8.O‘zbek tilshunosligida onomastik birliklarni o‘rganish usullari
Nomshunoslikda qo‘llanadigan metodlar tushunchasiga oydinlik kiritish lozim. Har bir sohaning o‘z o‘rganish obyektlarini tadqiq etish metodlari bo‘lgani kabi “O‘zbek nomshunosligi”da ham qo‘llanadigan bir qancha metodlar bor. Ularning mazmuni va talqinida nomshunoslikka oid dalillarning e’tiborga olinishini nazardan chetda qoldirmaslik shart. Nomshunoslik, ya’ni onomastika ham tilshunoslikning ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan alohida bir sohasi sifatida tavsifiy, tarixiy, qiyosiy- НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 6-сон 237 chog’ishtiruv, areal (hududiy), semiotik, stilistik, lingvopsixologik metod, statistik metod singari o‘ziga xos metodlar tizimi bilan ish ko‘radi. Shuningdek, nomshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanib kelinayotgan metodologiya esa dunyoni ilmiy bilishga qaratilgan dialektik bilishning nomlarni yig’ish, to‘plash, jamlash, kartotekalashtirish, bilish, tushunish, anglab yetish, ilmiy asoslarda tahlilu talqin qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishning nazariy va amaliy qonuniyatlari, yo‘l-yo‘riq, ko‘nikmalarining majmuyi sanaladi. Bularni amalga oshirishda, albatta, nomlarga tegishli materiallar ko‘p bo‘lishi shart. Umuman, nomlar, ya’ni toponimlar ham, gidronimlar ham, etnonimlar ham, kishi nomlari ham, “oltin bitik”lar deb to‘g’ri aytilgan .
Quyida nomshunoslikka oid tadqiqotlarda qo‘llanadigan metod(usul)lar to‘g’risida qisqacha to‘xtalamiz:
Tavsifiy metod. Unda onomastik (nomshunoslik)ka oid birliklarga tavsif berib borish yo‘lidan boriladi. Zero, nomlarga tavsif berish uchun o‘sha xalq, urug’ va ellarning nom berishga oid tamoyillarini, nomlarni izohlash va etimologik tahlil qilish yo‘llarini bilib olib, so‘ngra yakuniy fikrga kelish maqsadga muvofiq. Hojimaydon, Qiyot, Saksonkapa, Beltepa, Pisandi, Elshod, Elyor, Azizbek, Aziza, Farrux, O‘lmas, Qo‘rqmas, Tursunoy, O‘g’iloy, Go‘shtkuydi, Qoryog’di, Tupli, Hulkar, Mamarajab, Mamad, Eshtemir, Normurod, Xolmat, Eshmat, Toshmat kabi nomlarni tavsiflab berish uchun ular mansub bo‘lgan urug’, xalqning an’analarini, shevaga oid bo‘lgan lingvistik xususiyatlarni e’tiborga olish zarur bo‘ladi.
Tarixiy metod. Bunda tarixiy taraqqiyotdagi til va tariximiz, madaniyatimizning rivojlanish bosqichlari zaminida kerakli hamda ishonarli dalillar ashyoviy manbalar sifatida jamlanib, ma’lum bir xulosaga kelish yo‘lidan boriladi. Albatta, unda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar majmui bo‘lgan tarixiy voqea, hodisalar nomlarining keltirilishi va dalillar vositasida asoslanishi hal qiluvchi rolni bajaradi. Qo‘shko‘pir, Tayloq, Farg’ona, Namangan, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qamashi kabi nomlarni tarixiy metodda tahlil qilish mumkin. Bu metod bilan nomlarni, shu jumladan, tarixiy toponimlarni o‘rganishning nazariy, ilmiy va uslubiy asoslari: hududiylik, tarixiylik va til jihatdan mansublik masalalarga munosabat bildirish imkoniyati yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |