Nogironlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalashning zarurligi, ahamiyati va huquqiy asoslari


Nogironlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalashning zarurligi, ahamiyati va huquqiy asoslari



Download 263,73 Kb.
bet2/16
Sana01.01.2022
Hajmi263,73 Kb.
#293907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
pensiya kurs ishi

1.Nogironlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalashning zarurligi, ahamiyati va huquqiy asoslari

Davlatning eng asosiy funktsiyalaridan biri ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholini siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy kafolatli himoya qilishdir. Har bir mamlakat ijtimoiy himoya tizimining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari jamiyat ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining darajasidan dalolat beradi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 25-moddasida “Har bir inson ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun jamg‘ar bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega” 2 ekanligi ko‘rsatilgan. Bu aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi tomonidan ta’minlanadi. 2006 yil 13 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining 61/106-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiya” hamda “Nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyaga Fakultativ protokol” ana shu xalqaro hujjatlarning asosiylari hisoblanadi. Ularda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qadrqimmatlarini rag‘batlantirish va himoya qilish, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini va bu huquqlardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlash tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Ushbu Konventsiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta’lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo‘sh vaqtni o‘tkazish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishda ishtirok etish, o‘zlari va oilasi uchun etarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lish va ijtimoiy yordam huquqlari e’tirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan. Bunda, ayniqsa, nogiron ayollar, bolalar va keksalar huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiya”sini imzolagan. Mamlakatda nogironlarning barcha huquq va erkinliklarini ta’minlashning mustahkam huquqiy asoslari ham yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan nogironlarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qullab-quvvatlash maqsadida quyidagi qonunlar qabul qiligan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1991 yil 18 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi 422-XII-sonli Qonuni qabul qilingan, 2008 yilda hukumatimiz tomonidan ushbu qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirrishlar kiritilgan. 2011 yil 8 sentyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 252-sonli Qarori, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “2011–2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va ular ijrosi sobitqadamlik bilan ta’minlanayotganligi buning yaqqol dalolatidir. Mazkur amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida, ularning ijtimoiy yordam hamda himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilish dasturlari amalga oshirilishini, ularning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi.

Nogiron — shaxs bu jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxsdir.

Nogiron bolalar — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan10 qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslardir.

nogiron bolalar — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar.

Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish — nogironlarga turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi, kompensatsiya qilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi hamda ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimidir. Shaxsni, shu jumladan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiymehnat ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish esa, tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

nogironlarni reabilitatsiya qilish — nogironlarga organizmining izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funktsiyalarini tiklashiga va ularni kompensatsiya qilishiga, turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi uchun yordam berishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga, mehnatga doir chora-tadbirlar tizimi.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza — muayyan shaxs organizmining barcha tizimlarini kompleks tekshirish asosida uning sog‘lig‘ini yo‘qotganlik darajasini, organizmi funktsiyalari turg‘un buzilishi oqibatida turmush faoliyatining cheklanganlik darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi sabablari hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra amalga oshirishi mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash.

Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi — shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harakatlanish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek o‘qish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligidir.3

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-maslahat komissiyalarini tuzish, shuningdek ular tomonidan xulosalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya choratadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari nogironlarning huquqlarini ta’minlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilishga ko‘maklashadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:

- nogironlarning huquqlarini ta’minlashga doir vakolatlarni amalga oshirishda davlatdan va belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlardan huquqiy, uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi;

- nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda, shuningdek tegishli tadbirlarni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin.

- Nogironlarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish:

- ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan shakllarda, eksternat, masofadan o‘qitish, davlat ta’lim standartlari asosida oiladagi ta’lim va mustaqil ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.




Download 263,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish