I.Tashkiliy qism: Salomlashish; o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
III.Yangi mavzu bayoni:O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
317-mashq. She’rni ifodali o‘qing. She’rga sarlavha toping va husnixat bilan ko‘chiring.
O’zbekiston Sahrolar gul ochar senda.
Samolar nur sochar senda.
Yulduzlaring so‘nmasin hech.
Bag‘ringga g‘am qo‘nmasin hech.
Mening uchun aziz bo‘ston,
O‘zbekiston, O‘zbekiston!
(Mirpo‘lat Mirzo)
Тinish belgilarining qo‘llanishiga e‘tibor bering.She‘rda nechta gap borligini ayting. 5 ta Samo so‘ziga ma‘nodosh so‘zlar toping. J: osmon ,ko’k. 318-mashq.O‘qing. Gaplarning chegarasini aniqlang. Gaplar qanday mazmun bildiryapti? Ularning oxiriga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
Boybo‘ri o‘g‘lining otini Hakimbek qo‘ydi. Hakimbek olti yoshga to‘ldi.U Alpinbiy bobosidan qolgan yoyni ko‘tarib tortdi. Yoy Asqar tog‘ining katta cho‘qqisini yulib ketdi. Dunyodan bir kam to‘qson alp o‘tdi.Alplarning boshlig‘i Rustami doston edi oxiri Alpomish alp bo‘ldi. („Alpomish“ dostonidan) Gaplarni so‘roq gaplarga aylantirib yozing.
Namuna: Boybo‘ri kimning otini Hakimbek qo‘ydi? Hakimbek nechi yoshga to’ldi ? qaysi bobosidan qolgan yoyni ko’tarib tortdi? Yoy Asqar tog’ining kata cho’qqisida nima qildi? Dunyoda nechta alp o’tdi ?Alplarning boshi va oxirida kimlar bor edi?
alp – bahodir, pahlavon
Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yiladi?
Gapni qanday harf bilan boshlaysiz?
IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash:Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.