Dasturlash tili
|
Yaratilgan yili
|
Plankalkeul
|
1946
|
Qisqa kod
|
1949
|
Assembler “Edsak”
|
1950
|
AO
|
1950
|
Avtokod “Madlen”
|
1953
|
Tezkor kodlash
|
1955
|
A-2, Flou-metik
|
1956
|
IPL-1, Mat-metik
|
1957
|
Format
|
1958
|
Algol 58
|
1959
|
APT,LISP,Kobol, Algol-60
|
1960
|
Dasturlash tili
|
Yaratilgan yili
|
PL/1, Beysik
|
1964
|
Algo W
|
1965
|
Logo
|
1968
|
Algol 68
|
1968
|
APL
|
1969
|
Paskal
|
1970
|
Fort
|
1971
|
Prolog, C(si)
|
1972
|
Ada
|
1972
|
Smoltok
|
1980
|
Bugungacha yaratilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani va ko’p foydalanilayotgani Paskal dasturlash tilidir.
Paskal dasturlash tilini 1969- yili N.Virt ishlab chiqdi. Paskal tili dasturlashni o’rgatish maqsadida ishlab chiqilgan bo’lsa-da, yuqori malakali dasturchilar orasida keng tarqalgan.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Dasturlash tilllari qanday guruhlarga bo’lib o’rganiladi?
Dastur deb nimaga aytiladi?
Qanday dasturlash tillarini bilasiz?
Birinchi dasturchi kim bo’lgan?
Paskal dasturlash tili qachon yaratilgan?
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib, konspekt yozib kelish.
Sana : 19.09 2013 yil Sinf : 9- sinf
Мавзу: Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti
Maqsad: a)tа’limiy: O’quvchilarni Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti bilan tanishtirish , o’quvchilarni kompyuter bilan ishlash madaniyatini shakllantirish. o’quvchilarni irodalarini mustahkamlash,yangilikka intilishiga o’rgatish
b)rivojlantiruvchi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzuni shakllantirish
c)tarbiyaviy: o’quvchilarda vatan ravnaqiga hissa qo’sha oladigan komil inson ruhida tarbilash
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars metodi: Aralash
Dars jihozi: Kompyuter, ekran, doska, bo’r, kitob, daftar
Yangi mavzu bayoni
Paskal dasturlash tilining keng tarqalishi va qo'llanilishiga asosiy sabab - dasturning soddaligi va undan foydalanishning qulayligidir. Dastavval Paskal tili universitetlarda qo'llanilgan bo'lib, keyinchalik uning turli rusumli kompyuterlar uchun naqllari ishlab chiqildi. 1981- yilda Paskal tilining xalqaro standard taklif etildi. Paskal tilining Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Turbo Pascal 7.0 naqlidan hozirgi davrda keng foydalaniladi. U foydalanuvchilar uchun juda qulay tizim - dasturlashning integrallashgan muhitiga ega.
Integrallashgan muhit — dasturlashga yordamlashuvchi dastur bo'lib, u quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:
• avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi;
• vaqti-vaqti bilan kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi;
• dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo'lishi;
• sintaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo'lishi kerak. Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti sanab o'tilgan vazifalardan
tashqari yana ko'pgina vazifalarni ham amalga oshirish imkonini beradi. «Turbo Pascal 7.0» dasturlash tizimi tashqi xotiraning, odatda,
«TP7» nomli katalogiga joylashtiriladi (umuman olganda boshqa
katalogga joylashtirish ham mumkin). U yuzdan ortiq fayldan iborat
bolib, fayllar vazifalariga qarab bir nechta kataloglarga joylashtirilgan (1-rasm). Turbo Paskal integrallashgan muhitini ishga tushiruvchi Turbo.exe fayli «BIN» katalogida joylashgan.Qolgan kataloglarda asosan yordamchi fayllarhamda Turbo Paskalning irnkoniyatlarini namoyish etuvchi dasturlar joylashgan. Masalan, «BGI»katalogida grafik holatda ishlash uchun zarur fayllar joylashgan.
Turbo Paskalning qolgan katalog va fayliari haqida darslikda keltirilgan qo'shimcha adabiyotlar ro'yxatidagi qo'llanmalardanyetarlicha ma'lumot olishingiz mumkin.Turbo.exe fayli ishga tushirilgach, ekranda Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi ochiladi. U menyular satri, oynalar sohasi
va ma'lumot satridan iborat (2-rasm). Turbo Paskalda bir nechtaturdagi oynalar bo'lib (3-rasm), ulardan eng muhimi dastur matnimuharriri oynasidir. Bu oynani hosil qilish uchun File menyusining New (Yangi) buyrug'ini tanlash yetarli.
Menyular satriga o'tish uchunF10 klavishi bosiladi. So'ngrachapga yoki o'ngga yo'nalish klavishalari yordamida kerakli menyuni tanlablENTERl klavishi
bosiladi. Kerakli menyuni «sichqoncha» yordamida ham tanlashmumkin.
Turbo Paskal integrallashganmuhiti interfeysi matn muharririning interfeysiga o'xshaydi.
Unga dastur matni dastur muharririoynasida matn muharriridagi kabiyoziladi. MS Worddagi kabi TurboPaskalda ham bir nechta oyna ochib, ularning har biri bilan alohidaishlash imkoniyati mavjud. Bu bir vaqtda bir nechta dastur bilanishlash imkonini beradi. Joriy vaqtda ishlanayotgan oyna faol oyna deyiladi (faol oyna 3-rasmda ikki qatlamli chegaraviy chizig'i bilanajralib turibdi). Dastur matni muharririda matn nomiNONAME00.PAS kabi tavsiya etilayotgan bo'lib, matn nomi nomsizOO va fayl kengaytmasi pas bo'lishini bildiradi.
File (Fayl) menyusi Open (Ochish - tashqi xotiradagi faylni tezkor xotiraga yuklash), Save (Saqlash), Save as (boshqa nom bilan saqlash), Exit (chiqish), Edit (Tahrir) menyusi Cut (qirqib olish), Copy (nusxa olish), Paste (joylashtirish), Run menyusi dasturni ishga tushirish, Compile menyusi dasturni kompilyatsiya qilish (dasturni «mashina tili»ga o'girib «EXE» kengaytmali fayl ko'rinishida saqlash) amallarini o'z ichiga oladi.
Menyular tarkibidagi amallarni ma'lum (tezkor) klavishlarni bosish orqali ham bajarish mumkin. Quyidagi jadvalda asosiy amallarni bajarishga mo'ljallangan klavishlar ro'yxati keltirilgan:
faol oynani yopish
Do'stlaringiz bilan baham: |