Nom qo‘yish san’ati


Qiyosiy-chog’ishtiruv metodi



Download 71,63 Kb.
bet9/13
Sana25.09.2022
Hajmi71,63 Kb.
#850244
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Onomastika Mustqail ish

Qiyosiy-chog’ishtiruv metodi. Ushbu metodda qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning materiallari asosida onomastik masalalarga munosabat bildirish yo‘lidan boriladi. Nukus, Karmana, Poyariq, Parkent, Olmaota, Kasbi, Zomin, Gulisafsar singari nomlarni ushbu metodda tahlil qilish maqsadga muvofiq. Bunda yonma-yon yashayotgan qardosh hamda qardosh bo‘lmagan tillarning nomshunoslikka xos xususiyatlarini to‘plangan materiallarga tayanib e’tiborga olish zarur bo‘ladi.
Areal (hududiy) metod. Mazkur metodda esa ajratib olingan ma’lum bir hududdagi onomastik birliklar birma-bir, birin-ketinlik asosida talqin etiladi. Bunda o‘sha hududga xos va mos keladigan nomlar, nomlanish tamoyillari, nomlarni talqin etish yo‘llari haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Morguzar//Molguzar, Ishtixon, Suvtushar, Qoryog’di, O‘g’iloy, Yodgor, Bolta, Ketmon, To‘xtasin, Kimsan,Toshkan kabi nomlarni talqin va tahlil etishda, areal metodning materiallari va dalillari majmuidan bemalol foydalanish o‘rinli.
Semiotik metod. Bu metodda so‘zlar asosiy rol o‘ynamaydi, balki topoob’ektlar ifodalaydigan ishora, belgilar majmui va ularning so‘z shaklidagi ifodasi-yu ma’nosi yetakchi vazifani amalga oshiradi. Bunga misol tariqasida, Qirqqiz tog’i, Yakkatog’, Yakkabog’, Sinabog’ qishlog’i, Sina tepaligi, Xolboy, Xolli, Xolmat, Ayirg’i arig’i, Odamtovi kabi bir qancha nomlar misol bo‘ladi. Natijada, bir obyektning, bir kishining ikki nomga ega bo‘lib qolish hollarini ham mana shu semiotik metod vositasida talqin etib, tushuntirish mumkin bo‘ladi.
Stilistik metod. Ayni shu metodda turli manbalar, badiiy matnlar va nutqdagi nomlarning uslubiy talqinini berish va misollar vositasida talqin etish o‘rinli bo‘ladi. Shu o‘rinda, manbadagi nomlarga oid uslubiy xususiyatlar qidiriladimi, albatta, ularning takror qo‘llanishi, buzib aytilishi kabi hollar e’tibordan chetda qolmasligi shart. Bunday metod bilan ma’lum bir ijodkor asarlaridagi nomlarning uslubiy xosligini talqin etish mumkin. Badiiy adabiyot tilining lug’at tarkibiga bag’ishlangan tadqiqotlar jumlasiga X.Mamadov, Q.Samadov va E.Qilichevlarning ilmiy ishlarini ko‘rsatish mumkin. X.Mamadovning Alisher Navoiy prozasining leksik-stilistik xususiyatlari haqidagi tadqiqotining birinchi bobida shoir prozasining leksikasi genetik (shu jumladan, ba’zi nomlar ham kelib chiqish nuqtayi nazaridan) jihatdan tasnif qilinadi (umumturkiy, o‘zbekcha, fors-tojikcha va arabcha so‘zlar o‘rganilgan.
Q.Samadovning ilmiy tadqiqotlarida Oybekning tildan ijodiy-individual foydalanish mahorati, yozuvchining nutqiy jarayondagi novatorligi hamda badiiy ijod jarayonida yozuvchining so‘z tanlash mahorati, xususan, nomlardan foydalanishishi ilmiy tahlil va talqini ko‘rsatilgan. Shuning uchun ham muallifning Oybek asarlari tiliga oid ilmiy tadqiqotlari, E.Qilichevning tadqiqotlarida S.Ayniy asarlariga xos bo‘lgan uslubiy xususiyatlar, S.Karimovning shoira Zulfiya asarlari tilining ilmiy tadqiqiga bag’ishlangan ishlarida bu metod ularda qo‘llanilgan nomlarga nisbatan ham o‘rinli ishlatilgan. Albatta, ularda leksik birliklar majmuida umuman nomlarga ham e’tibor qaratilganligi ularning uslubiy xususiyatlari hisobga olinishi maqsadga muvofiq.

Download 71,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish