga chidamli bo‘lgan po‘latlar korroziyabardosh (zanglamas)
po‘latlar deyiladi.
Po‘latlarning korroziyabardoshliligi ularning tarkibiga sirtida mustahkam
yupqa himoya qatlami hosil kiluvchi elementlar bilan legirlash orqali
erishiladi. Yupqa himoya qatlamlari asosiy metall bilan mustahkam birikib,
po‘lat sirtini tashki agressiv muhitlar ta’siridan saklaydi, xamda xar xil
agressiv muhitlarda po‘latlarning elektrokimyoviy potensialini oshiradi.
Elektrokimyoviy korroziyaga chidamli bo‘lgan xromli, xromnikelli,
xromnikelomarganesli zanglamas po‘latlar agressiv muhit va sharoitiga bog‘liq
ravishda tanlanib ishlatladi.
Xromli po‘latlar strukturasi xavoda sovutilgandan keyin ferrit, martensit-
ferrit yoki martensitli strukturalarga ega bo‘ladi. Bu turdagi po‘latlarning
korroziyabardoshligi termik ishlov ( toblash va yuqori dam) berish, jilvirlash
va saykallash bilan oshiriladi. Bunday po‘latlarda uglerod va azot
kristalitlararo korroziyaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Po‘lat tarkibidagi nikelning ko‘payishi oltingugurt komponentli-tanlanma
korroziya turiga olib keladi. Xromnikelli austenit po‘latlari kimmat bo‘lganligi
uchun nikel bir kismi marganes bilan almashtiriladi. Natijada olingan
xrommarganesnikelli austenit po‘latlar yuqori mustahkamlikga ega bo‘ladi.
Kislotali muhitlarda yuqori korroziyabardoshlikga ega bo‘lgan metallar
Mo, No, Ta, W bilan legirlangan nikelmolibdan va nikelxromomolibdan
qotishmalar shular jumlasidandir. Qaytarilish tasnifidagi muhitlarda Ti - Mo
tizimi, oksidlanish-qaytarilish tasnifidagi muhitlarda Ni-Cr-Mo tizimi
asoslaridagi qotishmalar ishlatiladi.
Bu qotishmalar tarkibida S juda kam bo‘lganligi uchun kristalitlararo
korroziyaga juda bardoshli. Qotishmaning korroziyabardoshligi optimal
qiymatlari, 1070
20
0
S da (davomiyligi 5 min/mm kalinlik ) kizdirib suvda
sovutib, toblash bilan erishiladi. Shuningdek korrozionbardosh po‘latlar, bronza,
Ni, Fe, Ti, Al va boshka materiallar kukunlaridan govakligi 45..50 % bo‘lgan
kukun materiallari-vtulka, quvur kabi korroziyaga chidamli tozalagichlar
tayyorlanadi. Bu detallar suyuklik va gazlarni mexanik kushimchalardan
tozalaydi. Kukunlar metallurgiyasi xar xil turdagi yangi materiallar olishi
imkonini beradi. Kukunlar metallurgiyasi texnologik jarayoni soddaligi va
yuqori unumdorligi bilan traditsion texnologiyalardan fark kiladi. Kukunlar
metallurgiyasi yordamida kerakli kompleks xossalariga ega bo‘lgan
materiallarni olish imkonlari mavjud.
8.4. Korroziyaga chidamli rangli metallar.
Mis va uning qotishmalari. Mis yuqori elektr va issiklik utkazuvchanligi,
yaxshi korroziyabardoshligi kabi xossalarga ega.
Misning normal elektrod potensiali: Cu
Cu
+
jarayon uchun + 0,52 V,
Su
Cu
2+
jarayon uchun +0,35 V bo‘lganligi uchun Cu
2
+
ionlarining hosil
bo‘lishi extimoli katta. Misning 3% li NaCl eritmasida doimiy potensiali +
0,05V, 1n. HCl eritmasida + 0,15 V.
Xona xaroratida quruq Cl, Fe, Br va I misning korroziyasiga sezilarli
ta’sir kilmaydi, namlik oshganda ular agressivlashadi.
Oltingugurt va uning birikmalari, xamda ammiak va uning birikmalari
misni kuchli yemiradi. Xavoda va suvda mis chidamli hisoblanadi. Oksidlovchi
muhitlarda
( HNO
3
:H
2
SO
4
) mis tezda korroziyaga uchraydi (rangi xiralashadi).
Mis kislorod bilan Cu
2
O hosil kiladi, bu esa uning texnologik va
korrozion xossalariga salbiy ta’sir kiladi.
Mis asosida muhim sanoat qotishmalari (latunlar, bronzalar va b.
qotishmalar) olinadi. Tarkibida 15% Zn bo‘lgan latun oltinsimon rangga ega,
atmosfera korroziyaga qarshi chidagani uchun oltin urniga medal va badiiy
buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Latun tarkibiga 1,5% gacha kurgoshin (Rv) qo‘shilgan qotishma dengiz
suvida korroziyaga qarshi yaxshi chidaydi, shuning uchun dengiz (admiral)
latuni xam deb ataladi.
Latun tarkibida ruxning 20...30% bo‘lishi korrozion darz ketishiga olib
ketishi sababli uning tarkibiga kremniy ( 0,5%) va marganes (1%) qo‘shiladi.
Misning kurgoshin, aluminiy, kremnыy, berilliy, kadmiy, xrom va boshka
elementlar bilan qotishmalari bronzalar deyiladi.
Bronzalar yuqori kimyoviy bardoshlikka ega. Bronzalar ichida kremniyli
bronza kuymalari eng yuqori korroziyabardoshlikka ega.
Aluminiy. Sanoatda ishlatilishi buyicha Fe dan keyin 2 urinda turadi.
Aluminiyning normal eletrod potensiali - 1,67V, termodinamik jixatidan faol
hisoblanadi.
Passivlanish kobiliyati natijasida suvda, atmosfera sharoitlarida, neytral
va kuchsiz kislotali eritmalarda chidamlidir. Aluminiy sirti passiv holatda
Al
2
O
3
yoki Al
2
O
3
H
2
O dan iboart yupqa qatlam bilan qoplangan bo‘ladi.
Aluminiy gazli muhitlarda erish xaroratigacha (600
o
S) turgun bo‘ladi.
Aluminiy NSl, HClO
4
, H
3
PO
4
ishkorlar, oxak va betonlarda chidamsiz.
Aluminiy va uning qotishmalari (kimyoviy bo‘yoqlar bilan) sanoatda keng
qo‘llaniladi.
Texnik aluminiy korroziyaga chidamli, payvandlanuvchan bo‘lganligi uchun
xar xil quvurlar, kabellar, eshiklar, idishlar, sut uchun sisternalar va b. yuklanishlar
bo‘lmagan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Aluminiyning duralyumin, silumin kabi kuyma qotishmalari, granula va
kukun kurinishidagi qotishmalari xozirgi paytda keng kulamda qo‘llaniladi.
Magniy va uning qotishmalari. Magniy korroziyabardosh metall hisoblanadi.
Uning turgun potensiali - 2,37 V, 0,5 n NSl eritmasidagi statsionar potensiali -
1,45 V. Manfiy elektrokimyoviy potensial bo‘lishiga karamasdan passivlanish
kobiliyati yuqori korroziyabardoshligini belgilaydi.
Magniy xromli va vodorod bariy kislotalar ishkorlarda, atmosfera va
distillangan suvda chidamli, kuchlanishlar ta’sirida tezda darz yeydi.
Magniy kimyoviy faol bo‘lganligi uchun xavoda MgO oksid qatlamini hosil
kiladi. Bu oksid qatlami himoyalash kobiliyatiga ega emas, shuning uchun sirti lak
bo‘yoq bilan surtiladi.
Magniy qotishmalari zichligi kam, yuqori solishtirma mustahkamlikga ega va
tebranishlarni yaxshi sundiruvchanligi uchun aviatsiya va raketa texnikasida keng
qo‘llaniladi, tok manbalari uchun anodlar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |