1.2. BUG`LATKICHLAR TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPLARI
Bug`latish qurilmalarini klassifikastiyalash usullari ko`p. Lekin, bug`latish qurilmalarini ishlash intensivligini xarakterlovchi eritma sirkulyatsiyasining turi va karraligi klassifikastiyalashning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida uch xil bug`latish qurilmalari keng tarqalgan:
1. Erkin (tabiiy) sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari;
2. Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari;
3. Yupqa qatlamli (plyonkali) bug`latish qurilmalari.
Zamonaviy bug`latish qurilmalarining isitish yuzalari 10...1800 m2. Bug`latkichlar konstrukstiyalarini tanlashda eritmalarning fizik va issiqlik xossalari, kristallinishga moyilligi, yuqori temperaturalarga chidamliligi, har bir korpusdagi foydali temperaturalar farqi, issiqlik almashinish qurilmasining yuzasi, texnologik xususiyatlari hisobga olinishi zarur.
Bug`latish qurilmalari uglerodli, legirlangan va ikki qatlamli po`latlardan tayyorlanadi.
Quyida, sanoatda eng keng tarqalgan, tipik bug`latkichlar konstrukstiyalari keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |