Non-ulug' ne'mat



Download 1,71 Mb.
Sana29.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#98083
Bog'liq
Non-ulug' ne'mat

Non-ulug' ne'mat

Tuzuvchi : Urinova Farog'at

Non isi (Rivoyat) Bir kuni Husayn Boyqaro: — Dunyodagi eng xush bo‘y narsani keltiring, — deb qolibdi. Unga dunyodagi jamiki xushbo‘y narsalarni keltirishibdi. Sulton: — Yo‘q, — debdi. Vazirlar nima qilishni bilmay, boshlari qotibdi. Axiyri topolmasdan Alisher Navoiyga murojaat qilishibdi. Navoiy saroyga bir savat non olib borishni maslahat beribdi. — Rahmat, do‘stim, — debdi Husayn Boyqaro, — yangi yopilgan non isini istayotgan edim, topib aytibsiz.


Savollar:

1. Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi?

2. Navoiy vazirlarga qanday maslahat berdi?

3. Non haqida qanday maqol va hikmatli so‘zlarni bilasiz?


Non haqida she’rlar :

Non.. . Shu uch harfdan iborat bo`lgan so`zda qanchalar ma`no bor. Non bu - hayot, non bu – mo`l- ko`lchilikdir. U barcha ne`matlar ichida eng kerakli mahsulotdir.


Non haqida gapirsam, So`zim tamom bo`lmaydi. Siz ham o`ylang, bolalar, Lekin yomon bo`lmaydi. Har kun har yerda, Insonga do`st qadrdon. Non qadrini bilamiz, Hammamiz ham yoshlikdan. Non - tinch turmush, mo`llik, To`yu-u, havas non bilan. Non haqida so`z borsa, Eshitaman jon bilan.

Shirmoy non


Qizil yuzli shirmoy non, Quvvat, vitaminga kon. Issiq, shirin, bo‘rsildoq, Unga shaydir dasturxon.   To‘kmasdan ushog‘ini, Sevib avaylab yeymiz. Mazali, xushta’m deya, Novvoyga rahmat deymiz.

Onam tongda turib, Yopdi issiq non. Shu payt tandir tomon Yo‘l oldim shodon.   Singlim juda chaqqon, Yozdi dasturxon. Totli nonushtaga Keldi qaymoq, non.   Non mo‘tabar, aziz – Aziz onam ham. Bunday ifor yakka, Yo‘qdir bunday ta’m


Non hidi

Non qadri (hikoya)


Sanobar bugun maktabdan kech qaytdi. Ustini apil-tapil almashtirib, oshxonaga chopdi. Uning oyisi oshxonada shoshib ovqat tayyorlayotgan edi. – Oyijon, tezroq ovqat bering, qornim juda ochib ketdi, – dedi Sanobar. Dildora opa esa: – Qizim, ovqatim hali tayyor bo‘lmagandi. Non bilan tokchada turgan murabbodan yeya qol, – dedi. Bu gap Sanobarga yoqmadi. – Non ham ovqatmi? – deb oldida turgan yarimta nonni hovliga olib chiqib kuchukka berib yubordi. O‘zi esa xonasiga kirib ketdi. Dildora opa qizidan xafa bo‘lib qoldi. Chunki bugun o‘zi ham ishdan kech qaytganligi tufayli ovqati hali tayyor bo‘lmagan edi. Shu payt Sanobarning dadasi ham ishdan keldi. Dildora opa bo‘lgan barcha voqealarni Davron akaga aytdi. 

Davron aka biroz o‘ylanib turdi, so‘ng menda zo‘r fikr bor, deb Dildora opaga bir nimalarni tushuntirdi. Oradan bir kun o‘tdi. Bugun ham Sanobar xuddi kechagidek maktabdan kech qaytdi. Ustini almashtirdi-yu, oshxonaga kirdi. Barcha oila a’zolari – dadasi, oyisi, ukasi Dilshod ham dasturxon atrofida tushlik qilishayotgan ekan. Sanobar o‘z o‘rniga o‘tirdi-yu, oyisidan ovqat so‘radi. Oyisi uning oldiga bir kosa sho‘rva olib keldi. Sanobar ovqatdan ozgina ichib, dasturxondan bir narsani izlay boshladi. Ammo u stol ustida yo‘q. Sanobar oyisidan non so‘radi. Oyisi esa: – Sanobar, uyda non tugab qoldi, dadangga aytgan edim, non olib kelish yodidan ko‘tarilibdi, men esa xamirni endi qordim. Kecha nonni tashlab yubormaganingda hozir yetar edi. Bizlar yarimta nonni bo‘lib yedik, senga esa qolmadi, – dedi. Shunda Sanobar: – Menga ham olib qolsalaringiz bo‘lar edi-ku! – dedi. Dildora opa esa: – Kecha o‘zing non ham ovqatmi, degan eding-ku! – dedi. 

Shu payt Sanobar qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, yig‘lab yubordi. Bir ozdan so‘ng Dildora opa qutida turgan ikkita nonni Sanobarning oldiga qo‘ydi. Qiz esa hech narsaga tushunmay hayron bo‘lib qoldi. – Bizlar sening non qadrini anglab yetishingni istagan edik, – dedi dadasi.

Maqollar :


Non bolasi — non ushoq. Non bo'lsa bas, O'zgasi havas. Non qadrini och bilar, Kiyim qadrini — yalang'och. Non qon bo'lsa, qon — jon.

Non ham non, ushog'i ham non. Nonvoyga non aziz, Tegirmonchiga - un. Nonga e'tibor — elga e'tibor. Nonga hurmat — elga hurmat.


Topishmoqlar :

Mushtlab-mushtlab urarlar, Muncha gunoh qilibman. O’tga solib yoqarlar, Muncha osi bo‘libman. Muncha meni xorlarlar, Bilmam nima qilibman. Muncha meni sevarlar, Qanday shirin bo‘libman.

Sovuq kirib, Issiq chiqar.

Oq otdim, Qizil oldim.

Xom soldim, Pishiq oldim.

E’tiboringiz uchun


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish