Reja:
Kirish
Nogironlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalashning zarurligi, ahamiyati va huquqiy asoslari .
Nogironlarni ijtimoiy himoyalashning moliyaviy manbalari va unda pensiya ta’minotining o‘rni
Nogironlik pensiyalari va uning miqdorini aniqlash va to’lash amaliyoti
Nogironlikni belgilash tartibi. Nogironlik guruhlari va nogironlik sabablari
Nogironlik toifasini aniqlashning amaldagi tartibi .
Kasb kasalligi tufayli nogironlik pensiyalarini hisoblash va tayinlash tartibi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bizning yurtimizda aholini ijtimoiy qo’llab quvvatalash masalalar, jumladan, nogironlar ijtimoiy ahvolidan va ularning muammolari bilan bog‘liq masalalar yechimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari ichida birinchilardan bo‘lib nogironlar huquqlarini mustahkamlashga, himoya qilishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi, birinchilardan bo‘lib nogironlarga qulayliklar yaratishga qaratilgan normalarni ishlab chiqdi va tasdiqladi. 2009 yil 27 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining “nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konventsiyasini imzoladi va shu bilan nogironlar huquqlarini xalqaro standartlarga mos darajada himoya qilishga o‘zining tarafdorligini ko‘rsatdi. Bugungi kunda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 2008 yil 11 iyulda qabul qilingan yangi tahriri, yuqoridagi konventsiyaning aksariyat qoidalarini o‘zida aks ettirgan. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va boshqa qator (jami 70 dan ortiq) normativ-huquqiy hujjatlar bilan birgalikda u mamlakatimizda yashayotgan nogironlar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlashga asos yaratdi. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyaev o‘z ma’ruzalarida “Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi” deb takidlagan.1
Shuningdek, har bir insonning, jumladan nogironlarning hayotida kutilmagan vaziyatlar bo‘ladiki, unda ular mas’ul kishilarning yetarli malakaga ega emasliklari sababli, o‘zlariga kafolatlangan huquqlarni amalga oshira olmaydilar, davlat imtiyozlardan, pul to‘lovlari va natural ta’minotdan, davlat tomonidan ta’minlanadigan xizmatlardan foydalana olmaydilar, dori vositalariga, reabilitatsiya vositalari va protez-ortopediya buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondira olmaydilar. Bunday hollarda malakali mutaxassisning maslahati, yuzaga kelgan muammoni hal etish uchun zarur bo‘lgan hatti-harakatlarni bosqichmabosqich amalga oshirish bo‘yicha beriladigan batafsil tushuntirishlarning ahamiyati muhim hisoblanadi va davlat ijtimoiy siyosati doirasidagi tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov shunday degan edilar “O‘zbekistonda daromadlar darajasi bo‘yicha aholining keskin tabaqalanish holati mavjud emasligini alohida ta’kidlash lozim. Eng ko‘p va eng kam daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq 2000 yildagi 53,3 barobardan bugungi kunda 7,8 barobarga tushdi. Bu o‘rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mezoni hisoblangan bu ko‘rsatkich xalqaro me’yorlarga ko‘ra, 10 barobar qilib belgilanganini aytib o‘tish lozim. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko‘rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu ko‘rsatkich, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o‘sib borayotganidan dalolat beradi”. Yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tub negizida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, uning ijtimoiy ta’minotini amalga oshirish, qilingan mehnatiga yarasha taqdirlash hamda turmush farovonligini oshirish masalasi yotadi.
Umumjahon deklaratsiyasida inson huquqlari har bir inson irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoxud boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy yoxud tabaqaviy yoki boshqa sharoitidan qat’i nazar, barcha huquqlar va erkinliklarga ega bo‘lishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bu nogironlarga ham bevosita va to‘la taalluqlidir. Shu bilan birga nogironlik buzilgan salomatlik hamda munosabat va muhit to‘siqlari o‘zaro munosabatlari natijasi bo‘lib, bu nogironlarni jamiyat hayotida boshqalar bilan teng va samarali ishtirok etishiga halaqit beradi.
Xalqaro hamjamiyat buni hisobga olgan holda, nogironlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning uzviy ajralmas bir qismi sifatida qabul qilish, ularning jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratgan. Xar bir nogironning ijtimoiy muhofaza qilish, ularning pensiya ta’minoti borasidagi faoliyat mexanizmini va huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilab beradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |